Plate 1.5B Desertification implies spread of desert-like conditions by anthropogenic activities.
Tuproq yuza qatlamining zichligi natijasida bir necha mmdan bir smgacha qatqaloq qobig’i qatlamlari hosil bo’ladi. Yomg’ir ta’sirida o’ta zichlashgan tuproqlarda hajm zichligi yuqori bo’lib, peknometr qarshiligi oshib, gidrovalentlik o’tkazuvchanligi va havo yoki gaz almashuv jarayoni juda past bo’ladi, yomg’ir ta’sir qilmagan tuproqlar bu jarayonning teskarisi bo’ladi. Germetikli qobig’li tuproqlar cheklangan infiltrasiya quvvatiga ega bo’lib, misol uchun xaydalgan yerlarda infiltrasiya 40-60% tashkil qiladi. Tuproq yuzasida qatqaloq hosil qilmaslik uchun mo’ljallash ishlarini olib borish kerak.
Tuproqning kimyoviy tarkibi uch yil davomida tekshirish natijasida kationlar (Sa, Mg, K va NN4 ) va anionlar (Sl va SO4 ) eruvchan kremniy mobilizasiyasi tuproqni yuqori qatlamida oshib boradi. Kalsiy kationi esa tuproq eritmasida yig’iluvchan modda hisoblanadi. Tuproqning almashinuvchi sig’imi oshishi (pH o’zgarishi, nordon tuproqlarda) va almashinuvchi asosli kation kuchli yong’indan keyin sodir bo’lib ko’p yillarga faol olovlar ta’sirida tuproq N nitrofikasiyaga uchrab u ishqorsizlanib nitrat va kation miqdori oshishiga sabab bo’ladi. Yong’in ta’sirida tuproq tarkibidagi kichik miqdor (10%) umumiy R kuli orqali suv eritmasiga o’tishi mumkin. R ni mobilizasiya qilish uchun kerakli protonlar kuldan chiqib ketadi, buning natijasida nordon muhitli tuproq bilan kul moddlari aralashib tuproqqa kerakli R o’simlikning olishi holatiga keltiradi. O’rmonlar olov yong’indan keyin R ni sorbsion tuproqqa yig’ilishi mumkin.
Tuproqdagi biologik jarayonlarni o’zgarishi tuproq degradasiyasini ortishiga olib keladi. Bu esa o’z novbatida tuproqdagi faol biotani sifatiga, soniga va turlariga salbiy ta’sir etib, potogen moddalar miqdorini ko’payishiga olib keladi. Buning natijasida quyidagi o’zgarishlar ruy beradi:
Tuproqdagi organik uglerodni va umumiy mikroblar biomassasini pasayishiga olib keladi. Tuproqdagi bioxilmaxillikni faolligini susaytiradi, foydali organizmlar turlarini (yomg’ir chuvalchangi) nobud bo’lishga olib keladi. Tuproqdagi fizik, kimyoviy va biologik jarayonlar o’rtasidagi bog’liqlikni, ishlab chiqarish biomassasiga va atrof muhitga salbiy ta’sirini kuchaytiradi. Tuproq degradasiyasi qishloq xo’jalik ekinlarini,yaylovlarni, o’rmon xo’jalikni va mehnat maxsuldorligini pasayishiga olib keladi. Tuproq degradasiyasi suv xavzalarini ifloslantirishga va havo sifatini yomonlashuviga olib keladi.
Kuchli yong’in ta’sirida biologik jarayon tuproqda juda qiyin ketadi, chunki olov tuproqdagi organik moddalarning kuydirib, parchalab mineralizasiya jarayonini bir necha marta oshirib yuboradi. Bu tuproq tarkibida mikroorganizmlar, mikroblar populiasiyasini kuchuytirib, substrat tarkibini sifatini oshiradi. (uzoq muddatli eriydigan S) boshqa ekologik omillar (harorat, namlik va tuproq pH) laboratoriya sharoitida ekspremental tahlil qilinib, kulni turli tuproqlarga qo’shamiz. Bunda tuproq nafas olish jarayoni kuchayib, ayniqsa tarkibida yuqori miqdorda organik moddalar saqlovchi tuproqlarda bu jarayon 6 hafta ichida olib borilganda inkubasiya S ni yengil mineralizasiyaga uchratadi. Yong’indan keyin tuproq tarkibida azot va nitrat miqdori ishlab chiqarish jarayoniga qarab oshib boradi yoki dinitrifikasiyaga uchrab yo’q bo’lib ketishi mumkin. Mikroblarni populisiyasini o’zgarishi (avtotrofli
nitrofikatorlar, getrofli almashinuvchi nitrofaktorlar ) bundan keyin yong’in davom etishida Bauxus, Kxanna va Royson o’zlarini izlanishlarida asosan yer yuzasida yong’indan keyin dinitrifikasiya jarayoniga qaratilgan.
Tuproq degradasiyasi omillari biofizik muhit bo’lib, degradasiya jarayonlarida quyidagi turlarga bo’linadi (fizik, kimyoviy va biologik).
Tuproq degradasiyasi omillarini aniqlashda Djenning formulasidan foydalanish mumkin:
SD = F(C,B,V,M,) T
Bu yerda:
SD – tuproq degradvsiyasi, V – o’simlik dunyosi, F – tuproq xossalari, B – relyef,
C – iqlim ulchamlari, T – vaqt, M – boshqarish,
Asosiy tuproq degradasiyasiga quyidagilar kiradi:
Tuproq xossalari – tuproq tasnifi bevosita tuproq degradasiyasiga ta’sir ko’rsatadi. Bunga tuproq strukturasi, loyli minerallar va boshqa xossalari.
Tabiat xodisalari – asosiy omillardan yana biri.
O’rmonlarni kesish va og’ir texnikalardan foydalanish tuproqni zichlashishiga va eroziyaga moyillikni ortishiga olib keladi.
Biofizik jarayonlar bevosita yerdan foydalanish va qurilish bilan bog’liq. Uning asosiy omillariga o’rmonni kesish, biomassani yoqish, drenajlarni qazish, sug’orish, o’simliklarni ekish tizimi, o’g’it qo’llash, tuproqlarga ishlov berish, chorvani tartibsiz boqish, shahar uchun yerdan foydalanish va sanoatda qazilma boyliklardan foydalanish. Bularning hammasi tuproqni zichlashishiga va eroziyani kuchayishiga olib keladi.
jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |