Agronomiya va biotexnologiya fakulteti


Sho’rhok yerlarni o’zlashtirish



Download 4,47 Mb.
bet84/208
Sana14.01.2022
Hajmi4,47 Mb.
#359907
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   208
Bog'liq
tuproqshunoslik va agrokimyoga kirish -converted

Sho’rhok yerlarni o’zlashtirish. Irrigasiya-meliorasiya va agrotexnika tadbirlari kompleksidan to’g’ri foydalanilganda sho’r yerlarni muvaffaqiyat bilan o’zlashtirish mumkin. Unda g’o’za, don ekish, yem-hashak yetishtirish shuningdek, bog’ va poliz barpo qilish oson.

Yerlari o’zlashtirilayotgan ayrim rayonlarning tuproq - meliorativ sharoiti har xil. Ba’zi joylarda bir rayonning o’zida ham sharoit har xil bo’ladi, buni Mirzacho’l, Farg’ona yerlari misolida ko’rish mumkin.

Mirzacho’lning janubiy tog’ oldi hududlari juda oson o’zlashtiriladi. Bu yerda sizot suv sathi juda chuqur joylashgan bo’lib, yaxshi oqib ketadi. Ammo Sirdaryo yaqin sharqiy qismida sizot suvi qiyinchilik bilan oqib ketadi, shuning uchun meliorativ tadbirlar tuproqlarning namiqishi va o’pirilishi natijasida Mirzacho’ldagi quriq yerlarning ko’p joylari cho’kadi.

Soz tuproqli tekislikning ko’p sho’rlangan joylari asosan eski o’zan va pastliklarga (Yettisoy, Karoy, Sardoba, Sho’ro’zak pastligi) to’g’ri keladi.

Sizot suv sathi turlicha, 3-5 m gacha va undan ham chuqurda joylashgan. Ular turli joyda turlicha minerallashgan bo’lib, quruq qoldig’i 10-20-40 g-l gacha yetadi. Bunday yerlarni yaxshi zovurlashtirilgan sharoitda va asosli tekislashdan keyingina o’zlashtirish mumkin.

Tuproq gruntini sho’rsizlantirish va zovurlashtirishning eng samarali uslublaridan foydalanish, tuproqni yuvishga tayyorlash usullari, sho’r yuvish me’yyori va boshqa tadbirlarni amalga oshirish yuqorida ko’rsatilgan shart- sharoitlarni aniqlaydi.

Amalda sho’rhok tuproqlar ikki usuldan foydalanib o’zlashtiriladi:


  1. zovurlashtirilgan maydonlarda kuzgi - qishki sho’r yuvish;

  2. zovurlashtirilgan sharoitda - yozda sho’r yuvish.

Sho’rhok yerlarni o’zlashtirishda kuzgi - qishki sho’r yuvish. Sho’rhok yerlarni o’zlashtirishda ham dalalarni tekislash, sho’r sizot suvlarni chiqarib yuborish uchun zovur qazish, tuproqni tuzlardan yuvish asosiy meliorativ tadbirlardan hisoblanadi.

Tuproqning mexanik tarkibi va sho’rlanganlik darajsiga, shuningdek sizot suv sathining joylashish chuqurligiga qarab, 4-5 mingdan, 8-12 ming m3/ga gacha va ba’zan 15 ming m3/ga gacha sho’r yuvish normasi belgilanadi. Shunda tuproq - grunt 1,5-2,5 m chuqurlikgacha sho’rsizlanadi. Qatlamdagi xlor tuzlari 0,20-0,35 dan 0,01- 0,015 % gacha kamayadi. Sho’r bosgan quruq yerlar ikki asosiy bosqichda o’zlashtiriladi:



  1. irrigasiya - meliorasiya jihatdan o’zlashtirish ─ sug’orish va sho’r yuvish tarmoqlarini yaratish, ularga suv bog’lash inshoatlari, nov, ko’priklar qurish, yerlarni asosli (kapital) tekislash va boshqalar;

  2. xo’jalik jihatdan o’zlashtirish, sho’rini yuvish, ekin ekib qishloq xo’jalik oborotiga kiritish.

O’zlashtirilayotgan yerlar tekislanayotganda qalin ustki unumdor qatlamdan 50-60 sm gacha qirib olish mumkin. Tuproq profili bo’yicha organik moddalar tekis tarqalmagan bo’lsa, unumdorligini saqlash maqsadida ustki unumdor qatlam ozroq 30-35 sm gacha olinadi. Kuchli sho’rlangan tuproqlar va sho’rhoklar 5-6 martadan yuviladi. Yaxshi natijalarga erishish uchun birinchi va ikkinchi, ikkinchi va uchinchi

sho’r yuvishlar oralig’idagi vaqt 1-2 kun bo’lishi kerak, keyingi sho’r yuvishlar orlig’idagi vaqt 3-7 kungacha cho’zilishi mumkin. Beda yerlarni eng yaxshi o’zlashtirgich hisoblanadi. Yolg’iz ekiladi. Beda tuzga chidamsiz bo’lganligi uchun uning ustki qatlamlari yetarlicha sho’rsizlantirilgan tuproqlarga ekish mumkin. Yaxshi yuvilgan asosiy yerlarga esa chigit ekilishi kerak. Yetarli darajada sho’rsizlantirilmagan uchastkalarga makkajo’xori ekish yaramaydi. U tuzga chidamsiz bo’ladi, bunday uchastkalarga faqat tuzga chidamli ekinlar (lavlagi, oq jo’xori, kungaboqar) ekish mumkin. Kungaboqar va oq jo’xori silos uchun ekiladi.



Download 4,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish