Agronomiya va biotexnologiya fakulteti


QONUN –QONUNIYATLARI. CHO’L ZONASI TUPROQLARI. GIDROMORF TUPROQLAR



Download 4,47 Mb.
bet59/208
Sana14.01.2022
Hajmi4,47 Mb.
#359907
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   208
Bog'liq
tuproqshunoslik va agrokimyoga kirish -converted

QONUN –QONUNIYATLARI. CHO’L ZONASI TUPROQLARI. GIDROMORF TUPROQLAR

REJA

      1. O’zbekiston territoriyasidagi tuproqlarning geografik rayonlashtirish tartiblari va tarqalish qonun –qonuniyatlari.

      2. Cho’l zonasi tuproqlari.

      3. Gidromorf tuproqlar

      4. Bo’z tuproqlar mintaqasi tuproqlari.


Tuproqlarni geografik rayonlashtirish, ularning zonalligi va fasialligi. MDH va O’zbekiston jumhuriyati bepoyon sarhadlari tuproq qoplamining nihoyatda xilma-xilligi bilan xarakterlanadi. Bu mamlakatlarda shimoldagi tundra gleyli tuproqlardan boshlab, subtropik kengliklardagi qizil va sariq tuproqlarga qadarli bo’lgan deyarli barcha tuproq tiplari uchraydi. Tuproqlarning kenglik bo’yicha tarqalishida ma’lum geografik qonuniyat mavjud.

Tuproqlarni geografik rayonlashtirish prinsiplari V.V.Dokuchayevning tuproqlarning yer yuzasida zonal tarqalish ta’limotiga asoslangan. Tabiiy tuproq qatlamining gorizontal (kenglik) va vertikal (balandlik bo’ylab) yo’nalishda asta- sekin bir-biri bilan almashib borish qonuniyatlari mavjud. Tuproqning geografik tarqalishi tuproq paydo qiluvchi omillar bilan bevosita bog’liq bo’lib, shunga ko’ra tuproq tiplari ham o’zgarib boradi. Jumladan, iqlim sharoitining kenglik yo’nalishi bo’yicha, ya’ni shimoldan janubga qarab o’zgarishi bilan, shu yo’nalishda o’simlik va tuproq qoplami ham o’zgarib boradi. Demak, tabiiy sharoitlari deyarli bir xil bo’lgan muayyan geografik kengliklarda ma’lum tuproq tiplari tarqaladi va mintaqalarni hosil qiladi. Tekislik territoriyalari bo’ylab tuproqlarning ana shunday tarqalishini V.V. Dokuchayev gorizontal zonallik deb atadi. O’simlik qoplamining tarkibi bilan bog’liq bo’lgan, u yoki bu tuproq tipi ko’pchilikni tashkil etadigan territoriya - gorizontal tuproq zonalari deb ataladi. Quyidagi asosiy tabiiy tuproq zonalari ajratiladi: tundra, podzol yoki tayga-o’rmon, o’rmon-dasht, qora tuproq yoki dasht, kashtan tuproq yoki quruq dasht, qo’ng’ir yoki cho’l-dasht, cho’l va dasht, tog’ oldi cho’l-dasht zonasi.

V.V.Dokuchayevning gorizontal tuproq zonalari haqidagi qonuni hozirgi vaqtda butun yer shari tuproqlari uchun ham qo’llaniladi. V.V.Dokuchayev yer sharida: boreal (arktika), o’rmon, qora tuproqli dasht, aeral (cho’l) va laterit tuproqlari kabi 5 ta zonani ajratadi.

V.V.Dokuchayev davrida tabiatshunoslik, haqiqatan ham, tabiiy xodisalarga geografik tahlil bergan. Ammo bu kontenentlar, ko’pchilik hollarda esa, mamlakatlar geografiyasi edi. Kontenentlar ayrim qismlari, ularning mamlakatlari tavsiflangan va shu sohada ko’pgina olimlar tabiatni ilmiy bilishda chuqur hissa qo’shganlar. Tabiatning global taqsimlanishi sohasidagi V.V.Dokuchayevning zonallik qonunini asosiy mohiyati quyidagilardan iborat. Tundra, tayga, dashtlar, cho’llar, savannalar va x.z. – yaxlit tabiiy xosilalardir, qaysiki o’simliklar, hayvonot dunyosi, tuproqlar, nurash po’stlog’i, yer usti qatlami, atmosfera qatlami va boshqalar, bir-biridan ajralgan holda faoliyat ko’rsata olmaydigan, tarkibiy qismi hisoblanadi. Ushbu tabiiy hosilalar zonal joylashishni namoyon etadi yoki Yer sharida tarqalishi poyas, zona shakliga ega. V.V.Dokuchayevning ta’limoti Yer usti xususiyatlarini o’rganadigan, ko’pgina tabiiy-geografik fanlarda o’z aksini topdi. V.V.Dokuchayev tuproqshunos sifatida eng avval o’zi tomonidan yaratilgan qonuniyatni Yerda tarqalgan tuproq qoplamini analiz qilishda qo’lladi. Uning ta’kidlashicha, tuproq va gruntlar, bir tomondan havo, suv va yer o’rtasidagi birgalikdagi asriy o’zaro ta’sirlashuvning, ikkinchi tomondan tirik va o’lik organizmlarning birgalikdagi o’zaro ta’sirlashuvi natijasining to’g’ridan-to’g’ri ko’zgusi, tasviri ekanligi aniq haqiqat hisoblanadi. Tuproq paydo bo’lishining keltirilgan omillari yer yuzasida zonal taqsimlanar ekan, unda, tuproq ham yer yuzasida zonal, iqlim, o’simliklar va boshqalarga qat’iy bog’liq holda, joylashishi muqarrardir. V.V. Dokuchayev kenglik zonallik qonunini ham ta’riflab berdi: Tuproqning asosiy tiplari ekvatordan polyuslarga tomon, kengliklarga u yoki bu darajada parallel tarzda, polosa yoki zonalar shaklida taqsimlanadi.

V.V.Dokuchayev birinchi marta, tabiatning makonda geografik tarqalish qonuniyatining boshqa imkoniyatlarini ham ta’kidladi. Hozir, zonalarning kenglik bo’ylab joylashishi zonallik qonuniyatining faqat bitta shakli hisoblanadi. Zonalar, ko’p hollarda kenglik oriyentasiyasiga bo’y sunmaydi va kontenentning barcha qismini kenglik polosalar bilan qoplamaydi. Zonalarning submeridional tarzda, shuningdek konsentrik oriyentasiyalari ham uchraydi.

Tabiiy zonalarning geografiyasini o’rganish har bir tabiiy zonaning fasialligi (provinsialligi) haqidagi ta’limot bilan to’ldiriladi. Tuproq xossalari va tuzilishining xususiyatlari bo’yicha zonalarning bir xilda emasligi aniqlangan. Rossiyaning janubi (Shimoliy Kavkaz, Qirim) G’arbiy va Sharqiy Sibirga o’xshamaydi, garchi tuzilishida umumiy tip belgilarga ega bo’lsa ham. Iqlimning gidrologik, va geologik sharoitlari, relyeflarning mahalliy uzunlik va boshqa o’zgarishlari, dune geografik poyaslarining ko’pchilik qismida gorizontal zonallikning radikal murakkablashuvini belgilaydi va spesifik mahalliy xodisalarning paydo bo’lishi, zonal taqsimlanishning maxsus qonuniyatlarining shakllanishiga olib keladi.

Shunday qilib, tabiiy zonalarning fasialligi, ularning doimiy kompleksi-tuproq kabi tabiiy omillarning o’ziga xos kompleksi bilan belgilanadi.

V.V.Dokuchayev shuningdek, tog’li o’lkalarda tuproqlarning vertikal yo’nalish bo’yicha almashinib tarqalish qonunini ham kashf etdi. Vertikal tuproq zonalari tekislikdagi kengliklar bo’ylab tarqalgan tuproqlar singari, tog’larning pastidan boshlab shimoliy qismiga qarab ma’lum qonuniyat asosida tarqalsada, ba’zan undan farq qiladi.

Jumladan, tog’larda tuproq tiplarining chegarasi yoki o’rni keskin o’zgaradi. Tekisliklardagi ayrim tuproqlar tog’li ulkalarda uchramaydi yoki to’liq ifodalanmagan bo’ladi. Umuman olganda V.Dokuchayevning tuproqlar zonalligi qonuniyati bu yerda saqlab qolinadi. Hozirgi vaqtda uning tuproq zonalari haqidagi ta’limoti tuproqshunoslikning ko’p sohalarida keng ishlatilmokda.

Tuproq-gegrafik rayonlashtirish prinsiplari haqidagi ta’limot keyinchalik L.I. Prasolov, I.P.Gerasimov, P.A.Letunova, Ye.N.Ivanova, N.N.Rozov va boshqalar tomonidan yanada rivojlantirildi. Ular tomonidan o’tkazilgan ko’plab tadqiqotlar natijasida tuproq qoplamining ilgari noma’lum bo’lgan geografik qonuniyatlari ochildi.



Download 4,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish