Agronomiya va biotexnologiya fakulteti



Download 4,47 Mb.
bet157/208
Sana14.01.2022
Hajmi4,47 Mb.
#359907
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   208
Bog'liq
tuproqshunoslik va agrokimyoga kirish -converted

Ohakli-ammiakli selitra - NH4NO3 + CaCO3. Ammiakli selitra va ohak qotishmasi. Tarkibida 20-26% azot bo’ladi. Suvda faqat NH4NO3 eriydi. CaCO3 esa erimaydi. Juda ham kuchli gigroskopiklik xususiyatiga ega. Qotib qolishi kuchsiz. Sochiluvchanligi qoniqarli (o’rtacha). Ammiakli selitra mayin ezilgan ohakni qo’shish orqali olinadi. O’g’it neytral reaksiyaga ega bo’lib, G’arbiy Yevropaning mamlakatlari kislotali muhit reaksiyasiga ega bo’lgan tuproqlarida keng doirada qo’llaniladi.

Ammoniy nitrat - sulfati - (NH4)SO4 x 2NH4NO3 (sulfonitrat). Tarkibidagi azot miqdori 25,5-26,5% ni tashkil etadi. NH4NO3 va (NH4)2 SO4 tuzlarini qotishmasidan hosil bo’ladi. Ushbu qotishmada 65% (NH4)2 SO4 va 35% NH4NO3 qo’shiladi. Ushbu o’g’it suvda yaxshi eriydi, fiziologik kislotali. Uni barcha tuproqlarda va hamma ekinlarda asosiy o’g’itlashda va oziqlantirishda qo’llash mumkin.

Amidli o’g’itlar

Amidli o’g’itlar tarkibida azot amid NH2 shaklida bo’ladi. Tuproqda amidlar ammiak va nitratlarga o’zgaradi. Bunday o’g’itlarga karbamid (mochevina), MFU (mochevina formaldegid o’g’iti), mochevina asetat, krotoniliden-di mochevina, izobutilen-di mochevina, oqsamid kiradi.

Karbamid - CO(NH2)2 - (mochevina karbonat kislotasi diamidi).

Tarkibidagi azot 46,3%. Suvda yaxshi eruvchan, kuchli gigroskopik bo’lib, qotib qolish xususiyatiga ega. Germetik idishlardagina qotib qolmaydi.

Quruq holatdagi sochiluvchanligi yaxshi. Biroz nam bo’lganida sochiluvchanligi yomonlashadi. Donador va kichik oq yoki sarg’ish kristall holatlarda ishlab chiqariladi. Qotib qolishini oldini olish uchun donalarining sirti oz miqdorda (vazniga nisbatan 0,05%) hayvon yog’i bilan qoplanadi. Karbonat angidrid gazini ammiak bilan yuqori bosim va yuqori haroratda ta’sir ettirish yo’li bilan olinadi. Bunda harorat 185-200 0C bosim esa 180-200 atmosfera bo’lishi talab etiladi.

2NH3 + CO2 = CO(NH2)2 + H2O

Karbamid tarkibida zaharli bo’lgan biuret moddasi bo’ladi. Agarda uning miqdori ko’p bo’lsa o’simliklarni ham zaharlashi mumkin. Biuret yuqori haroratda o’g’itni donadorlashtirish jarayonida hosil bo’ladi. Mochevina tarkibidagi biuret miqdori 1% dan oshmasligi lozim.

Tuproqda ureaza fermenti ta’sirida mochevina ammonifikasiyaga uchraydi, bunda ammoniy karbonat hosil bo’ladi. Ammoniy karbonat gidrolitik ishqoriy tuz bo’lib, muhitni vaqtinchalik ishqoriylashtiriladi. Ammoniyning bir qismini o’simliklar o’zlashtiradi, bir qismi esa TSK da singdiriladi:

CO (NH2)2 + 2H2O = (NH4)2CO3 (TSK)Ca+ (NH4)2CO3 = (TSK)2NH4+ + CaCO3

Singdirilgan ammoniy o’simliklarni oziqlanishi uchun maqbo’l sharoit yaratadi. Keyinchalik ammoniy asta-sekin nitrifikasiyaga uchraydi, bunda uning nitrifikasiyasi (NH4)2SO4 va xususan NH4Cl ga nisbatan ancha tez kechadi.

Nitrifikasiya jarayoni natijasida tuproq eritmasi muhiti biroz kislotalashadi. Karbamid - azotli o’g’itlar ichida eng keng tarqalgani va yaxshisi bo’lib,

samaradorligi jihatidan ammiakli selitra kabidir. Uni barcha tuproqlarda va hamma qishloq xo’jaligi ekinlarida asosiy o’g’itlashda hamda oziqlantirishda qo’llash mumkin. Mochevina ekinlar hosildroligida ammiakli selitra kabi samara beradi, sug’oriladigan dehqonchilikda esa uning samaradorligi ammiakli selitraga nisbatan ancha yuqoridir. Mochevina turli ekinlarda qo’llaniladi. Shuningdek ildizdan tashqari oziqlantirish uchun donli, sabzavot ekinlari va mevali bog’larga qo’llash tavsiya etiladi. Mochevinani tuproq yuzasiga sepish tavsiya etilmaydi, chunki bunda ammiak uchib ketib, azotning foydasiz yo’qolishi kuzatiladi. Bu holat ayniqsa karbonatli va ishqoriy tuproqlarda kuchli kechadi.



MFU - mochevina formaldegidli o’g’it. Oq rangli amorf, gigroskopik bo’lmagan kukun. Mochevinaning konsentrlangan ekvimolyar eritmasi va formaldegid CH2O ni kondensasiyalab olinadi. Kondensat filtrlanib, qo’g’itiladi va maydalanadi.

MFU - sekin ta’sir etuvchi o’g’it. Tarkibidagi azot 33-42 % ni tashkil etadi, shundan 3-10% suvda eruvchan shaklda, qolgani esa suvda erimaydigan holatda bo’ladi.

Tuproqda kechadigan mikrobiologik jarayonlar tufayli ushbu o’g’it azoti o’simliklar oziqlanishi uchun kerak bo’ladigan shaklga o’tadi. Sug’oriladigan yerlar uchun istiqbolli o’g’it bo’lib hisoblanadi.

Mochevina - asetaldegid o’g’iti - o’z xususiyatlariga ko’ra MFU ga o’xshash, istiqbolli o’g’it.Tarkibidagi azot 36-38 % ni tashkil etadi.

Krotoniliden – di mochevina - (KDM) - sekin ta’sir etuvchi istiqbolli azotli o’g’it. Donador holatda ishlab chiqariladi, tarkibidagi azot 28% ni tashkil qiladi. Ushbu o’g’it tez minerallashadi (MFU ga nisbatan), tarkibidagi azot esa mochevina va ammiakli selitraga nisbatan o’simliklar tomonidan sekin o’zlashtiriladi.

Izobutilen - diomochevina - (IBDM). Ancha yaxshi fizik xossalarga ega bo’lgan o’g’it bo’lib suvda sekin eriydi. Tarkibida 31% azot saqlaydi.

Ular uchun, shuningdek sug’oriladigan sharoitda sizot suvlari yaqin joylar uchun istiqbolli o’g’itdir.

Oqsamid – oqsalat kislotasining diamidi, tarkibidagi azot 31,8%, uzoq muddat ta’sir etadi. Buni barcha qishloq xo’jalik ekinlarida qo’llash mumkin. Oq rangli granula (donador) shaklida ishlab chiqariladi, suvda deyarli erimaydi.

Barcha sekin ta’sir etuvchi azotli o’g’itlar donador shaklda va donalar sirti polimer plyonka bilan qoplangan hollarda yuqori samara beradi.


Download 4,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish