2.3 QISHLOQ XO’JALIGI SOXASIDA MINERAL O’G’ITLARDAN FOYDALANISHDAGI IQTISODIY AFZALLIKLAR. Yer yuzida resurslar cheklangan , lekin inson extiyojlarini cheki chegarasi yo’q . qishloq xo’jaligi soxasida ham insonlarni sifatli va mo’l oziq ovqat resurslari bilan ta'minlash bugungi kundagi dolzarb muammolardan biri xisoblanadi. Lekin qishloq xojaligi yer resurslani, suv va iqlim mintaqasidagi tafovutlar tufayli dunyoning turli davlatlari turli xil qishloq xo’jalik maxsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan.
Davlatlararo export va import siyosatining moxiyati ham anashunda . qaysiki davlat yoki mintaqa o’zining iqlim va geografik relyefidan kelib chiqqan holda eng kam xarajatlar xisobiga yetishtirishi mumkin bo’lgan qishloq xo’jalik maxsulotlarini export qiladi. ( faqat qishloq xo’jalik misolida keltirdik mavzuimiz shunga daxldor bo’lganligi sababli) CHunki jaxon bozorida o’z orniga ega bo’lish uchun biz taklif etayotgan tovarlar sifatli va shu bilan birga hamyonbop bo’lishi zarur aks holda xaridorlar kontingentining aksariyat qismi shu ktegoridagi boshqa bir mamlakat tovarlarini izlashga tushadi bu bozor qonuni. Biz nima demoqchimiz qishloq xo’jalik soxasida yetishtirilayotgan maxsulotlarimizdan mo’l va sifatli xosil olish uchun faqat agrotexnik chora-tadbirlar majmui kamlik qiladi.
Qishloq xo’jalik soxasida yetishtirilayotdan maxsulotlarga bo’lgan bir tomonlama e’tibor boshqa bir tomonlama e’tibosizlikka olib keladi. Ya’ni bu shunday nozik soxaki agar fermer yiki dexqon ishbilarmon va tajribali bo’lmasa vegetatsiya davrida qilgan birgina xatosi bir yilga tatiydi. Nima uchun aynan vegetatsiya davrini misol qilib keltirdim sababi aynan shu vaqtda yurtimizda suv taqchilligi yuzaga keladi. Va ko’plab fermerlarning e’tiborsizligi oqibatida xosil sifati va qiymati sezilarli darajada kamayib ketadi (paxta va don maxsulotlati) .
Bugungi kunda mavjud yer resurslari va rayonlashtirilgan navlardan mo’l xosil olish uchun qo’llanilayotgan chora tadbirlar majmuiga yerga mineral o’g’itlar bilan ishlov berishni ham kiritish ayni mudaao xisoblanadi. Nima uchun aynan mineral o’g’it maxaliy o’g’it emas , sababi bizga ma’lumki maxalliy o’g’itlarni insonlar yashash punktlaridan yoki chorvachilik fermer xo’jaliklaridan olish mumkin. Paxtachilik, g’allachilik va bog’dorchilik fermer xo’jaliklari yer uchastkasi bo’lsa axoli yashash punktlaridan uzoqroq xudularda joylashgan. Ushbu holatda maxalliy o’gi’tlarni tashish transport xarajatlari iqtisodiy jixatdan o’zini oqlamaydi. Qolaversa yerga chirimagan maxalliy o’g’itni solish unda begona o’tlarni ko’payishiga olib keladi. Bu esa begona o’tlarga qarshi kimyoviy va agrotexnik kurashlarga yanada ortiqcha mablag’sarf etishni talab etadi. Ortiqcha sarf xarajat esa xech kimga yoqmaydi. Qishloq xo’lik ekinlarina mo’l va sifatli xosil olish uchun mineral o’g’itlar bilan ishlov berish ayni muddao, chunki mamlakatimizda 6 ta mineral o’g’it ishlab chiqarish zavodlari bo’lib bu zavodlar ichki bozorimizni to’la ta’minlash va export qudratiga ham ega. Mineral o’g’itlarni tasish va transport vositariga yuklash tushirish bir muncha osonroq. Ularni saqlash qulayli ham bir muncha osonroq , zax va oftob nurlaridan, yo’g’ingarchilikdan ximoyalangan xudud bo’lsa 12 oygacha saqlash mumkin. Mineral o’g’it orqali yerga ishlov berish ham ko’p mexnat talab qilmaydi. Maxsus texnika va 2 nafar odam bilan bir kunda 50-60 gektar maydonga mineral o’g’it bilan ishlov berish mumkin (paxta). G’allachilikda ham mineral o’git bilan ishlobv berish muxim axamiyatga ega xisoblanadi. Don maxsulotlariga mineral o’g’itlarni o’z vaqtida qo’llab xosildorlikni 40-55 % gacha oshirish mumkin . Qishloq xojaligida mineral o’gi’itlardan foydalanishdagi iqtisodiy samaradorlik haqida gapirar ekanmiz, samaradorlik va iqtisodiy samaradorlik, tushunchalarini anglab yetishimiz lozim bo’ladi.
Iqtisod fanlarida «samaradorlik» va «iqtisodiy samaradorlik» tushunchalari mavjud. Ular mamlakat, tarmoq, korxona, yo‘nalishlar hamda ayrim mahsulotlar bo‘yicha aniqlanishi mumkin. «Iqtisodiy samaradorlik» tushunchasi «samaradorlik» tushunchasiga nisbatan kengroq mazmunga ega. Iqtisodiy samaradorlik deganda bir yil davomida (ma’lum davrda) amalga oshirilgan tadbirlar tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar ular natijasida olingan sof foyda summasi bilan taqqoslanadi. SHunda sarflangan xarajatlar evazigav olingan sof foyda summasi qancha ko‘p bo‘lsa, iqtisodiy samaradorlik darajasi shuncha oshgan hisoblanadi va aksincha. Samaradorlikni esa u yoki bu tadbirlarni, ishlarni mahsulotlarni etishtirish natijasida erishilgan yutuqlar ifodalaydi. Masalan, mahalliy va mineral o‘g‘itlardan, em-xashaklardan foydalanish natijasida ekinlar hosildorligi oshishi va chorva hayvonlarining mahsuldorligining ortishi mumkin. Demak, sarflangan bir sentner mineral o‘g‘it yoki bir ozuqa birligi evaziga qancha mahsulot olinganligi aniqlanadi. YOki bir kishi bir kunda qancha paxta xomashyosini terganligi, yoki bir paxta xom ashyosini teradigan kombayn qancha tergan. Bu ko‘rsatkichlar ularning samaradorligini ifodalaydi. Korxonalarning etishtirgan mahsulotlarining iqtisodiy samaradorligini ularning rentabellik (foydalilik) darajasi ifodalaydi. Korxona faoliyatining iqtisodiy samaradorlik darajasini esa bir birlikdagi (bir so‘m) barcha resurslar (er, suv, mehnat, asosiy va aylanma vositalar) evaziga olingan sof foyda ifodalaydi. O’z navbatida mineral o’gitlar ham aylanma vositalar xisoblanib o’zining qiymatini to’laligicha yetishtirilayotgan maxsulot tannarxiga o’tkazib yuboradi. Shunday ekan ulardan foydalanishda texnika xavfsizlik qoidalari va saqlash me’yorlariga rioya etish zarur. Ma’lumki O’zbekiston tuproqlari oxirgi 70 yil ichida paxta yetishtirish maqasadlarida uzluksiz qo'llanilib kelinishi natijasida o’zining unumdorligini yo’qotgan . Yustis Libix ning fikriga ko’ra o’simliklar yetishtilayotgan xosil bilan birga yerdan mineral oziqa elementlarini olib chiqib ketadi, ushbu oziqa elementlarini bir qismi chorva xayvonlari go’ngi orqali yerga qaytadi , qolgan qismini esa insoniyat sun’iy ravishda yerga qaytarishligi lozimligini ta’kidladi. Ushbu qonuniyat fanda Libix ( qaytarilish) qonuni deb ham ta’kidlanadi Garchi ushbu qonun sodda va oddiy tuyulsada, fanda u naqadar axamiyatli ekanligini isbotlashga ulgurgan .SHunday ekan mineral o’g’itlardan ushbu oziqa elementlarini o’rnini qoplashda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Lekin mineral o’g’itlardan foydalanishda belgilangan ratsiondan oshiq qo’llamaslik tavsiya etiladi, zero bu inson salomatchiligiga salbir ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin. Germaniyaning Shtutgard universiteti olimlari bug’doy yetishtirish texnologiyasida mineral o’g’itlardan foydalanish mavzusida ilmiy izlanishlar olib borgan. Bunga ko’ra 10 gektar yer maydoni 10 bo’linib har bir maydonga bir xil navli bug’doy urug’i ekilgan . 1- maydonga 160 kg mineral o’git 2- maydonga esa 180 kg mineral o’git, …10- maydonga 340 kg mineral o’g’it bilan ishlov berishgan har bir maydon o’zidan avvalgi maydonga nisbatan 20 kg ko’proq mineral o’g’itad foydalangan. Ushbu 10 ta maydondan ular 260 kg mineral o’git bilan ishlov berilgan maydon eng optimal yechim deb topganlar. Sababi 1- maydon mineral o’g’it oz qo’llanilishi sababli yaxshi xosil bermagan bo’lsa 9-,10- maydon mineral o’g’it belgilangan me’yordan ortiq qo’llanilgani uchun bug’doy tannarxi qimmatga tushgan ularning ichida 6- maydondan olingan xosil 9-,10- maydondan olingan xosilga nisbatan ozroq bo’lsada sarflangan xarajat borasida eng ko’p foyda keltirgan maydon sifatida rentabellikga erishgan. Demak mineral o’g’itlardan foydalanishimizda faqatgina xosildorlikka emas balki sarflangan xarajat va unga profitsit bilan aks beradigan foydaga ham urg’u berishimiz maqsadga muvofiq bo’ladi.