Toshkent Davlat Agrar Universiteti Andijon filiali “Agrologistika va biznes” fakulteti
Agrobiznes va investitsion faoliyat kafedrasi
Qishloq xo’jaligida menejment ta’lim yo’nalishi
3- bosqich 75- guruh talabasi Raximov Axroriddinning :
KO’P TARMOQLI FERMER XO’JALIKLARINI BAXOLASH fanidan :
MINERAL O’G’ITLARDAN FOYDALANISH VA UNING IQTISODIY KO’RSATKICHLARINI BAXOLASH
Mavzusida tayyorlagan,
KURS ISHI:
Qabul qildi : RAXMONOVA .B
MAVZU: MINERAL O’G’ITLARDAN FOYDALANISH VA UNING IQTISODIY KO’RSATKICHLARINI BAXOLASH
REJA:
1.1O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QISHLOQ XO’JALIGI SOXASIDA AMALGA OSHIRAYOTGAN ISLOXOTLARI.
1.2 MAMLAKATDAGI SUG’ORILADIGAN VA LALMI YERLARNING MORFOLOGIYASI
2.1 MINERAL O’G’ITLARNING TURKUMLANISHI VA ULARNING SANOATDA OLINISHI USULLARI.
2.2 . O’GIT ,TUPROQ VA O’SIMLIK O’RTASIDAGI MUNOSABATLAR.
2.3 QISHLOQ XO’JALIGI SOXASIDA MINERAL O’G’ITLARDAN FOYDALANISHDAGI IQTISODIY AFZALLIKLAR.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH:
1.1 Har qanday iqtisodiy saloxiyatga ega davlat ham o’zining oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog’liq vaziyatni qishloq xo’jaligi soxasisiz tasavvur qila olmaydi. Shuning uchun muttasil ravishda ushbu soxani takomillashtirib boradi. Bugungi kunda dunyo aholisi soni qariyb 7.5 mlrd ga yetdi lekin yer kurrasining geografik hududi o’zgargani yo’q. mavjud qishloq xo’jaligida foydalanib kelinayotgan tekis hududlar ham aholi yashash obyektlariga aylantirilib borilmoqda buning natijasida dexqonchilik uchun qulay yerlarning maydoni qisqarib borishi, yangi o’rmon, qiyalik, botqoqlik va shunga o’xshash yerlaning dexqonchilik maqsadlarida o’zlashtirishi va oqibatida turli hayvonot dunyosiga bo’lgan talofotlat, iqlim o’zgarishi, muzliklarning erishi, okeanlar suv satxining ko’tarilishi kabi bir qator muammolar vujudga keldiki, dunyoning istalgan mintaqasida ushbu iqlim muammosini qaysiki bir belgisini kuzatish mumkin.
Ho’sh O’zbekiston bugungi kunda bu kabi ta’sirlarga qanday yechim topmoqda?
Eng avvalo mamlakatimizdagi qishloq xo’jaligi misolida buni sizga tushuntirishga harakat qilaman . ma’lumki sobiq ittifoq davrida O’zbekiston hududining ayrim chorvachilik uchun qulay mintaqalari Qirg’izistonga , sanoat industrial zonasi uchun qulay yerlarini bir qismi esa Qozog’iston tarkibiga o’tib ketgan edi. Vaholanki sobiq SSSR davrida O’zbekiston faqat paxta va pilla xom ashyosini yetkazib beradigan qishloq xo’jalik zonasi sifatida qaralar edi. O’zbek xalqi juda katta mashaqqat bilan kun kechirsada farovonlik darajasi juda past edi. Bug’doy va un maxsulotlari ham markaz tomonidan qozog’iston orqali ta’minlanar. Oqsil va go’sht maxsulotlari ham asosan kvota orqali qo’shni davlatdan markaz belgilab bergan reja asosida yetib kelar edi. Paxta uchun yangi yerlarni o’zlashtirish qariyb 1986- yilgacha davom etdi va 6 mln gektardan ziyod yer paxta yetishtirish uchun o’zlashtilildi. Naijada Orol dengizi suv zaxirasi 1946-yilga nisbatan 64.7 dan 19.8 ga tushib qoldi va bu ko’rsatkich tobora kamayib bormoqda .1991-yil davlatimiz mustaqil bo’ldi va paxta va don mustaqilligiga to’liq erishdi.
Birinchi Prezidentimiz tomonidan ko’p ukladli xo’jalik yuritish tizimidan yagona ukladli xo’jalik yuritish tizimiga o’tish istiqbollari ishlab chiqildi va fermer xo’jaliklari to’g’risidagi qonun 1998 – yil 30- apreldan boshlab kuchga kirdi.
2004- yil fermer xo’jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilganidan so’ng ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklari tashkil etila boshladi va ularni harakatlariga motivatsiya berish maqsadida ularga dastlabki 3 yil davomida subsidiyalar ajratila boshladi. 2019 yil mamlakatimizning 2- prezidenti bergan farmon va unga ilovada berilgan imtiyozlar doirasida fermer xo’jaliklarining yer maydon lari kengaytirila boshladi . shuningdek bog’dorchilik bilan shug’ullanadiga fermer xo’jaliklari rentabellik darajasiga qarab o’z yer uchastkasini kengaytirish vakilatiga ega bo’la boshladilar.
Oltin va boshqa qimmatli metallar mamlakatimizning o’z ixtiyori bilan tasarruf etilishi va natijada milliy valyutamizni vujudga kelishi oqibatida jaxon hamjamiyatida o’z o’z o’rnimizni topa boshladik.
Qishloq xo’jalik maxsulotlarini va boshqa bir qator maxsulotlarni export qila oladigan agrar -industrial davlatga aylandik. O’tgan 28 yil davomida nafaqat qishloq xo’jalik soxasida balki boshqa soxalarda ham juda ulkan isloxatlarni amalga oshirdik deb bemalol ayta olamiz.
1.2 MAMLAKATIMIZDAGI YERLARNING AGROKIMYOVIY XOSSALARI
Respublikamiz tuproqlarining agrokimyoviy xossalarini bayon qilishdan avval tuproq hosil qiluvchi omillariga qisqacha to‘xtalamiz.
O‘zbekiston Turon past tekisligining janubiy qismida joylashgan. Uni janubiy va sharqiy tomonlardan bir qator tog‘ tizmalari o‘rab turadi. g‘arbiy va shimoliy hududlari qozoq sahrolari bilan tutash. Iqlimi - keskin kontinental. Katta suv havzalarining uzoqligi, kuchli quyosh radiatsiyasi, issiq va sovuq havo oqimlarining kirib kelishi uchun yo‘l ochiqligi iqlimning o‘ziga xosligini belgilaydi. Yillik yog‘in-sochin miqdori kam bo‘lib, yil fasllari va hudud bo‘yicha bir tekisda taqsimlanmagan. Er betidan yil davomida 1000-2000 mm suv bug‘lanadi.
Tuproq hosil bo‘lishida relefning ahamiyati katta. CHo‘l mintaqasi Turon past tekisligining g‘arbiy - tekis qismini, chala cho‘l yoki boshqacha aytganda, bo‘z tuproqlar mintaqasi - tog‘ oldidagi baland-pastliklarni egallaydi. Relefi yog‘in-sochin miqdoriga, u esa o‘z navbatida tuproq hosil bo‘lish jarayoniga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Iqlim va tuproq sharoitlaridan kelib chiqqan holda O‘zbekistonda 120 oilaga mansub 3700 ga yaqin o‘simlik turi mavjud. O‘simliklar tekisliklarda tuproqning regional o‘zgarishi, tog‘li joylarda esa tik mintaqaviylik asosida tarqalgan. CHo‘l mintaqasida qorabosh, bug‘doyiq, yaltirbosh, qum akassi, yulg‘un, saksovul kabi psammofitlar, sarsazan, qizil sho‘ra va sho‘raklar kabi galofitlar, shuvoq, biyurg‘un kabi gipsofitlar ko‘p uchraydi. Adirlarda soyabonguldoshlarning ayrim vakillari, qo‘ziquloqlar va oqquray, to‘q tusli bo‘z tuproqlar tarqalgan maydonlarda esa bug‘doyiq, tak-tak, kovrak, sariq andiz kabi o‘simliklar o‘sadi. Tuproqlarning organik moddalar bilan boyishi asosan bahor faslida sodir bo‘ladi.
O‘zbekistonning asosiy hududlarida tuproq hosil qiluvchi ona jins to‘rtlamchi davrning g‘ovak lyossimon yotqiziqlaridir.Faqat ayrim joylarda yanada qadimiy yotqiziqlar uchraydi. Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon vodiylarining terrasalari ostida yaxshi saralangan, turli granulometrik tarkibli allyuvial yotqiziqlar mavjud. Tog‘ tizmalariga yaqin maydonlar yirik shag‘al bilan, pastga tushib borgan sari o‘zanlarning ikki tomoni avval mayda shag‘al, yirik qum, so‘ngra qumoq va boshqa og‘ir granulometrik tarkibli jinslar bilan band. Sug‘oriladigan hududlarda ona jins sifatida agroirrigatsiya keltirilmalari uchraydi. Agroirrigatsiya keltirilmalari - inson faoliyatining mahsulidir.
Tuproq hosil qiluvchi omillar, vaqt va inson faoliyati natijasida O‘zbekiston hududida bir-biridan farqlanadigan tuproq tiplari hosil bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |