2.2 . MINERAL O’G’ITLARNI O’SIMLIKKA BO’LGAN TA’SIRI
1996 yilning 7 avgustida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ‘’qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida agrokimyo xizmati ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’’ gi qarori ham dehqonchilikni kimyolashtirishni kuchaytirishda muhim qadam bo‘ldi.
Hozirgi kunda Respublikamizda 5 ta o‘g‘it zavodi ( CHirchiq, Olmaliq, Navoiy, Samarqand, Qo‘qon ) faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘g‘it ishlab chiqarish va ishlatishning to‘xtovsiz ortib borayotganligi munosabati bilan ularning samaradorligini oshirish kimyo sanoati va qishloq xo‘jaligining birinchi navbatdagi vazifasi bo‘lib qoldi. O‘g‘it ishlab chiqarishning o‘sishi, asosan, yuqori konsentratsiyali va kompleks o‘g‘itlar hisobiga amalga oshirilmoqda. Bunday o‘g‘itlar ishlab chiqarilayotgan o‘g‘itlar yalpi miqdorining 90% dan ortig‘ini tashkil qiladi.Bu hol o‘g‘itlarning fizik massasini kamaytirishga, ularni tashish, saqlash va tuproqqa kiritishga sarflanadigan mehnatni tejashga imkon beradi.
Mineral o‘g‘itlarning fizikaviy-mexanikaviy xossalarini yaxshilash muhim ahamiyatga ega. Granulalangan, donalari mustahkam va bir o‘lchamli o‘g‘itlarni saqlash va tuproqqa kiritish ma’lum afzalliklarga ega. qishloq xo‘jaligida kimyolashtirishning moddiy-texnika bazasini yaxshilashga doir ( omborlar qurish, ularni mashina va mexanizmlar bilan ta’minlash va boshqalar) zaruriy chora-tadbirlar qo‘llanilmoqda. Bu hol o‘g‘itlarni zavoddan dalaga qadar bo‘lgan yo‘lda isrof bo‘lishini keskin kamaytirish, ulardan o‘z vaqtida va samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Respublikamizda o‘g‘itlardan foydalanishni tashkil etish va nazorat qilishda Respublika loyiha-qidiruv agrokimyo stansiyasi, uning viloyatlardagi shaxobchalari va boshqa tashkilotlar katta ishlarni amalga oshirmoqdalar.
“Pryanishnikov uchburchagi” Bu mineral o’gitlarni o’simlikka bo’lgan ta’sirini va undan keladigan oqibatlarni aniqlashda eng maqbul yechim sanaladi. Unda uchburchakning uchlariga tuproq, o‘g‘it va o‘simlik joylashtirilgan bo‘lib, ob’ektlarning aloqadorligini ko‘rsatish uchun ular o‘zaro qarama-qarshi yo‘naltirilgan mil lar yordamida tutashtirilgan. Uchburchakda o‘simlik etakchi mavqega ega, shu bois agrokimyoda o‘simliklarning oziqlanishiga asosiy e’tibor qaratiladi. Tuproq o‘simlikning oziqlanish maskani sifatida, o‘g‘it esa tuproq unumdorligiga ta’sir etuvchi manba sifatida qaraladi. Tuproq o‘simlikni oziq moddalari bilan ta’minlasa, o‘simlik o‘z navbatida ildiz ajratmalari bilan tuproqqa ta’sir ko‘rsatadi.
Pryanishnikov uchburchagi ’’
Oziqlanish jarayonida tuproq hamda o‘g‘it o‘rtasidagi munosabat yanada yaqqol namoyon bo‘ladi: o‘g‘it kiritilgan tuproqlar tarkibida oziq moddalar miqdori ortadi, agrokimyoviy va agrofizikaviy xossalari yaxshilanadi, tuproq esa o‘g‘itlarning eruvchanligiga u yoki bu darajada ta’sir qiladi. Tuproq, o‘simlik va o‘g‘it o‘rtasidagi munosabatlarning silliq va bir maromda ketishiga oziq moddalarning tuproq profili bo‘ylab yuvilishi, atmosferaga uchishi, shamol va suv eroziyalari ta’sirida yo‘qolishi kuchli ta’sir ko‘rsatadi. SHuningdek, ayrim elementlarning atmosferadan tuproqqa kelib tushishi yoki mittiorganizmlar tomonidan to‘planishi ham bu jarayonni u yoki bu tomonga siljitishi mumkin. O‘simliklar uchun zarur, lekin tuproqda kam yoki qiyin o‘zlashtiriladigan holatda uchraydigan elementlar mineral o‘g‘it sifatida kiritiladi va inson shu yo‘l bilan tabiatda moddalar aylanishida ishtirok etadi.O‘simliklarning ildizdan oziqlanishi mineral oziqlanish deb ham yuritiladi. Bu tushuncha bir-biri bilan uzviy bog‘langan quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
1. O‘simliklarning ildiz tizimi tuproqning o‘zlashtirishga layoqatli oziq moddalar zaxirasi to‘plangan qatlamda rivojlanib (xemotropizm), o‘z nordon ajratmalari bilan tuproq qattiq fazasiga ta’sir qiladi, singdirish kompleksi (TSK) tomonidan almashinib singdirilgan oziq ionlarini eritmaga siqib chiqaradi va suvda qiyin eriydigan birikmalarni qisman eritadi.
2. Ildiz yuzasidagi bir qator fermentlar tuproqning mineral va organik moddalarini parchalash (gidroliz)da ishtirok etadi.
3. Ildiz tizimining faol yuzasi bilan muloqotda bo‘ladigan tuproq eritmasi tarkibidagi ayrim tuzlar diffuziya yo‘li bilan yutiladi.
4. Diffuziya va ionlarning almashinuvchan adsorbsiyasi natijasida xo‘jayra qobig‘i hamda protoplazma membranasiga so‘rilgan tuzlar ildiz tukchalari tomonidan yutiladi.
5. Singdirilgan ionlar protoplazma ichida akkumulyasiyalanadi va ildizda ketadigan sintezlanish jarayonlarida ishtirok etadi.
6. Barg va ildizda sintezlanadigan organik moddalar o‘zaro almashinadi.
7. Ildiz orqali yutilgan mineral moddalar ksilema bo‘ylab o‘simlikning er usti qismiga qarab harakatlanadi va bunda mineral hamda organik moddalarning bir qismi tuproqqa ajraladi.
8. YUtilgan ayrim moddalar qari barglardan yosh barglarga, vegetativ organlardan reproduktiv organlarga oqib o‘tish yo‘li bilan o‘simlik tanasida qayta o‘zlashtiriladi - reutilizatsiya.
Barg va ildizda sodir bo‘ladigan sintezlanish jarayonlari ma’lum miqdorda energiya sarflanishini talab qiladi. Bu energiya bargda faqat organik moddalar sintezi uchun emas, balki fotosintetik fosforlanish uchun ham zarur bo‘lib to‘planadigan yorug‘lik kvantlari hisobiga yuzaga keladi. Ildizda energiya manbai bo‘lib uglevodlarning oksidlanib fosforlanishi xizmat qiladi: bunda o‘simlikning er usti qismidagi energiya ATF holida to‘planadi. Mazkur energiya yutilgan ionlarni sitoplazmada metabolik to‘planishi uchun sarflanadi.
Dehqonchilikni kimyolashtirish - ekinlar hosildorligini oshirishning muhim vositasi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirishning iqtisodiy jihatdan eng samarali yo‘lidir. Jahon dehqonchiligi tajribasining ko‘rsatishicha, ekinlar hosildorligi tuproqqa kiritiladigan o‘g‘itlar miqdori bilan uzviy bog‘liqdir
g‘alla ekinlari hosildorligi va o‘g‘it me’yori o‘rtasidagi munosabat
Davlat
|
Kiritilgan o‘g‘it miqdori,
(NPK), kg/ga
|
g‘alla hosili, s/ga
|
Niderlandiya
|
588,9
|
76,17
|
Quriya
|
465,6
|
55,0
|
Yaponiya
|
395,1
|
43,4
|
Misr
|
347,7
|
56,1
|
Angliya
|
320,7
|
61,2
|
Xitoy
|
307,0
|
42,6
|
Italiya
|
165,8
|
45,6
|
Bangladesh
|
110,6
|
24,1
|
Hindiston
|
75,2
|
17,2
|
Do'stlaringiz bilan baham: |