1.O‘g‘itlarni qo‘llash bo‘yicha iqtisodiy jihatdan asoslangan tavsiyanoma hujjatlarni tuzish;
2. Ushbu hujjatni xo‘jalik miqyosida amaliyotda qo‘llash.
O‘g‘itlarni qo‘llash sistemasining vazifalariga quyidagilar kiradi:
1. Qishloq xo‘jalik ekinlaridan olinadigan hosilni ko‘paytirish va uning sifatini yaxshilash;
2. yerlarning unumdorligini oshirish va asta-sekin bir xil darajaga yetkazish, baozi holatlarda esa hozirgi unumdorligini saqlab qolish;
3. O‘g‘itlardan samarali foydalanish, dehqonchilikni intensifikatsiyalash darajasini oshirish va atrof-muhitni himoya qilish.
Respublikada agroximservis xizmat ko‘rsatishini yanada rivojlantirish maqsadida quyidagi taklif va tavsiyalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:
- respublika qishloq xo‘jaligida ekinlar tarkibi va ularni joylashtirish sxemasini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish;
- fermer xo‘jaliklari O‘zbekiston Respublikasining eng murakkab hududida faoliyat ko‘rsatayotganligini hisobga olib, ularning boshqa hududlardagi fermer xo‘jaliklari kabi yuqori daromadga ega bo‘lishlarini ta’minlash maqsadida paxta va boshoqli donni davlat buyurtmasi bo‘yicha xarid qilish tiziminini bosqichma-bosqich erkinlashtirish;
- fermer xo‘jaliklarini mineral o‘g‘itlar, ximyaviy preparatlar bilan ta’minlashga ixtisoslashgan maxsus tashkilotlarni keng rivojlanishiga sharoit yaratish;
- infratuzilma sub’yektlari faoliyatini rivojlantirish, ularni davlat tomonidan iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish;
-fermer xo‘jaliklariga agroximservis xizmati ko‘rsatishga ixtisoslashgan korxonalar faoliyatini tashkil etish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
- hudud xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida mehnat sharoitini yaxshilash bo‘yicha amaldagi me’yoriy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish.
Nazorat uchun test savollari
Mineral o‘g‘itlardan sanoatimiz qanday o‘g‘it turlarini ishlab chiqaradi?
A. Soporela, ipak qurti chiqindilari, go‘ng, azot, fosfor chiqaradi.
B. Ammiakli selitra, ampak suvi, suyultirilgan ampak, alyuminiy sulfat, kaliy tuzi, kalsiy, sianamiz, fosforli superfosfat, kalsiy xlorid, ammofos.
S. Suyuq organik o‘g‘itlar, suyak va baliq, uning go‘sht, sut mahsulotlari chiqindilari, qand ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan chiqindilar.
D. Yu qorida keltirilganlarning barchasi to‘g‘ri.
|
O‘simlmklarni himoya qilishda zaharli dorilar qanday usullar bilan dorilanadi?
A. Samolyotdan, vertolyotdan va traktor agregatlaridan turib changlanadi, purkalanadi.
B. Changlanadi, purkalanadi, ayerozalar bilan ishlov beriladi, Urug‘lar dorilanadi, fumigatsiya qilinadi, yolg‘on yem qo‘llanadi.
S. Faqat ayerozal ustanovkalari qo‘llanadi.
D. Zararkunandalar qo‘lda terilib, daladan chiqarib tashlanadi, kasalliklarga qarshi qo‘l bilan zaharli dorilar dala bo‘ylab sochib chiqiladi.
|
O‘simliklarni zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash usullari?
A. Biofizik, mexanik.
B. Oltingugurt eritmali va tamaki qaynatilgan suyuqlik bilan.
S. Agrotexnik, biofizik, kimyoviy, fizik.
D. Agrotexnik, biologik, mexanik, biofizik va kimyoviy.
|
Paxta xomashyosi yetishtirish uchun 1 ga yerga sarflanadigan fosfor miqdori me’yori, kg.
145
155
165
175
|
Paxta xomashyosi yetishtirish uchun 1 ga yerga sarlanadigan azot miqdori me’yori, kg.
220
230
240
250
|
Paxta xomashyosi yetishtirish uchun 1 ga yerga sarflanadigan kaliy miqdori me’yori, kg.
100
110
120
130
|
Masala. Paxta yetishtirish uchun talab qilinadigan mineral o‘g‘itlarni shartli aralashma holidagi miqdorini va qiymatini aniqlang.
Ma’lumotlar:
Paxta maydoni – 100 ga;
Gektariga 30 sentner hosildorlik darajasida o‘g‘it sarflash normasi:
Azotli o‘g‘itlar (N) – 200 kg;
Fosforli o‘g‘itlar (P.O.) – 150 kg;
Kaliyli o‘g‘itlar – 70 kg.
Shartli aralashma sifatida azotli o‘g‘itlar uchun sulfat ammoniy (20,5 %), fosforli o‘g‘itlar uchun superfosfat o‘g‘iti (19 %), kaliyli o‘g‘itlar uchun kaliy tuzi (41%) qabul qilingan. Bir tonna sulfat ammoniy bahosi 206 753 so‘m, kaliy tuzi 265 000 so‘m, superfosfat 352 900 so‘m
№
|
O‘g‘it turi
|
Ekin maydoni, ga
|
O‘g‘it normasi
|
Talab
|
Bahosi, so‘m
|
Qiymati, so‘m
|
Sof modda
|
Aralash-mada
|
123
|
Azotli
Fosforli
Kaliyli
|
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |