Amaliy mashg‘ulot rejasi:
1.Qishloq xo‘jaligida kimyo xizmati va uni rivojlantirish masalalari.
2.O‘g‘itlarni qo‘llash me’yori va turlari, qishloq xo‘jaligida mineral o‘g‘itlardan foydalanishbo‘yicha maslahatlar.
3.Tuproq unumdorligini oshirish tadbirlari bo‘yicha maslahatlar.
4. Agrokimyo xizmatida iqtisodiy ekologik muammolar va ularni hal etish yo‘llaribo‘yicha maslahatlar.
Darsga oid jihozlar: Markerlar, flamaster, plakatlar. kerakli adabiyotlar,tarqatma materiallar.
Darsning tuzilishi: Tashkiliy daqiqa, guruhlarda ishlash, bahs-munozara, dars yakuni.
Agrokimyo — qishloq xo‘jalik ekinlaridan mo‘l va sifatli hosil yetishtirishda o‘g‘it, tuproq va o‘simlik o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganadi, o‘g‘itlarning xususiyatlari va tuproq bilan o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda o‘simliklarning oziqlanishi uchun qulay sharoit yaratish hamda muayyan tuproq iqlim sharoitlari uchun o‘g‘it qo‘llashning eng samarali me’yor, usul va muddatlarini belgilaydi.
Agrokimyoning asosiy vazifasi - o‘simliklarning oziqlanish jarayonidagi moddalar almashinuvi va tuproqdagi oziq moddalar dinamikasini o‘rganish, hosil miqdori, mahsulot sifati va tuproq unumdorligini oshirishda o‘g‘itlardan oqilona foydalanishni tashkil etishdir.
O‘simliklarni uyg‘unlashgan holda himoya qilish quyidagi tadbirlar tizimini o‘z ichiga oladi: tashkiliy-xo‘jalik, agrotexnik, mexanik, fizik, karantin, biologik va kimyoviy. Odatda o‘simliklarni zararli organizmlardan himoya kilish uchun yukorida qayd etilgan tadbirlar umumlashgan holda qo‘llanidadi.
Tashkiliy-xo‘jalik tadbirlari zararli organizmlar uchun noqulay yashash sharoitini vujudga keltirishiga va ularni ekin maydonlariga o‘tishini kamaytirishga qaratilgan.
Agrotexnik tadbirlar ekinlarda xavf-xatar tug‘diradigan miqdorda zararli organizmlarni paydo bo‘lishi oldini oladi.
O‘simliklar karantini davlat miqyosidagi tadbirlar tizimi bo‘lib, Respublikamizda uchramaydigan, lekin xorijiy mamlakatlardan o‘tib qolish extimoli bo‘lgan zararli organizmlarni va Respublikamiz ichidagi ayrim geografik xududlarda tarqalganlarini boshqa xududlarga tarqalishini oldini olishga qaratilgandir.
O‘g‘itlarni qo‘llash sistemasi va uning vazifalari.
Xo‘jalikning tabiiy va tashkiliy iqtisodiy sharoitlariga javob beruvchi ratsional o‘g‘itlash sistemasi -hosildorlikni oshirishda va uning sifatini yaxshilashda, tuproq unumdorligini oshirishda yetakchi omillardan biridir. O‘g‘itlash sistemasining,rivojlanishi jarayonin 2 etapga bo‘lish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |