Harakatni o‘rganish seksiyasi- bu kabi ustaxonalarda ishtirokchilar birga ishlash uchun va boshqa ishtirokchilarning o‘zlarining tashkilotlari duch kelgan muammolarni yechish bo‘yicha tajribalarini o‘rganishga yig‘ilishadi. qoidaga ko‘ra birinchi bosqichda seksiya ko‘pchilik ishtirokchilar uchun joriy davrda qizg‘in bo‘lgan muammolarni aniqlash va topishga yo‘naltiriladi. muammo tanlangandan so‘ng butun guruh tomonidan aniq bir ehtimoli yechimga qadar tahlil qilinadi. ushbu guruhlar haftasiga bir marta uchrashishlari, haftalar davomiyligi 8 tadan 12 tagacha yetishi mumkin bo‘ladi, agarda guruhning tajriba va bilimlari yetarli bo‘lmasa, guruh tashqaridan chaqiriladigan konsultant yoki ekspert so‘rashi mumkin bo‘lgan kerakli axborotlarni va trening talablarini aniqlash bo‘ladi.
Biznes klinikasi- kichik korxona egalari va menejerlaridan iborat guruhlarning bir birlari bilan o‘zlari duch kelgan muammolar bo‘yicha qanday harakat qilish lozimligi bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish va maslahat olish uchun uchrashishlarini uyushtirilishidir. u bir martalik yoki to‘rttadan sakkiztagacha bo‘lgan uchrashuvlardan tashkil topishi mumkin. biznes klinikasi guruh azolari o‘z natijalari bilan bo‘lishishsa va tajriblarini almashishsa turli solishtirishlarga oid kerakli ma’lumotlarni o‘zida jamlashi mumkin. boshqa hollarda biznes klinikasi kichik korxona egalarining o‘zlari tanlagan tashqi boshqaruvchilar yoki kichik korxonalar bo‘yicha boshqa konsultantlar bilan birga shug‘ullanish maqsadida tashkil qilinishi mumkin..
O‘z o‘ziga yordam va birdamlik guruhlari. bir nechta rivojlanayotgan davlatlarda bu kabi guruhlar ko‘ngilli nohukumat tashkilotlarni o‘z ichiga olgan texnik yordam agentliklari yordami bilan kichik korxonalar tomonidan tashkil etiladi. bu guruhlar birgalikda shug‘ullanish, tajriba almashish bilan band bo‘lishadi. shunindek, ba’zi holatlarda kichik hajmdagi kreditlarni olish bilan ham shug‘ullanishlari mumkin.
Axborot texnologiyalari va elektron biznes xizmatlari Ko‘pchilik joriy axborot texnologiyalari ilovalari kichik korxonalar uchun qulay va to‘liq ravishda qabul qilishga mosdir. AT kichik korxonalarning raqobatdoshligida strategik vosita va asosiy omil sifatida paydo bo‘lmoqdava buni hech qaysi bir konsultant inkor eta olmaydi. Kichik korxonalar ob’yektiv axborot va ruhlantirishga zaruriyati bo‘ladi, shuning uchun ular yangi ilovalar internetga asoslangan xizmatlarni ayni o‘zlari uchun mos deb o‘ylashmaydi. Ko‘pchilik biznes ilovalarining kichik korxonaga biznes va moliyaviy afzalliklar olib kelishini payqamasliklari mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki kichik hajmli operatsiyalar va cheklangan resurslar doirasidagi ko‘pchilik muammolarni hal qilishda AT katta korxonalarga nisbatan ayni kichik korxonalar faoliyatiga samaraliroq ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ammo shu bilan birga tadbirkorlar keraksiz, ishonchsiz va samarasiz ilovalar va internet xizmatlarnini xarid qilishdan qochish uchun ishonchli maslahatchilarga zaruriyat sezishadi.