Dasturlar, normalar va tartib
Yaxshi siyosatlar qulay muhit uchun shart sharoitlarni ta’minlab beradi. Ammo, shu bilan bir qatorda siyosatni amalga oshirishda qo‘llaniladigan tartibga solish va nazorat qilish mexanizmlari ham hisobga olinishi lozim. Milliy darajada, rivojlanishning qonunchilik asosini va umumiy siyosiy yo‘nalishini markaziy hukumat belgilab beradi. Markaziy hukumat tomonidan odatda pul-kredit, soliq, savdo, ta’lim, ishchi kuchi va boshqa siyosatlar olib boriladi, ammo ba’zi hollarda hukumatning boshqa darajalari (misol uchun, mahalliy va hududiy) ham muhim rol o‘ynaydi. Mahalliy darajadagi hukumat normalari kichik korxonalarning o‘sishini zo‘riqtirib qo‘yish xavfi bor. Hukumatning markazlashishini kamaytirish bu mahalliy va viloyatlar hukumatlarining kichik korxonalar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi me’yoriy va ma’muriy ishlarni amalga oshirishlarini talab etadi va ular buning ustidan chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmasliklari mumkin. Kichik korxonalar ko‘pincha quyidagilar sababli huquqiy va me’yoriy muammolarga duch kelishadi:
Normalarning ortiqchaligi, kichik korxonarlarni bozor imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishga va bozorga raqobatbardosh narxlarda tovar kirgizishlarini oldini olishi.
Nomuvofiq normalar, tadbirkorga yetarlicha himoyaning ko‘rsatilmasligi (misol uchun, noaniq mulkiy huquqlari va shartnoma tartibining mukammal emasligi).
Normalarning yaxshi tartibga solinmaganligi, bunda jarayonlar juda ham qogozbozlikka asoslangan va samarasi kam.
Aniqlikning yo‘qligi, bunda normalar juda qiyin va chalkash, va ularni bajarish uchun juda ko‘p vaqt talab etilishi; juda ko‘p shakllarning mavjudligi, juda ko‘p hukumat idoralari bilan ishlash kerakligi, majburiyatlarning ko‘pligi va yuqori hisobot narxlari.
Shaffoflikning yo‘qligi, bunda ma’muriy jarayonlar yopiq holda olib boriladi, buning natijasida korrupsiya imkoniyatlari paydo bo‘ladi.
Bir-birini takrorlashi, bunda normalar bir-birini takrorlaydi yoki umuman bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi.
Tez-tez sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar, bunda hukumat boshliqlari qo‘yilgan normalarni o‘zgartirishadi va bu tadbirkorlarga yangi talablarga moslashishda qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Xabardor bo‘lmaslik, bunda kichik korxonalar normalar haqida xabardor qilinmagan, tushuntirish ishlari olib borilmagan bo‘ladi va buning natijasida normalarga amal qiluvchilarda ushbu normalar haqida yetarlicha tushuncha mavjud bo‘lmaydi.
Hududiy tengsizlikning mavjudligi, bunda huquqiy va normativ muhit qishloq va shahar joylarida turli xil tarzda amal qiladi.
Kichik korxonalarning taklif kiritish imkoniyatining pastligi, bunda kichik korxonalar siyosatni rivojlantirish jarayoniga takliflar kiritish imkoniyati bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |