Kichik korxonalar uchun qulay muhit yaratishningo‘ziga xos xususiyatlari. Kichik korxonalarni qo‘llab quvvatlashning eng samarali yo‘llaridan biri- bu huquqiy va me’yoriy muhitni yaratib beruvchi ijobiy siyosatni yaratishdir. Ushbu siyosat va tartibga solish normalari ikki keng vazifalarni o‘z ichiga oladi:
Ular hukumatga makroiqtisodiyotni izchil va oldindan ko‘ra bila olib boshqarish orqali, barqaror ijtimoiy va iqtisodiy maqsadlarga erishish imkoniyatini beradi.
Ular mikroiqtisodiyotning asosiy elementlaridan biri bo‘lmish kichik korxonalar faoliyat maydonini bir tekisda olib borishadi. Kichik korxonalar tijorat operatsiyalarini amalga oshirish uchun biznes muhitni yaxshilashni ta’minlab beruvchi qonuniy normalarni talab etadi (misol uchun, adolatsiz raqobatga qarshi himoya) va biznesning boshqa startaplari va kengayishlarini rag‘batlar bilan ta’minlaydi.
Ba’zi hollarda, kichik biznes konsultantlaridan biznesni yaratish va uni rivojlantirish muhitini takomillashtirish va tahlil qilishda yordam berishlari so‘raladi. Yuqoridagi siyosat, qonun va tartibga solish muhitini takomillashtirish bo‘yicha taklif va talablarni beruvchilar moliya vazirligi,mahalliy boshqaruv yoki kichik biznes birlashmarlari bo‘lishlari mumkin.
Konsultantlar ushbu muhitni yaratuvchi muassasalar, siyosatlar va normalar haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lishlari talab etiladi. Odatda ushbu muhit umumiy iqtisodiy va rivojlanish siyosatlari, muhokamalari, baholashlari va murosalarini o‘zida aks ettiradi hamda u faqatgina ko‘zda tutilgan kichik biznes haqida aniq faktlarga asoslangan tahlillar va takliflar olingandagina o‘zgarishi mumkin. Kichik biznes konsultantlari o‘zlarining mijozlari va mijozlarining birlashmalariga faoliyatlarini takomillashtirish uchun shu kabi takliflarni shakllantirish hamda targ‘ib qilish uchun yordam berish maqsadida alohida taqsimlanadi.
Qulay muhitning xususiyatlari
Umuman olganda, kichik korxonalar, kiritish bozorlari va chiqarishni boshqarish bo‘yicha kansalting faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilgan ko‘p tarmoqli, innovatsion, moslashuvchan va jonli muhitda yaxshiroq hisoblanadi.
Bu kabi bozorda, kichik va yirik korxonalar o‘rtasida va umuman kichik korxonalar sektori ichida aloqalar yo‘lga qo‘yilishi mumkin, bundan maqsad qo‘shma korxonalar, pudratchilar, mol yetkazib beruvchilar va marketing harakatlari hamkorlikda ishlashidir.
Normativ, ma’muriy, hisobot va nazorat qilish jarayonlari o‘z joyida, ammo shaffofdir, va kichik iqtisod ishbilarmonlari imkoniyatlari darajasidadir. Va nihoyat, ijobiy muhitda, kichik korxonalar o‘zlarining ehtiyojlarini ko‘rib chiqilishini va ijtimoiy maqsadlariga erishishda ko‘mak berilishini talab qilishda siyosiy ovozga egadirlar. Muhitning kichik korxonalarga imkoniyat berishi yoki ularni cheklashi bir necha omillarga bog‘liq. Quyida bu omillar kichik korxonalarning rivojlanishiga ta’siri jihatidan ta’riflangan. Kichik korxonalar muhitini shakllantirishda hukumatning uchta o‘ziga xos roli mavjud: 1)qonunlar va siyosatlarni ishlab chiqish; 2)dasturlar, normalar va nizomlarni yaratish; va 3) ma’muriy vazifalarni amalga oshirish. Har bir omil yakka tartibda muhim bo‘lganligi bilan bir vaqtning o‘zida, ularning o‘zaro bir biri bilan bog‘liqligi alohida qiziqishga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |