Ma’muriy jarayonlar Kichik korxonalarniqo‘llab-quvvatlash muhitiga tegishli siyosat, qonun chiqaruvchi organlar faoliyati va normalarga to‘g‘ri kelishini baholashda ma’muriy jarayonlardan chuqur etibor talab qilinadi. Ular hukumat va kichik korxona egalari o‘rtasidagi bog‘lovchi hisoblanib, kichik korxonalar muhitiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Ma’muriyat kichik korxonalarni iloji boricha minimal darajada yuklamog‘i lozim, chunki haddan ortiq qiyinchiliklar kichik korxonalarning rivojlanishi va o‘sishiga to‘sqinlik qiladi. Qo‘llab-quvvatlaydigan ma’muriy muhit kichik korxonalarga qiyin bo‘lishi mumkin, chunki kichik biznes egalari turli xil ko‘zda tutilmagan holatlarga, misol uchun, iqtisodiy va biznes siyosatlaridagi kutilmagan o‘zgarishlar, murakkab litsenziya olish jarayonlari, soliq siyosatidagi turli xil o‘zgarishlar va pul-kredit siyosatining o‘zgarishlariga moslashish uchun yetarlicha boshqaruv va texnik resurslarga ega emaslar. Qonuniy, normativ va ma’muriy talablarni baholashda quyidagi savollarga javob olish kerak:
• Bu inkor qilinishi mumkinmi? Normalar va talablar rostdan ham muhimmi? Bunga nimalar sabab? Bu boshqa normalarning tashqi ta’sirimi? Boshqa o‘rinbosar mexanizmlar orqali ham ushbu natijaga erishish mumkinmi?
• Osonlashtirilishi mumkinmi? Ba’zi bosqichlari olib tashlanilishi mumkinmi? Agar normalar muhim hisoblansa, undagi ba’zi talablar foydalanuvchilarning bajara olishlari uchun osonroq qilib belgilanishi mumkinmi?
• Boshqa talablar bilan uygunlashtirilishi mumkinmi? Talablarning bir necha bor qaytarilishi kamaytirish imkoni bormi? Bir necha normalar bir nazoratchi tomonidan olib borilishi mumkinmi?
• O‘zaro aloqani yaxshilash imkoniyatiga egami? Agarda norma yuzasidan tushunmovchiliklar yoki chalkashishlar vujudga kelsa, kelgusidagi vaqt va mablag yo‘qotilishini oldini olish maqsadida tushuntirish ishlarini olib borish imkoni mavjudmi?
• Markazlashmagan nazoratni tashkil qilish imkoni mavjudmi? Kichik korxonalar barcha hududlarda faoliyat olib borishlari mumkin. Shuning uchun ham markazlashmagan va kichik korxona faoliyat yuritayotgan hududda ma’muriy markazlarning mavjud bo‘lishi qonun va normalarni bajarish javobgarligini yanada oshirgan bo‘lar edi.
Siyosat ishlab chiquvchilar uchun siyosiy reformalarni olib borishda to‘rt bosqichli qarashni tavsiya etishimiz mumkin:
Asosiy ulushdorlarga kichik korxonalar uchun hozirgi siyosiy va normativ muhitning qanaqaligiga baho berishga ruxsat berish.
Boshqa milliy, mahalliy hukumatlarda qanday qilib kichik biznesni rivojlantirishda to‘siqlarni yengib o‘tishganlarini misol qilib ruxlantirish ishlarini olib borish.
Reformani o‘tkazish harakatlari rejasini tuzishda ko‘maklashish va uni amalga oshirilishida texnik maslahatlar berib borish.
Reforma jarayonining ta’sirlarini o‘lchash va baholash.
Kichik biznesni rivojlanishida Konsultantlar va dasturlarni ishlab chiquvchilar uchun foydali instruksiyalar o‘z ichiga ILO va OECD kabilarni olgan bir qancha xalqaro agentliklardan olish mumkin.