Agrokonsalting


–савол O‘zbekiston Respublikasida soliq maslahati tizimi faoliyatidan faydalanish xaruriyati



Download 2,27 Mb.
bet126/214
Sana23.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#697573
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   214
Bog'liq
Agrokonsalting

2–савол


O‘zbekiston Respublikasida soliq maslahati tizimi faoliyatidan faydalanish xaruriyati
O‘zbekiston Respublikasida soliq tizimining huquqiy asoslari, soliq to‘lovchilarning huquqlari hamda majburiyatlari, soliq ishlarini yuritish tartibi va soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi Qonuni «Soliq maslahati to‘g‘risida»gi Qonun va shu kabi bevosita soliqqa oid qonun hujjatlari orqali tartibga solib turiladi.
Soliq haqidagi qonun hujjatlarining boshqa qonunlar va qonun hujjatlaridan o‘rin olgan normalari Soliq kodeksiga muvofiq bo‘lishi lozim. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Soliq kodeksidan boshqacha qoidalar belgilangan yoki nazarda tutilgan bo‘lsa, unda xalqaro shartnoma qoidalarida belgilangan shartlar amalda qo‘llaniladi. O‘zbekiston respublikasining “Soliq maslahati to‘g‘risida”gi qonuni2006 yil 29 iyunda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va  2006 yil 25 avgustda Senat tomonidan ma’qullangan. Qonun 26 ta moddadan iborat bo‘lib, ushbu Qonunning maqsadi soliq maslahati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Soliq maslahati soliq maslahatchilari tashkilotining yuridik va jismoniy shaxslarga (bundan buyon matnda mijozga (ishonch bildiruvchiga) deb yuritiladi) shartnoma asosida soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish borasidagi faoliyatidir. Soliq maslahati qonun ustuvorligi, mustaqillik va maxfiylik prinsiplariga asoslanadi.
Soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar:

  • mijozga (ishonch bildiruvchiga) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash masalalari bo‘yicha maslahat berishni;

  • soliq hisobotini tuzishda mijozga (ishonch bildiruvchiga) yordam ko‘rsatishni;

  • soliq solish ob’yektlari va soliq solish bilan bog‘liq bo‘lgan ob’yektlarni aniqlashni hamda ularning hisobini yuritishni;

  • sudda, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarda soliq solish masalalari bo‘yicha mijoz (ishonch bildiruvchi) nomidan va uning topshirig‘iga binoan vakillik qilishni o‘z ichiga oladi.

  • Soliq maslahatiga doir faoliyat soliq maslahatchilari tashkiloti va mijoz (ishonch bildiruvchi) o‘rtasida tuzilgan soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.

  • Soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomani tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish tartibi ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

  • Soliq maslahatchilari tashkiloti mijoz (ishonch bildiruvchi) bilan uning yashash joyi va joylashgan yeridan (pochta manzilidan) qat’i nazar, soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzishga haqli.

Soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaning muhim shartlari quyidagilardan iborat:

  • soliq maslahatining predmeti;

  • soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish muddatlari;

  • soliq maslahati bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lanadigan haqning miqdori, shartlari va muddatlari;

  • soliq maslahatchilari tashkilotining hamda mijozning (ishonch bildiruvchining) huquq va majburiyatlari;

  • soliq maslahatchilari tashkilotining fuqarolik javobgarligi sug‘urta polisining mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun, shuningdek uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzganlik uchun taraflarning javobgarligi.

Soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.
Soliq maslahati sohasidagi vakolatli davlat organi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Vakolatli davlat organi:

  • soliq maslahati bo‘yicha faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni shu jumladan milliy standartlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

  • soliq maslahatchisi malaka sertifikatini (bundan buyon matnda malaka sertifikati deb yuritiladi) beradi, uning amal qilishini tugatadi va uni bekor qiladi;

  • soliq maslahatchilari reyestrini yuritadi;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Vakolatli davlat organi huzurida o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi soliq maslahati bo‘yicha kengash tuziladi. Soliq maslahati bo‘yicha kengash tarkibiga davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari, soliq maslahati sohasidagi mutaxassislar kirishi mumkin.
Soliq maslahatchilari tashkiloti soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi tijorat tashkilotidir.
Soliq maslahatchilari tashkiloti aksiyadorlik jamiyatidan tashqari, istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi va o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
Soliq maslahatchilari tashkilotining rahbari soliq maslahatchisi bo‘lishi kerak.
Soliq maslahatchilari tashkiloti ushbu Qonunning 5-moddasida nazarda tutilgan soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar bilan bir qatorda:

  • buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, tiklash va yuritish;

  • moliyaviy hisobot tuzish;

  • buxgalteriya hisobi, menejment va moliya-xo‘jalik faoliyatining boshqa masalalari bo‘yicha konsalting xizmatlari ham ko‘rsatishi mumkin.



Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish