Mehnatning unumdorligi darajasi. Mehnat unumdorligining mutlaq (absolyut) darajasini aniqlash uchun haqiqatda sarflangan jami ish vaqti miqdorini shu davrda ishlab chiqilgan mahsulot miqdoriga, qiymatiga hamda bajarilgan ish hajmiga taqsimlash zarur. Bu mehnatni tejash iqtisodiy qonunining talabi.
Amaliyotda esa u haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulotning, bajarilgan ishning miqdori yoki qiymatini unga sarflangan ish vaqtiga taqsimlash natijasida aniqlanmoqda. Bunday usulda ular bir-birlarini inkor etmaydi, balki to‘ldiradi.
Mu
Bunda: Mu–mehnatning unumdorlik darajasi, kishi-kuni, soati, so‘m;Sv–mahsulot yetishtirish, xizmat ko‘rsatish uchun sarflangan ish vaqti, kishi-kuni, soatda;YEm–sarflangan vaqt ichida yetishtirilgan mahsulot, s, so‘m.
Bu ko‘rsatkich yetishtirilayotgan bir birlikdagi (sen, tonna, so‘m) mahsulot uchun qancha vaqt sarflanganligini yoki sarflangan bir birlikdagi vaqt evaziga qancha mahsulot yetishtirilganligining, xizmatlar bajarilganligining darajasini ifodalaydi. Mahsulot birligiga sarflangan jonli mehnat miqdori kamaysa yoki sarflangan bir birlik mehnat evaziga yetishtirilgan mahsulot birligi ko‘paysa, mehnat unumdorligi oshganligidan dalolat beradi. Bu ko‘rsatkich qishloq xo‘jaligida ayrim ish, mahsulot turlari, davrlari hamda xo‘jalik miqyosida natura hamda qiymat ko‘rinishida aniqlanadi. Uning darajasini qiymat ko‘rinishida bir necha yillar davomida aniqlashda qiyosiy baholardan foydalanish lozim. Shunda qishloq xo‘jalik mahsulotlari baholari o‘zgarishining ta’siri bartaraf etiladi. Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichiga asoslangan holda mehnat resurslaridan foydalanish darajasi, uni yaxshilash va sarflanishi zarur bo‘lgan mehnatning unumdorligini oshirish uchun qanday tadbirlarni ishlab chiqish kerakligi belgilanadi.
Mehnat resurslarini hisobga olish va rejalashtirishda esa mahsulot birligi yetishtirishga mehnat sarfi me’yoridan foydalanish kerak.
Ekin maydoni va mahsulot birligi yetishtirishga mehnat sarfi me’yori
Qishloq xo‘jalik ekini nomi
|
Hosildorlik
s/ga
|
1ga ekin maydoniga mehnat sarfi, bir yilda, odam
|
Qishloq xo‘jalik ekini nomi
|
Hosildorlik
s/ga
|
1ga ekin maydoniga mehnat sarfi, bir yilda, odam
|
Paxta
|
21
24
27
30
35
|
0,5
0,52
0,55
0,57
0,59
|
Bir yillik o‘tlar
|
20
30
40
|
0,02
0,03
0,035
|
Suvli yerda boshoqli ekin
|
25
30
35
40
45
|
0,05
0,06
0,07
0,08
0,09
|
Ko‘p yillik o‘tlar
|
80
90
100
|
0,05
0,053
0,055
|
Lalmi yerda boshoqli ekin
|
7
9
11
13
15
|
0,015
0,02
0,025
0,03
0,035
|
Silos
|
300
350
400
|
0,03
0,031
0,033
|
Makkajo‘xori doni
|
30
40
50
60
70
80
|
0,12
0,14
0,15
0,16
0,17
0,18
|
Xashaki idiz mevali ekinlar
|
300
350
400
|
0,28
0,30
0,32
|
Sholi
|
25
30
35
40
45
50
|
0,22
0,26
0,3
0,33
0,36
0,40
|
Mevalar
|
60
75
90
|
0,76
0,78
0,80
|
Kartoshka
|
100
140
180
|
0,49
0,58
0,68
|
Uzum
|
40
60
80
|
1,12
1,20
1,28
|
Ochiq maydonga ekilgan sabzavot
|
160
180
200
220
240
260
280
300
|
0,91
0,95
0,98
1,02
1,05
1,09
1,13
1,17
|
Poliz
Issiqxona limon
|
120
160
200
240
130
150
|
0,45
0,47
0,50
0,54
2,20
2,50
|
Tamaki
|
25
30
35
|
1,44
1,58
1,78
|
|
|
|
Biznes-rejada quyidagi savollarga aniq va ravshan javob berish talab etiladi:
Fermerga qancha ishchi kerak?
Fermer kancha ishchiga ega va kelajakda qancha talab etiladi?
Talab etiladigan xodimlarni qayerdan jalb qilinadi?
Ularga qanday qilib va qancha ish haqi to‘lanadi?
Ushbu harajatlar fermerga qancha kaytim beradi?
Mexnat resurslaridan to‘g‘ri foydalanish faqat fermer xo‘jaligi uchungina emas, balki ishchi-dexqonlar uchun xam katta iqtisodiy samara berar ekan.Mexnat resurslaridan foydalanishni taxlil qilishdan asosiy maqsad, xo‘jalikdagi mavjud ishchi kuchlaridan samarali foydalanish, ularni tarmoqlar o‘rtasida to‘g‘ri joylashtirish asosida qishloq xo‘jalik maxsulotlarini yetishtirishni yanada ko‘paytirish, mexnat unumdorligini oshirish, maxsulot tannarxini arzonlashtirish, uning rentabelligini ko‘tarishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |