Agrokonsalting


–savol Mehnat resurslarini hisobga olish va rejalashtirishbo‘yicha



Download 2,27 Mb.
bet73/214
Sana23.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#697573
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   214
Bog'liq
Agrokonsalting

2–savol


Mehnat resurslarini hisobga olish va rejalashtirishbo‘yicha
maslahatlar
Axbarot maslahat xizmatlariga qishloq xo‘jalik korxonalari mexnat resurslaridan samarali foydalanish, kelgusi faoliyatlarida mehnat resurslarini hisobga olish va rejalashtirish masalalari bo‘yicha murojat qiladilar. Buning uchun eng avvalo, mexnat resurslariga tegishli iqtisodiy ko‘rsatkichlarni bilishlari, bajariladigan ishlar bo‘yicha mexnat me’yorlarini bilishlari zarur. Qishloq xo‘jaligidagi mehnat ongli, maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lsa, uning unumdorligi yuqori bo‘ladi. Bu esa tarmoqning rivojlanishini ta’minlaydi.
Mehnat unumdorligi- xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichidir. U ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ko‘rsatilgan xizmatlar miqdorining mehnat harajatlariga nisbati, ya’ni mehnat harajatlari birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot bilan belgilanadi. Jamiyatning rivojlanishi va uning barcha a’zolari farovonligi darajasi mehnat unumdorligi darajasi va uning o‘sishiga bog‘likdir. Bundan tashqari, mehnat unumdorligi darajasi ishlab chiqarish usulini hamda ijtimoiy-siyosiy tizimning rivojlanishini belgilab beradi.
Mehnat samaradorligi tushunchasi esa, unumdorlik tushunchasidan kengrok bo‘lib, iqtisodiy jihatlar (aslida mehnat unumdorligi)dan tashqari yana psixofiziologik va ijtimoiy jihatlarni ham o‘z ichiga oladi. Mehnatning psixofiziologik samaradorligi mehnat jarayonining inson organizmiga ta’sir ko‘rsatishi bilan belgilanadi. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda samarali mehnat deb faqat muayyan unumdorlikka erishish bilan bir qatorda zararsiz, kulay sanitariya-gigiyena shart-sharoitlari va xavfsizlikni; mehnatning yetarli darajada mazmundor bo‘lishi va uning taqsimoti chegaralariga rioya qilinishi mehnat jarayonida insonning jismoniy, aqliy kuch va qobiliyatlari har tomonlama rivojlanishi imkoniyatlarini; ishlab chiqarish sharoitining xodimga salbiy ta’sir ko‘rsatishining oldini olishni ta’minlaydigan mehnat e’tirof qilinadi.
Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi mehnat samaradorligi va natijadorligining barcha jihatlarini o‘zida aks ettirmaydi, masalan, u mehnat sifatini hisobga olmaydi, bundan tashqari, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish zarurligini ifodalamaydi. “Mehnat samaradorligi” tushunchasi “Mehnat unumdorligi” tushunchasiga nisbatdan o‘z ahamiyatiga ko‘ra ancha yaqin, lekin mazmunan yanada kengroq bo‘lgan tushunchadir. Avvalo mehnat samaradorligi eng kam mehnat harajatlari bilan yuqori mehnat natijalariga erishish darajasini ifodalaydi. Mehnat samaradorligi aholi mehnat unumdorligidan farqli o‘laroq, faqat mehnatning miqdor ko‘rsatkichlarini emas, balki shu bilan birga mehnatning sifat natijalarini ham o‘zida ifodalaydi. Mehnat samaradorligi ko‘rsatkichining yana bir muhim xususiyatlaridan biri unda mehnat resurslarini tejalishiga erishiladi.
Mehnat harajatlari qanchalik kam bo‘lsa, mehnat samaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Tadbirkor korxona egasi uchun vaqt birligi ichida qanday ishlab chiqarish darajasiga erishilgani ham muhimdir. Mehnat harajatlari xodimlar soni va mehnatga to‘langan haq harajatlari bilan o‘lchanadi. Unisi ham, bunisi ham ish vaqti bilan o‘lchanishi mumkin. Shuning uchun ham mehnat samaradorligini tahlil qilishda vaqt birligi ichida sarflangan mehnat harajatlar bilan birga uning tuzilishi hisobga olinadi.
Shunday qilib, mehnat samaradorligi mehnat resurslaridan foydalanish darajasini faqat sarflangan vaqt va ish sifatini hisobga olgan holda emas, balki bir xodim hisobiga sarflangan mehnat harajatlarini ham aks ettiradi. Mehnat samaradorligi ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik balansini mehnat munosabatlari orqali aks ettiradi, bunda ish kuchini tejab-tergab sarflash prinsipi asos qilib olinadi.
Mehnat samaradorligi ko‘rsatkichini korhona (ishlab chiqarish) samaradorligi ko‘rsatkichidan farqlash kerak. Korxonaning samaradorligini aniqlashda barcha harajatlar: moddiy, mehnat va moliyaviy harajatlar hisobga olinadi. Shuning uchun ham mehnat samaradorligini korxona samaradoligining asosiy ko‘rsatkichi sifatida qarash mumkin.
Mutaxassislar mehnat samaradorligini e’tirof etsalar-da, lekin hali bu ko‘rsatkichni hisoblab chiqish uslubi to‘g‘risida bir fikrga kelgan emaslar. Mehnat samaradorligining asosiy, umumlashtiruvchi ko‘rsatkichi bilan bir qatorda ayrim ko‘rsatkichlarini ham hisoblab chiqish mumkin, degan fikrlar bor. Masalan, mehnat samaradorligining asosiy, umumlashtiruvchi ko‘rsatkichini hisoblash uchun quyidagi formula taklif etiladi:
,
bu yerda: S – mehnat samaradorligining asosiy ko‘rsatkichi; X – vaqt birligidagi ish hajmi; – xodimlar soni;K – mehnat sifati ko‘rsatkichi.
Mehnat samaradorligining ko‘shimcha xususiy ko‘rsatkichlari quyidagilar bo‘lishi mumkin: 1) mehnat unumdorligi va uning o‘zgarishi; 2) jadal ko‘rsatkich bo‘lgan mehnat unumdorligining o‘zgarishi hisobiga mahsulot ishlab chiqarishning o‘zgarishi; 3) ish sifati; 4) xodimning malakasi; 5) olingan foyda tarkibidagi jonli mehnat harajatlari; 6) jonli mehnatni tejash; 7) ish haqiga ajratilgan vaqtni tejash; 8) ish vaqtidan oqilona foydalanish.
Mehnat unumdorligini hisoblashda quyidagilarni ta’minlash imkonini beradigan uslub asos hisoblanishi mumkin:

    • korxona ishining ijtimoiy qadriyatlar bilan bog‘liqligi;

    • xodimga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatish;

    • mehnat unumdorligining umumiy va ayrim ko‘rsatkichlari bir o‘lchov bilan o‘lchanishi mumkinligi;

    • mehnat miqdori bilan sifati o‘rtasidagi bog‘liqlik.

Har qanday mahsulot buyum, xizmatda jonli va buyumlashgan mehnat jamlangan bo‘ladi. Bunday mehnat tufayli moddiy boyliklar yaratiladi.
Jonli mehnat – bu inson kuch-quvvatining sarflanishidir; jonli mehnat jismoniy va aqliy mehnat bo‘lishi mumkin. Jismoniy mehnat deganda kaloriya bilan o‘lchanadigan muskullar quvvatining sarflanishi tushuniladi. Aqliy mehnatga aqliy faoliyat quvvati sarflanadi. Jonli mehnat sarflari esa fiziologik chegaralarga ega ekanligi bilan ajralib turadi.
Moddiylashgan mehnat, u mehnat buyumlari va vositalarida – mashina – mexanizmlar: asbob-uskunalar, avtomatika gavdalangan, jonli mehnat, yoki o‘tmishdagi mehnat ekanligi bilan ajralib turadi.
Jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari rivojlanib borgan sari, jonli mehnat moddiylashgan mehnatning tobora ko‘proq qismini qamrab oladi. Natijada jami mehnatda moddiylashgan mehnatning ulushi ko‘payib borgan sari jonli mehnatning ulushi kamayib boradi. Bu mehnat unumdorligi oshganligining asosiy belgisidir. Fan-texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarishning takomillashuvi mehnat unumdorligi oshishining asosiy shartlaridir. Yangi texnologik jarayonlar, materiallar va avtomatlashtirish vositalarining joriy etilishi mehnatni mexanizatsiyalash darajasining ortishiga olib keladi. Bu ko‘rsatkichni kuyidagi formula bilan ifodalash mumkin:

bu yerda: Md - mehnatning mexanizatsiyalash darajasi, %;Sm - mexanizatsiyalashgan mehnat bilan band xodimlar soni;Su - ro‘yxat bo‘yicha xodimlarning umumiy o‘rtacha soni.
O‘z ishini mashinalar va mexanizmlar yordamida bajaradiganlar mexanizatsiyalashgan mehnat xodimlari jumlasiga kiritiladi.
Mehnatni mexanizatsiyalash (avtomatlashtirish) darajasining ortishi va moddiylashgan mehnat ulushining oshganligini jonli mehnat sarfini ko‘paytirmasdan turib mehnat unumdorligini oshirish imkoniyatlarini yaratadi.
Mehnat unumdorligining asosi bo‘lgan mehnatning unumdorlik kuchi mehnat unumdorligining aynan o‘zi emas: haqiqiy mehnat unumdorligi, quyidagi ikki muhim omilga – jonli mehnatning eng muhim ko‘rsatkichi bo‘lgan mehnat intensivligiga (jadalligiga) va ish vaqtining nominal fondidan qay darajada foydalanishga bog‘liq bo‘ladi.
Mehnat intensivligi – bu jonli mehnatning jiddiyligi yoki murakkabligi darajasi bo‘lib, u ish vaqti birligida inson asab va muskul quvvatining sarflanishi bilan o‘lchanadi. Bunda inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan intensivlik ijtimoiy normal intensivlik hisoblanadi, sarflangan quvvat avqatlanish, dam olish va hissiy yengillanish hisobiga to‘liq tiklanadi.
Xisoblarga ko‘ra, mehnatning normal intensivligi darajasi tekis yuzada soatiga 4,8 km tezlik bilan ketayotgan kuch-quvvat sarflanishiga tengdir. Nisbatan normal muayyan mehnat intensivligini oshirish mehnatga haq to‘lashda tegishli darajada hisobga olishni talab qiladi.
Mehnat unumdorligi, mehnat intensivligi bilan bir qatorda ish vaqti fondidan foydalanish darajasiga ham bog‘liqdir.
Belgilangan ish vaqti fondidan foydalanish koeffitsiyenti .
U bir ishchi yoki xizmatchining ishlab chiqarishda haqiqatda ishlagan vaqtini (kishi-kuni, kishi-soatini) qonunda belgilangan miqdorda ishlashi lozim bo‘lgan vaqtga taqsimlash natijasida aniqlanadi.
IVfk
Bunda: IVfk – ish vaqti fondidan foydalanish koeffitsiyenti;MrIv – mehnat resurslari hisoblangan bir kishining bir yilda ishlagan vaqti, kishi-kuni, kishi-soati;MrIn – bir kishi uchun qonunda belgilangan, ishlashi lozim bo‘lgan vaqt, kishi-kuni, kishi-soat.
Bu koeffitsiyentning miqdori birdan oshmasligi kerak. Agar u qanchalik kam bo‘lsa, bu mehnat resursi foydali mehnat jarayonida kam qatnashganligidan dalolat beradi.
Mehnatning mavsumiylik koeffitsiyenti.
Uning miqdorini bir yil, bir oy mobaynida eng ko‘p ish kunini shu davrdagi eng kam ish kuni miqdoriga taqsimlash natijasida hisoblash mumkin. Bunda quyidagi formuladan foydalanish maqsadga muvofiqdir:
Mm .
Bunda: Mm –mehnatning mavsumiylik koeffitsiyenti;IoEIk – bir yildagi yoki oydagi eng ko‘p ish kuni;IoKIv – bir yilda yoki oydagi eng kam ish kuni.
Uning miqdori ham 1-1,2 atrofida bo‘lgani maqsadga muvofiqdir. Kam mehnat sarflanadigan oylarda ishlab chiqarishning boshqa sohalarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Bu masalani har bir korxona o‘zi ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda hal etishi mumkin.
Mehnat resurslari qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda ishlab chiqarish resurslarining eng faol omili sifatida katta ahamiyatga ega. Ular ishlab chiqarish jarayonida ongli ravishda qatnashib, ko‘proq, sifatliroq mahsulotlarni talabni qondiradigan miqdorda yetishtirishga, ish va xizmatlarni bajarishga harakat qiladi. Shunday ekan, ulardan yil davomida to‘liq, samarali foydalanishga erishish lozim. Buning uchun mehnat resurslaridan foydalanilayotganlik darajasini aniqlash kerak. Uni aniqlash uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
Mavjud bo‘lgan mehnat resurslaridan foydalanish koeffitsiyenti. Uni aniqlash uchun ishlab chiqarish jarayonida haqiqatda qatnashgan mehnat resurslari miqdorini (kishi) xo‘jalikda shartnoma (buyruq) bo‘yicha mavjud bo‘lgan mehnat resurslari miqdoriga taqsimlanadi. U quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
MK .
Bunda: Mk – mehnat resurslaridan foydalanish koeffitsiyenti; haqikatda ishlagan jami mehnat resurslari, kishi; mavjud bo‘lgan jami mehnat resurslari, kishi.
Bu ko‘rsatkichning darajasi birga yaqin bo‘lgani yaxshi. Shunda u mavjud mehnat resurslaridan foydalanish yuqori bo‘lganligidan dalolat beradi.
Mehnat resurslarining xo‘jalik faoliyatida qatnashishi (1 oyda, 1 yilda). Uning miqdorini xo‘jalik faoliyatida jami sarflangan vaqtni sarflangan mehnat resurslarining umumiy miqdoriga taqsimlash natijasida aniqlash, bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin.:
MrXqk .
Bunda: MrXqk – mehnat resurslarining ma’lum bir muddatda o‘rtacha ishlagan ish vaqti, kishi-kuni, kishi-soati; mehnat resurslarining jami sarflagan vaqti, kishi-kuni, kishi-soat.
Bu ko‘rsatkichning mutlaq (absolyut) miqdori aniqlanayotgan davrdagi (oyda, yilda) bir kishining ish vaqti fondidan yuqori bo‘lmaydi. Mehnat resurslarining har bir guruhi uchun amaldagi qonunlarda yillik yoki oylik ish vaqti fondi belgilanadi. Uning miqdorini bir yildagi kalendar kunlar miqdoridan barcha turdagi bayram (agar u qonun bo‘yicha dam olish kuni hisoblansa), dam olish hamda ta’til (otpuska) kunlarini ayirish orqali aniqlanadi. Respublikada yillik ish vaqti fondi 276-286 kun miqdorida belgilangan. Bu iqtisodiy faol mehnat resurslarining yillik ish vaqti fondi hisoblanadi. O‘smirlar uchun bu fond ularni ijtimoiy jihatdan himoya qilgan holda belgilangan. Xuddi shunday imtiyozlar inson salomatligi uchun zarur ishlarni bajaruvchilar uchun ham o‘rnatilgan.

Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish