Agrokonsalting


–savol Agrokonsalting faoliyatini tashkil etishning ilg‘or



Download 2,27 Mb.
bet26/214
Sana23.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#697573
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   214
Bog'liq
Agrokonsalting

5–savol
Agrokonsalting faoliyatini tashkil etishning ilg‘or
texnologiyalari va usullari.
Konsalting, axborot-maslahat xizmati ko‘rsatish yo‘llari: o‘qitish, malaka oshirish, qayta o‘qitish;

  • tadqiqotlar olib borish;

  • maslahatlar berish;

  • bilimlarni tarqatish;

  • joriy etishga sharoit yaratish va ko‘maklashish.

Ma’lumotni yetkazish, uzatish, targ‘ibot va tashviqot qilishusullari:

  • axborot yetkazish va maslahat berish kunlari: ertalab, masalan, har haftaning seshanba kuni ertalab soat 7:00 da markaz ofisida yoki ikki haftada bir marta, tanlangan fermer xo‘jaligi xududidagi dala shiyponida yoki "Namunali dala uchastkasi"da;

tanlovlar, ko‘riklar va namoyishlar tashkil etish. Ushbu yo‘nalishdagi tadbirlarni tuman Fermerlar Kengashi va qishloq fuqarolari yig‘ini bilan hamklrlikda o‘tkazish maqsadga muvofiq.

  • ma’lumot va xizmatlardan foydalanish, innovatsion g‘oya va ilg‘or tajribani joriy etishni aks ettiruvchi seminar-treninglar, interaktiv o‘quvlar, onlay-internet aloqasini tashkil etish;

  • radio va televediniye orqali eshittirish va ko‘rsatuvlar tashkil etish, gazeta, jurnal, axborotnoma va byulletenlarda materiallar chop etish;

  • "Fermerlar dala maktabi"ni ("Namunali dala uchastkasi"ni) tashkil etish;

  • internet veb-saytlarida xabarlar joylashtirish, elektron pochta va uyali telefonlarga davriy va tezkor hamda tavsiyaviy xarakterdagi ma’lumotlar yuborish;

  • iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va erkinlashtirish mavzulari hamda xo‘jalik faoliyatini tashkil etish, boshqarish, hisob-kitobini yuritish, ta’minot, resurs va kerdit olish muammolari bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha davra suhbatlari, "onlayn-internet" muloqotlari tashkil etish;

  • xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq dolzarb masalalar va ular yechimi bo‘yicha o‘kuv-uslubiy va amaliy qo‘llanmalar tayyorlash, ularni disklarda tarqatish;

  • fermer xo‘jaligida yerga ishlov berish, yer va suvdan resurstejamkor innovatsion usul va zamonaviy agrotexnologiya- lardan foydalanish bo‘yicha davra suhbatlari, o‘quvlar tashkil etish va boshqalar.

Fermer va dehqon xo‘jaligi rahbarlari hamda qishloq tadbir- korlarining axborot-konsalting va axborot-maslahatlarga bo‘lgan talabidan kelib chiqqan holda har bir yo‘nalish bo‘yicha ma’lu­motlarni quyidagi toifalar bo‘yicha takdim etish maqsadga muvofiq:

  • ko‘rsatma beruvchi ma’lumot va axborotlar;

  • to‘ldiruvchi ma’lumot va axborotlar;

  • bilim va ko‘nikmani oshiruvchi ma’lumot va axborotlar;

  • ko‘mak beruvchi ma’lumot va axborotlar;

  • axborot almashinuvi maqsadidagi ma’lumot va axborotlar.

Taxlillar markazlarda axborot-konsalting va axborot-maslahat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida foydalanilayotgan ma’lumotlarga bo‘lgan talab tuzilishiga quyidagi omil va holatlar ta’sir etishini ko‘rsatmoqdaki, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish va axborot- ma’lumotlarni yetkazish yoki uzatishda ushbu omillar va holatlarga alohida e’tibor qaratish tavsiya qilinadi:

  • fermer va qishloq tadbirkorlarining axborot-konsalting va axborot-maslahat xizmatlariga hamda axborot-ma’lumotlarga bo‘lgan talabi ularning moddiy imkoniyati darajasiga mos kelishi (bu masalaga sub’yektiv va ob’yektiv xarakterdagi omillar ta’sirining yuqori-ligi);

  • axborot-konsalting va axborot-maslahat xizmatlari hamda umuman, ma’lumotlarga talabi bo‘lgan fermer va qishloq tadbir­korlarining ma’lumoti va bilim darajasi;

  • axborot-konsalting va axborot-maslahat xizmatlari hamda axborot-ma’lumotlarga talabi bo‘lgan fermer va qishloq tadbir­korlarining faoliyat turi va ishlab chiqarish yo‘nalishi;

  • axborot-konsalting va axborot-maslahat xizmatlari hamda axborot-ma’lumotlarga talabi bo‘lgan fermer va qishloq tadbir­korlarining daromadi hamda markazlar taklif etayotgan xizmatlar bahosi;

  • axborot-konsalting va axborot-maslahat xizmatlariga hamda axborot-ma’lumotlarga talabi bo‘lgan fermer va qishloq tad- birkorlarida kompyuter vositasining mavjudligi, ularning internet tarmogiga ulanganligi va undan foydalanish darajasi;

  • takdim etilayotgan axborot va ma’lumotlarning yangiligi, zamonaviyligi va miqdori hamda hajmi;

  • axborot va ma’lumotlarni yetkazish usuli va vositasi;

  • axborot va ma’lumotlarni yangilash davriyligi va mud-

dati;

  • axborot va ma’lumot xizmatlari ko‘rsatish tur va xillari va boshqalar.

    1. Qishloq hududlarida fermer va qishloq tadbirkorlarining axborot-konsalting xizmatlariga bo‘lgan talabini quyidagi usullar yordamida aniqlash maqsadga muvofiq:

1-usul. Axborot-konsalting markazlari xizmatlariga bo‘lgan talab fermer va dexqon xo‘jaliklari, shuningdek, boshqa tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida maxsus so‘rov (anketa), uchrashuv, ko‘rgazma, namoyish, tanlov va ko‘riklar o‘tkazib, xizmatlar turi, yo‘nalishi va ko‘lamini o‘rganish orqali aniqlash.
2-usul. Axborot-konsalting markazi xodimlari tomonidan kelgusi yil uchun hududda faoliyat yuritayotgan fermer va qishloq tadbirkorlaridan buyurtmamalar yig‘ish usuli orqali aniqlash.
3-usul. Hisobot yilida xududda haqiqatda ko‘rsatilgan xizmatlar har bir turining hajmidan kelib chiqqan holda yoki har bir xizmat turi bo‘yicha o‘tgan yil rejasining bajarilishini o‘rganish asosida talabni aniqlash.
Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi mavjud axborot-konsalting markazlari aksariyat hollarda uchta katta yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatmoqsa:
1-yo‘nalish. Turli xil yo‘nalishlarda fermer va dehqon xo‘ja- liklari va boshqa agrar tadbirkorlik sub’yektlariga maslahatlar berish bilan shug‘ullanayotgan markazlar. Jumladan, agronomiya va tuproq unumdorligi, o‘simliklarni himoya qilish, ilgor agrotex- nologiyalar, naslchilik ishlari, irrigatsiya va melioratsiya bo‘yicha va boshqalar.
2-yo‘nalish. Moliyaviy, buxgalteriya va huquqiy hujjatlarni tayyorlab berish hamda ular talabnomalari asosida xizmat ko‘rsatish va mahsulot topshirish shartnomalari bo‘yicha to‘lovlar va tushumlarni undirishga amaliy yordam ko‘rsatish yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan markazlar. Masalan, biznes-rejalar tayyorlab berish, bankdan kredit olish uchun hujjatlar tayyorlab berish, investitsiya uchun texnik-iqtisodiy asosnoma tayyorlash, buxgalteriya xizmatlarini bajarish va boshqalar.
3-yo‘nalish. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini va boshqa iste’molchilarni turli xildagi ma’lumotlar va axborotlar bilan ta’minlash yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatayotgan markazlar. Jumladan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlari, moddiy- texnika resurslari narxlari, yangi texnika vositalari va ilgor texnologiya va biostimulyatorlar, iqlim o‘zgarishi, ob-havo va boshqalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

    1. Axborot-konsalting markazlari faoliyatining barqaror bo‘lishiga quyidagi omillar ta’sir etmoqda:

- ichki omillar: ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish xususiyati bilan bog‘liq omillar;

  • tashqi omillar: to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etuvchi omillar, ya’ni axborot-maslahat olish-yetkazish usuli, shakli, bu borada joriy etilgan tartib-qoida, ular davriyligi va muddatlari;

  • ob’yektiv va sub’yektiv omillar: moliyaviy, pul, kredit, soliq tizimi qonunchilik bazasi, ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish)dagi o‘zgarishlar, axborot-maslahat xizmati ko‘rsatishda mehnat va xizmatlarga haq to‘lash tizimi hamda uni tashkil qilish shakllari; kadrlar malakasi, bilimi, ma’lumot va texnik ta’minot bazasi, aylanma kapitalining mavjudligi va boshqalar.

6. Axborot-konsalting markazlarining faoliyat funksiyasi va xizmatlar yo‘nalishi quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • o‘qitish, qayta o‘qitish, kasbiy mahorat va malakasini oshirish;

  • ilmiy-amaliy, ilmiy-uslubiy xizmatlar ko‘rsatish;

  • axborot ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish;

  • maslahat xizmatlari ko‘rsatish;

  • innovatsiya va ilg‘or tajriba, ish uslubi, texnologiya va ishlab chiqarish(xizmat ko‘rsatish) borasida maslahatlar berish, uni amalga oshirish-o‘zlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratishga yordam berish, xizmat ko‘rsatish;

  • reklama va targ‘ibot ishlarini (vakolati va qonun doirasida) olib borish borasida xizmat ko‘rsatish;

  • ko‘rgazmalar, ko‘riklar, namoyishlar va tanlovlar tashkil etish;

  • on-layn video anjumanlari, mavsumiy-davriy va maxsus ruknlar hamda mavzular bo‘yicha anjumanlarini tashkil etish;

  • xorijiy investorlarni axborot bilan ta’minlash, ularga istiqbolli loyihalar va investitsiya faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslari haqidagi ma’lumotlarni takdim qilish;

  • xorijiy investorlar va mahalliy tadbirkorlar o‘rtasida uchrashuv va muzokaralarni tashkil etish va boshqalar.

7. Istiqbolda axborot-konsalting markazida xizmat turlarini kengaytirish va xizmatlardan foydalanuvchilar sonini ko‘paytirish asosida markaz daromadini oshirish maqsadida tashkiliy jihatdan quyidagilar tavsiya etiladi:

  • manfaatdor tashkilot va idoralar bilan viloyat, mintaqa va mezo darajada "Innovatsion xizmatlar ko‘rgazmasi"ni tashkil etish;

  • hududlarda mahalliy sharoitlarda innovatsion g‘oya, ilgor tajriba va fan yangiliklarini amaliyotda qo‘llab kelayotgan ilgor va yuqori ishlab chiqarish natijalariga erishgan fermer xo‘jaliklari bazasida davra suhbatlari va taqdimotlar tashkil etish;

  • tanlab olingan hududlarda ilg‘or tajriba va innovatsion ishlanmalarni joriy etgan fermer xo‘jaligi dalasida "Fermerlar dala maktabi"ni tashkil etish;

  • tanlab olingan hududlarda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan fermer va dexdon xo‘jaliklari, xususiy korxona chorvachilik fermasi bazasida "Chorvador maktabi"ni tashkil etish;

  • ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik shartnomasi asosida davlat grantlariga loyihalar tayyorlash, loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish va boshqalar.


Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish