Nazorat uchun savollar?
1. Boshqaruvda intellektual tadbirkorlik tushunchasi.
2.Taklif etilayotgan xizmatlar ko‘lami va ixtisoslashuvi.
3. Konsultativ tashkilotlarining asosiy turlariqaysilar?
4.Qishloq xo‘jaligi faoliyatini tashkil etishda agrokonsalting xizmatining roli va ahamiyati.
5.Agrokonsalting faoliyatini tashkil etishning ilg‘or texnologiyalari va usullari
5-M A V Z U: Konsalting xizmati turlari va shakllari,
sub’yektlari va ob’yektlari
REJA
1. Konsalting xizmati turlari va shakllari.
2. Konsalting sub’yektlari va ob’yektlari. Konsultatsiya jarayonlari.
3. Individual, jamoaviy aloqalar va ikkilamchi manbalardan axborotlar to‘plash.
Tayanch iboralar:loyiha,ekspert konsalting, innovatsion g‘oya, bozor, buyurtma, grantlar, korporatsiya, xolding, ikkilamchi manba.
1–savol
Konsalting xizmati turlari va shakllari.
Xalqaro amaliyotda konsalting xizmati to‘g‘risida so‘z borganda uning uch turini alohida ajratib ko‘rsatish qabul qilingan:
jarayon yoki loyiha yo‘nalishi bo‘yicha;
ekspert yo‘nalishi bo‘yicha;
ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha.
1. Jarayon yoki loyiha konsalting xizmatining mohiyati shundan iboratki, bunda maslahatchi buyurtma bergan korxona mutaxassislariva rahbariyati bilan birga ishlaydi. Maslahatchi xulosa va maslahat-tavsiyalari asosini korxona rahbar-xodimlarining korxona faoliyati maqsad-vazifalarini o‘zida mujassam etgan g‘oya va qarashlari tashkil etadi.
2. Ekspert konsalting xizmati buyurtma bergan korxona faoliyati to‘liq diagnostika qilingandan so‘ng tayyorlangan xulosa, qaror va tavsiyalarni joriy etishga yo‘naltirilgan xizmat turi xisoblanadi. Ushbu konsalting xizmati turining e’tiborli jihati shundan iboratki, unda buyurtma bergan korxona faoliyati maslahatchini korxona holatini baholashi uchun zaruriy ma’lumotlar bilan ta’minlash bilan cheklanadi.
3. Ta’lim bo‘yicha konsalting xizmati. Bunda buyurtma bergan korxonaga nazariy yoki amaliy ma’lumot(ko‘nikma)lar seminar, trening, davra suhbati, ma’ruza, uslubiy qo‘llanma shaklida takdim etiladi.
Umuman olganda konsalting xizmati nafaqat maslahat, tavsiya va taklif, hamkorlikda qaror tayyorlash shakllaridangina emas, balki ma’lum bir aniq texnik yoki tashkiliy vazifani amalga oshirish yo‘li bilan ham ko‘rsatilishi mumkin.
Konsalting xizmatlari bilan maxsus konsalting korxonalari va kompaniyalari shug‘ullanadi. Odatda bunday korxonalar Axborot- konsalting markazi deb nomlanadi va ular axborot-konsalting xizmatlarini ko‘rsatadi. Bunday markazlar faoliyat yo‘nalishi va xizmatlar ko‘lami ularning Ustavida belgilangan bo‘ladi.
Maxsus va ommabop adabiyotlarda axborot-konsalting va axborot-maslahat xizmatlari borasidagi qarashlarni umumlashtiradigan bo‘lsak, ushbu xizmat turi g‘oyalar, axborotlar, bilimlar, nazariy va amaliy taklif va tavsiyalar, ko‘nikmalar uzatilishini tashkil etish, ularni ishlab chiqarishda o‘zlashtirishga amaliy yordam berishni nazarda tutadi.
Hukumatimiz tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida qishloq xo‘jaligi sohasida fermer va qishloq tadbirkorlariga axborot-konsalting xizmati ko‘rsatishning turli shakl va tizimlari vujudga keldi.
Bugungi kunda bunday tuzilmalar mamlakatimizning turli hudud, shahar va tumanlarida vazirlik, qo‘mita, xolding, korporatsiya, aksionerlik jamiyati, kengash, uyushma hamda turli nufuzli xalqaro tashkilotlar va muassasalar, ta’lim muassasalari va ilmiy-taqiqot institutlari qoshida, davlat byudjeta, hissadorlar ulushi, loyiha va grantlar asosida, shuningdek, xorijiy sarmoyadorlar moliyaviy ko‘magida davlat unitar korxonasi, xususiy korxona va mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etilgan.
Dastlabki axborot-konsalting markazlari aksariyat hollarda axborot-maslahat xizmatlari ko‘rsatishga yo‘naltirilgan bo‘lib, keyinchalik bu sohani rivojlantirish va davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash tizimi va mexanizmlari shakllantirilib borilishi bilan xizmat ko‘rsatish yo‘nalishi va ko‘lami kengayib bordi.
Ma’lumotni yetkazish, uzatish, targ‘ibot va tashviqot qilish usullari:
axborot yetkazish va maslahat berish kunlari: ertalab, masalan, har haftaning seshanba kuni ertalab soat 7:00 da markaz ofisida yoki ikki haftada bir marta, tanlangan fermer xo‘jaligi xududidagi dala shiyponida;
tanlovlar, ko‘riklar va namoyishlar tashkil etish. Ushbu yo‘nalishdagi tadbirlarni tuman Fermerlar Kengashi va qishloq fuqarolari yig‘ini bilan hamklrlikda o‘tkazish maqsadga muvofiq;
ma’lumot va xizmatlardan foydalanish, innovatsion g‘oya va ilg‘or tajribani joriy etishni aks ettiruvchi seminar-treninglar, interaktiv o‘quvlar, onlay-internet aloqasini tashkil etish;
radio va televediniye orqali eshittirish va ko‘rsatuvlar tashkiletish, gazeta, jurnal, axborotnoma va byulletenlarda materiallar chop etish;
"Fermerlar dala maktabi"ni ("Namunali dala uchastkasi"ni) tashkiletish;
internet veb-saytlaridaxabarlarjoylashtirish, elektron pochta vauyalitelefonlargadavriyvatezkor hamda tavsiyaviyxarakterdagima’lumotlaryuborish;
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish vaerkinlashtirishmavzulari hamda xo‘jalik faoliyatinitashkiletish, boshqarish, hisob-kitobini yuritish, ta’minot, resurs vakreditolishmuammolaribilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha davra suhbatlari, "onlayn-internet" muloqotlari tashkiletish;
xo‘jalik faoliyatibilan bog‘liq dolzarbmasalalarva ular yechimi bo‘yicha o‘kuv-uslubiy vaamaliy qo‘llanmalar tayyorlash, ularnidisklarda tarqatish;
fermer xo‘jaligida yergaishlovberish, yer vasuvdanresurstejamkorinnovatsionusulvazamonaviyagrotexnologiyalardanfoydalanish bo‘yicha davra suhbatlari, o‘quvlar tashkiletishva boshqalar.
Fermer va dehqon xo‘jaligi rahbarlari hamda qishloq tadbirkorlarining axborot-konsalting va axborot-maslahatlarga bo‘lgan talabidan kelib chiqqan holda har bir yo‘nalish bo‘yicha ma’lumotlarni quyidagi toifalar bo‘yicha takdim etish maqsadga muvofiq:
ko‘rsatma beruvchi ma’lumotva axborotlar;
to‘ldiruvchi ma’lumotvaaxborotlar;
bilim va ko‘nikmani oshiruvchi ma’lumotvaaxborotlar;
ko‘mak beruvchima’lumotvaaxborotlar;
axborotalmashinuvi maqsadidagi ma’lumotvaaxborotlar.
Markazlardaaxborot-konsalting va axborot-maslahat xizmatlari ko‘rsatish jarayonidafoydalanilayotganma’lumotlarga bo‘lgan talabtuzilishiga quyidagi omilva holatlar ta’siretishini ko‘rsatmoqdaki, iste’molchilargaxizmat ko‘rsatish vaaxborot-ma’lumotlarniyetkazishyokiuzatishdaushbuomillarva holatlarga alohida e’tibor qaratish tavsiya qilinadi:
fermer va qishloq tadbirkorlariningaxborot-konsalting va axborot-maslahat xizmatlariga hamda axborot-ma’lumotlarga bo‘lgan talabiularningmoddiyimkoniyatidarajasiga mos kelishi (bumasalagasub’yektivva ob’yektiv xarakterdagiomillarta’sirining yuqoriligi);
axborot-konsalting va axborot-maslahat xizmatlari hamda umuman, ma’lumotlargatalabi bo‘lgan fermer va qishloq tadbirkorlariningma’lumotivabilimdarajasi;
axborot-konsalting vaaxborot-maslahat xizmatlari hamda axborot-ma’lumotlargatalabi bo‘lgan fermer va qishloq tadbirkorlariningfaoliyat turi vaishlab chiqarish yo‘nalishi;
axborot-konsalting va axborot-maslahat xizmatlari hamda axborot-ma’lumotlargatalabi bo‘lgan fermer va qishloq tadbirkorlariningdaromadi hamda markazlartaklifetayotganxizmatlarbahosi;
axborot-konsalting va axborot-maslahat xizmatlariga hamda axborot-ma’lumotlargatalabi bo‘lgan fermer va qishloq tadbirkorlaridakompyuter vositasiningmavjudligi, ularning internet tarmog‘igaulanganligivaundanfoydalanishdarajasi;
takdimetilayotganaxborotvama’lumotlarningyangiligi, zamonaviyligiva miqdori hamda hajmi;
axborotvama’lumotlarniyetkazishusulivavositasi;
axborotvama’lumotlarniyangilashdavriyligiva muddati;
axborotvama’lumotxizmatlari ko‘rsatish tur vaxillariva boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |