4-MAVZU. AXBOROT-MASLAHAT MARKAZI TAShKILIY BOShQARUV TUZILMASINING TAShKILIY - HUQUQIY ASOSLARI
Darsning maqsadi: Talabalar qishloq xo‘jaligida axborot-maslahat markazlarining huquqiy asoslari va tashkiliy tuzulmasi, axborot-maslahat markazlari ta’sischilari, axborot-maslahat markazlarini barqarorlashtirish yo‘llari haqida bilimlarga ega bo‘ladilar.
Amaliy mashg‘ulot rejasi:
Qishloq xo‘jaligida axborot-maslahat markazlarining huquqiy asoslari va tashkiliy tuzulmasi.
Axborot-maslahat markazlarini barqarorlashtirish yo‘llari.
Korxona faoliyatini oqilona tashkil etish va samarali boshqarishda rahbarning shaxsiy fazilatlari.
Boshqaruv ta’moyillari.
Axborot-maslahat markazlari ta’sischilari.
Darsning shakli:Guruhlar taqdimoti(prezentatsiyasi):
Darsga oid jihozlar: -Markerlar, flamaster, kerakli adabiyotlar, tarqatma materiallar.
Izoh: Marker va plakat bo‘lmagan taqdirda sinf taxtasi,bo‘rdan foydalanish mumkin.
Darsning tuzilishi: -Tashkiliy daqiqa,
-Yangi mavzu bo‘yicha guruhda ishlash,
-Guruh taqdimoti,
-Guruh ishining yakuni,
-Darsga yakun yasash va uy ishi.
Konsalting “Markazi” faoliyatining asosiy maqsadi – markaz ta’sischilari va hududdagi boshqa qishloq ho‘jaligi korxonalariga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va xizmatlar ko‘rsatish sohalarida turli xizmatlar ko‘rsatish va maslahatlar berish hisoblanadi.
Markaz Fermer xo‘jaliklari bilan tuzilgan shartnomalar asosida fermer xo‘jaliklarining ishlab chiqarish jarayonidagi moddiy-texnik resurslar sarfi, mehnat resurslaridan foydalanish holatini tahlil qilish, ishlab chiqarishni rejalashtirish (tarmoq korxonalari uchun biznes-rejalar, qisqa va uzoq muddatli rejalar ishlab chiqish), qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan debitor va kreditor qarzdorliklarni tahlil qilish, xo‘jalik yuritish sub’yektlariga agrotexnik va huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlar berishi mumkin.
Fermerlar ta’sischiligida tashkil etilganda “Markaz” mol-mulki ta’sischilar tomonidan “Markaz” faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida qo‘shgan ulushlari, mol-mulki yoki pul mablag‘lari hisobiga sotib olingan moddiy boyliklardan iborat bo‘ladi.
Markaz xususiy korxona shaklida tashkil etilganda xususiy tadbirkorning markaz faoliyati uchun kiritgna mablag‘laridan iborat bo‘ladi.
Fermerlar ta’sischiligida tashkil etilganda “Markaz”ning mol-mulki shakllanishidagi har bir ta’sischi ulushi “Markaz”ning ta’sis xujjatlarida ko‘rsatiladi va umumiy yig‘ilish tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu ulushlar o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar faqatgina umumiy yilish qarori asosida amalga oshiriladi. “Markaz” pul muomalasini yuritish hamda pul mablag‘larini saqlab turish va bu mablag‘larni erkin tasarruf etish uchun bank muassasasida xisob raqamlari ochadi.
“Markaz” mol-mulkning butunligini saqlash, uni ta’mirlash bo‘yicha qilinadigan xarajatlar ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar hisobiga qoplanadi.
Konsalting Markazi tashkiliy boshqaruv tuzilmasi.Markazning yuqori boshqaruv organi ta’sischilar umumiy yig‘ilishi hisoblanadi. Umumiy yig‘ilishlar orasidagi davrda Markazda rahbarlikni olib borish uchun Markaz boshlig‘i saylanadi. Markazi boshlig‘i iqtisodiy, moliyaviy, statistik va boshqa faoliyatlariga rahbarlik qiladi va umumiy yig‘ilish oldida hisobot beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |