3-MAVZU. AXBOROT-MASLAHAT XIZMATI VA UNING QIShLOQ XO‘JALIGI RIVOJIDAGI AHAMIYaTI
Darsning maqsadi: Talabalarga axborot-maslahat xizmati va uning qishloq xo‘jaligi rivojidagi tutgan o‘rni, axborot-maslahat xizmatining asosiy tamoyillari va vazifalari bilan tanishtirish.
Amaliy mashg‘ulot rejasi:
1.Axborot-maslahat xizmatining(AMX) o‘rni va roli.
2.AMXning asosiy tamoyillari va vazifalari.
3.AMXni ishlash usullari. AMXni boshqarish.
4. Axborot texnologiyalari konsaltingini qo‘llash ko‘lami va o‘ziga xos hususiyatlari.
5. Axborot konsalting tizimining umumiy modeli.
Darsga oid jihozlar: Markerlar, flamaster, plakatlar. kerakli adabiyotlar, tarqatma materiallar.
Darsning tuzilishi: Tashkiliy daqiqa, guruhlarda ishlash, bahs-munozara, dars yakuni.
Qishloq xo‘jaligida axborot-konsalting xizmati (AKX) ko‘rsatish tizimining asosiy maqsadifermer va dehson xo‘jaliklari rahbarlari va agrar sohadagi boshsa barcha tadbirkorlik sub’yektlariga xo‘jalik faoliyatini tashkil etish, yuritish va boshsarish hamda istiqbolini belgilashga oid tashkiliy, itstisodiy, moliyaviy, agrotexnologik va boshsa yo‘nalishlarda sarorlar sabul silishda nisbatan ob’yektiv fikr, tasavvur, sarash va goyalarni shakllantirish va otsilona hamda to‘gri sarorlar sabul silishlariga ko‘maklashish matssadida axborotlar majmuini ma’lum tartib, soida, tizim va tasnif hamda tamoyillar asosida yetkazishdan iborat.
Axborot-konsalting markazlari o‘z ustavi va belgilab olgan vakolati bo‘yicha turli yo‘nalishdagi xizmatlarni amalga oshirishi mumkin:
agrar tadbirkorlik sub’yektlariga turli yo‘nalishlarda maslahatlar berish;
agrar tadbirkorlik sub’yektlari surov va talabnomalari bo‘yicha axborotlarni uzatish(yetkazish), analitik hisobot, buxgalteriya hisob-hisobotlarini tayyorlash, turli yo‘nalishlarda taddi- qotlar o‘tkazish, ular asosida xulosa va takliflar tayyorlash;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi sohasida erishilgan yuqori natijalarni, shuningdek, innovatsion loyiha va ilg‘or ishlanmalarni OAVlarida targ‘ib etish va ommalashtirish;
davriy, mavsumiy va muntazam ravishda turli yo‘nalishlarda ko‘rik, ko‘rgazma, tanlov, yarmarkalarni tashkil etish, ilmiy- texnikaviy axborot xizmatlari ko‘rsatish;
qishloq xo‘jaligi mutaxassislari, fermer va dexdon xo‘jaliklari rahbar, xodim va mutaxassislarini tayyorlash, o‘qitish, qayta o‘ditish va malakasini oshirishga yo‘naltirilgan disqa, uzoq va o‘rta muddatli o‘duv-seminar-treninglarini tashkil etish, respublika va xaldaro midyosda anjumanlar uyushtirish;
markazda shakllantirilgan ma’lumotlar bankini (belgi- langan tartib-doidaga rioya dilgan holda) byulleten, axborotnoma, uslubiy va amaliy do‘llanmalarda chop etish, ilgor tajriba va innovatsion agrotexnologiyalar asosida mahsulot yetishtirish va xizmat ko‘rsatishga bagishlangan amaliy, o‘duv-uslubiy filmlarni tayyorlash va boshqalar.
Axbarot maslaxat xizmati mijozlarni muammolariga yechim topish va bu borada maslahat berishdan iborat. Shu sababdan axbarot maslahat xizmatida mijozga xizmat ko‘rsatuvchi maslahatchilar nafaqat o‘z bilimlari balki markazdagi mutaxasislarga murojat qilgan holda mijoz topshiriqlarini bajaradi. Axbarot konsalting xizmatida rahbar, maslahatchilar va mutaxasislar tarkibidan iborat. Maslahatchilar ichki va tashqi, tajribali va yosh maslahatchilardan iborat bo‘ladi. Ichki maslahatchilar markazning doimiy ishchilari sanalsa, tashqi maslahatchilar ba’zi bir murakkab yoki no’ananaviy muammolarni yechimini topishda malakali mutaxasis olimlar bo‘lishi mumkin va ular markaz bilan shartnoma asosida ish olib boradilar. Tajribali maslahatchilar yillar davomida faoliyat olib borayotgan va tajribaga ega bo‘lsalar, yosh maslahatchilar yangi kelgan xodimlar bo‘ladi. Axbarot xizmatidagi mutaxasislar turli yo‘nalishda bo‘ladilar. Bular:
Ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy etish bo‘yicha;
Chorvachilik va veterinariya xizmatlari bo‘yicha;
O‘simliklarni ximoya qilish bo‘yicha;
Urug‘chilikni tashkil etish buyicha;
Marketing va xuquqiy axborot-konsalting xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha;
Shartnomalar va hamkorlik munosabatlari buyicha;
Buxgalteriya hisobi va moliya bo‘yicha;
Korxonani biznes-rejalashtirish bo‘yicha va xokozo.
Konsalting (maslahat beruvchi) firma boshqarish vazifalari orqali mijozlar ishlarini bajaradilar. Xar qanday tanlovlar firmaning strategiyasi, sifat kafolati, xodimlar-personallarni rivojlantirish vainnovatsion mahsulotlar hisobga olinib boshlang‘ich mijoz topshiriqlarini operatsion dastur intervension usullardan foydalangan holda o‘zgartirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |