17
R.D.Xilst va X.Karasonlar Yer kesmasida seysmotomografiya ma'lumotlari
bo'yicha olingan bir jinsli emaslikning taqsimlanishidagi statistika
mantiyaning turli
chuqurlik sathlariga to'g'ri kelishini aniqlashgan.
Tabiiyki, minimal korrelyasiya yer po'stlog'i uchun harakterli bo'lib, u
kontinental va okean po'stloqlarining lateral yo'nalishda gravitasion bir jinsli emasligi
bilan bag'liq. Bu esa L.I.Lobkovskiyga litosfera plitalarining ikki tabaqali
geodinamikasi mavjud degan tushunchasiga asos bo'lib xizmat qildi.
Yuqori mantiya ham gravitasion noturg'un sistema (chuqurlik bo'yicha bir jinsli emaslik,
korrelyatsiya koffitsent 0,4 dan past) deb qaraladi, seysmik
tezliklarning keskin
o'zgarishi va o'sishi kuzatiladigan oraliq qobiqlarda (670, 800 va 900 km)
moddalarning qayta mineral o'zgarishi hisobiga zichlikning oshishi tahmin qilinadi.
O'rta va qo'yi mantiyalar nisbatan bir jinsli tuzilishga ega. Bu esa yuqori
darajadagi korrelyatsiyasini harakterlaydi.1700—2300 km chuqurlikda korrelyatsiya
koffitsentining bir muncha pasayishi (0,85 — 0,7 gacha) mantiyaning fizik
parametrlari shu oraliqlarda o'zgarishi mumkinligini ko'rsatadi.
Chuqurlik oshgan sari yerning konsentrik geosferalarini
belgilovchi seysmik
to'lqin tezliklarining oshib borishidan tashqari, kesmada zichligi va qizitilganligi
darajasi bo'yicha farqlanuvchi, tik va subqiyalikda yotuvchi tanalar ajratildi. Ular
mantiyaning yadro bilan chegarasigacha yorib kiradi.
Mantiya orqali o'tuvchi yengil issiq materialdan
iborat past tezlikdagi
anomaliyalar apvelinglar yoki superplyumlar nomini olgan. Ularga daunvelinglar
yoki sleblar qarshi turadi. Daunvelinglarga cho'kayotgan okean litosferasi
moddasining zich va nisbatan sovuq massasi harakterlidir.
Bu jarayonlarning kashf etilishi ba'zi joylarda yer yuzasiga qizdirilgan
massalarni etkazib beruvchi va boshqa joylarda esa
sovugan litosferani planeta
yadrosigacha olib kiruvchi mantiyada konvektiv oqimlar mavjuddigining muhim
ob'ektiv tasdig'i hisoblanadi. Mantiyada konvektiv oqimlar mavjudligining isboti
litosfera plitalari va global geodinamika nazariyasining fundamental pozisiyalarini
sezilarli darajada mustahkamlaydi.
Mantiya kesmasida subduksiya zonalaridan boshlanib
mantiyaning yadro bilan
chegarasigacha kirib boruvchi qiya va subvertikal yotgan yuqori tezlikli geologik
tanalarni mavjud. Cho'kayotgan litosfera o'zining yuqori qayishqoqlik hossalari
(«seysmik sifatlilik») va seysmik to'lqinlarning yuqori tezligi bilan farq qilganligi
uchun, u mantiyada yaqqol ajratiladi. Bunda okean litosferasining cho'kayotgan
seysmofokal zonalari tuzilishining bir qancha variantlari (daunvelintlar yoki sleblar)
kuzatiladi.
Ba'zi hollarda turli burchak ostida chiqayotgan litosfera yuqori va o'rta mantiya
chegarasigacha (660 — 670 km) botganligi kuzatiladi va uni butunlay kesib
18
utmasdan tog' massalarining subgorizontal tudalarini hosil qiladi.
Bunday holning
sababi bo'lib chuqurlikning shu oralig'ida mantiyaning o'ziga xos xolatdaligi
sanaladi.
Boshqa hollarda esa subduksiyalanuvchi material shu chegaradan pastroqdagi
660-1000 km oraliqda yig'ilishi mumkin va sovuqroq va zichroq moddalarning
to'plamini hosil qiladi. Kritik massaga etishi jarayonida subduksiyalanayotgan
litosfera qo'qqisidan (avalansh) pastki mantiyaning ostki chegarasigacha cho'kishi
mumkin . Bunday joylar okean litosferalarining «guristoni yoki mozori»
degan
nomga ega bo'lgan. U pastki mantiya asosidagi D11 qatlam kesmasida yaqqol
ajratiladi.
Balandga(apvelinglar,plyumlar) va pastka (dauvelinglar, sleblar) qarab yunalgan
mantiya moddasining yirik oqimlari Yer strukturasida bosh radial elementlarini
tashkil etadi Bu erdagi modda aylanishi va yadrodan boshlanib va yana unga
qaytuvchich uchqurlikdagi konvektiv oqimlar tufayli uning gravitasion maydondagi
differensiasiyasi mavjudligining isbotidir.
A.Vegener taxminicha kontinentlarni harakatga keltiruvchi asosiy kuchlar bo'lib
rotasion kuchlar va yer qobiqlarining markaziy o'qi atrofida
aylanishidan vujudga
keluvchi Kriolis kuchi sanaladi. Keyinchalik litosfera plitalari nazariyasida bu omillar
hisobga olinmagan yoki ahamiyat berilmagan. Shunday bo'lsada, ular havo va okean
oqimlarini shakllantiradi va albatta, Yer qa'rining dinamik holatiga ta'sir ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: