Agrokimyo va tuproqshunoslik



Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/277
Sana06.07.2022
Hajmi6,14 Mb.
#747173
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   277
Bog'liq
Мажмуа Тупроқшунослик ва геология 2021. А.Хфйриддинов (1)

Suspenziyalar
tuproq eritmasi va sizot suvlarida muallaq erigan holatda, o‘lchami 
0,24-0,30 mk ni tashkil qiladi. Tuproq suspenziyasi odatda g‘ovaklar va yoriqlar 
devorlariga cho‘kib tushadi. Sug‘oriladigan suv tarkibida ham suspenziyalar organik 
moddalar, loy, chang va mayda kum zarrachalari sifatida loyqalarni hosil qiladi. Suv 
loyqalari sug‘orish shohobchalari kanallar, ariqlar va juyaklarda cho‘kib qoladi. 
Gidrozol
sifatida kolloidlar tuproq tarkibida kam uchraydi. Gidrozollar yomg‘ir 
yog‘ganda, qor eriganda, sizot suvlarning ko‘tarilishi va sug‘orish natijasida paydo 
bo‘ladi. Tog‘ jinslari tarkibidagi birlamchi minerallarning yemirilishi natijasida tuproq 
eritmasida temir va alyuminiy oksidlari hamda kremniyning ishqoriyli turg‘un 
birikmalari hosil bo‘ladi. Tuproq eritmasi va sizot suvlari ishqoriy muhitda (rN 8,5) 
organo-mineral, gumus va kremniy kolloidi (SiO
2
·nH
2
O) harakatchan gidrozol holatiga 
o‘tadi. Gidrozollar suspenzoid va emulsoid holatda bo‘ladi. Tuproqdagi suspenziyalar 
mayda dispers kaolinit, kvars va illit minerallarining zarrachalaridan iborat bo‘lib, tezlik 
bilan koagulyatsiyaga uchraydi. Tuproqdagi emulsoidlarga ammoniy va natriyli 
gummatlar, kremniy oksidi va ishqoriy eritmalar shaklida uchrab, ancha turg‘un amorf 
holatda bo‘ladi. Emulsoid kolloid birikmalari suvga nisbatan gidrofil, ammo 
suspenzoidlar gidrofob hisoblanadi. Bu toifadagi kolloidlar tuproq, kesmasida elyuvial, 
illyuvial va akumulyativ yaralmalardan iborat qatlamlarni hosil qiladi. 


134 
Gidrogellar
tuproq tarkibida gumat, kremniy, temir, alyuminiy gidrooksidlari 
sifatida amorf holatda bo‘lib, koagulyatsiyaga uchrab allofanoidlarni hosil qiladi. Amorf 
holatdagi organik va organo-mineral gellar tuproq agregatlari, birlamchi minerallar, 
zarrachalar yoriqlarini qoplab, yupqa pardalar hosil qiladi. Mineral tuproq gellari va 
koagellari yashirin kristallik holatiga o‘tishlari mumkin. Agar tuproq tarkibida smektit 
minerallari va amorf holatdagi kremniy birikmalari uchrasa, kesma qatlamida amorf-
kriptokristallik gellar hosil bo‘ladi. Tuproq kolloidlari gidrofil mineral, organo-mineral, 
organik holatda bo‘lib, qurigandan keyin poligonal yorilgan taqirli qatlamlarni hosil 
qiladi. Bu toifadagi kolloidli tuproqlar namlanishi tufayli hosil bo‘ladi va suv 
o‘tkazuvchanligi kamayib qovushqoqlik holati kuchayib ketadi. 

Download 6,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish