Agrokimyo va agrotuproqshunoslik


Tuproqda makro va mikroelementlar balansi



Download 187,56 Kb.
bet3/14
Sana17.07.2022
Hajmi187,56 Kb.
#817757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Berdiqulova Guloyim

1.1.Tuproqda makro va mikroelementlar balansi
Oziq muhitidagi elementlar nisbatini hisobga olish usimliklar mineral oziqlanishini boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Ekinlar rivojlaiishning turli davrlarida turli nisbatdagi oziq elementlarni talab qiladi.
Oziq elementlarning ildizga yutilishi ko‘p jixatdan gidratlangan ionlar diametriga bog‘liq bo‘lib, diametri kichik elementlar ko‘proq yutiladi. Ayrim
elementlar bundan mustasno: masalan, diametri katta bo‘lsada, K+ ioni rubidiy va seziyga, Cl- esa boshqa galogenlarga nisbatan tezroq yutiladi.
O‘simlik tanasi faoliyatining me’yorida bo`lishi bevosita tashqi muhitdagi kation va anionlarning o‘zaro nisbatiga bog‘liq. Bundan oziq aralashmalarini tayyorlash va oziqlanish jarayonida ro‘y beradigan ionlar antagonizmini tushuntirishda foydalanish mumkin.
Oziq eritmasining fiziologik jihatdan muvozanatlashganligi o‘simliklarni rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Oziq elementlarni o`simliklar oson va samarali o‘zlashtiradigan nisbatlarda tutadigan eritmalar fiziologik jihatdan muvozanatlashtirilgan eritmalardir.
Faqat bitta tuz eritmasida o‘simliklar yaxshi rivojlanmasligini quyidagi misolda ko‘rsatish mumkin

Tajribalar asosida azot bilan yaxshi ta’minlangan o‘simliklar K, Ca, Mg, Cu, Fe, Mn va Zn kabi elementlarni yaxshi o‘zlashtirishi, fosforning ortiqcha


miqdori Cu, Fe va Mn elementlari yutilishini cheklashi aniqdangan.
Kaliy ta’sirida o‘simlik tanasiga Ca, Mg va yana bir qator elementlar kamroq yutiladi.
Oziqlanish muhitidagi bironta elementning boshqa elementlarni yutilishiga qarshilik qilishi ionlar antagonizmi aksincha, ko‘proq yutilishiga yordam berishi ionlar sinergizmi iboralari bilan yuritiladi. Agar tuzlar aralashmasining ta‘siri alohida olingan komponentlar ta‘siriga teng bo‘lsa, ionlar additivligi deyiladi.
Antagonizm hodisasi ko‘proq Fe va Ca; A1 va Na; Fe va Zn; Mn va Zn; Cu va Zn; Zn va Fe, Mn, Cu, Mo o‘rtasida yaqqol namoyon bo‘ladi. Ionlar sinergizmi esa Cu va Co, B; Mo va Cu; Cu va Mn; Ca va Co o‘rtasida kuzatiladi.
Azot fosfor va kaliy yetarli bo`lgan sharoitlarda o`simliklarning mikroelementlarga talabchanligi ortadi. Masalan, tuproqda Fe, Mn va Zn taqchil bo‘lsa, o‘simliklarga azotning yutilishi sezilarli kamayadi.
Cu, Zn, Mo kabi mikroelementlar fosforning yutilishiga ijobiy, kaliyning o‘zlashtirilishiga salbiy ta’sir qiladi.
Anionlar o‘rtasida antagonizm kuchsiz namoyon bo‘ladi (masalan, SO2-4 va Se02-4) yoki umuman kuzatilmaydi.
Galogenlarning ildiz tizimiga yutilishi antagonizm asosida sodir bo‘ladi.
O`simliklarning ildiz tizimi oziq moddalarni tanlab ma’lum miqdor va nisbatlarda yutish qobiliyatiga ega.
Ekinlarining rivojlanishi va hosilini shakllanishida oziq elementlarning reutilizatsiyasi (qayta foydalanilishi) muhim ahamiyatga ega. Reutilizatsiya —
oziq elementlarning o‘simlikdagi qari barglardan yosh barglarga, o‘suv qismlaridan urug‘ va mevaga oqib o‘tishidir. Ca, Fe, Mn, B, Zn kabi elementlar reutilizatsiyalanmaydi, oltingugurt qisman, azot, fosfor, kaliy
va magniy ko‘p marotaba reutilizatsiyaga uchraydi.
Tashqi muhit omillari (harorat, namlik, yorug‘lik va havo) ionlar antagonizmi, sinergizmi va reutilizatsiyasiga kuchli ta’sir kursatadi. Masalan, issiqxonalarda yorug‘likning kam bo‘lishi, tuproqqa yuqori me’yorda azotli o‘g‘itlar kiritilishi sabzavot va poliz mahsulotlari tarkibida nitratlar miqdorini keskin ortishiga olib keladi.



Download 187,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish