«Navoiyazot»
«Navoiyazot» ochiq aksiyadorlik jamiyati - O’zbekiston kimyo sohasining eng yirik korxonasi. «Navoiyazot» OAJ mineral o’g’itlar, organik sintez mahsulotlari va nitron tolasi katta assortimentini ishlab chiqarish bo’yicha O’zbekistonda yetakchi korxona hisoblanadi. «Navoiyazot» OAJ 70 xildan ortiq tovar mahsulotlarini ishlab chiqaradigan, texnik jihozlanganlik va ishlab chiqarish hajmi bo’yicha O’zbekiston kimyoviy sanoati peshqadami sanaladi. Korxonamiz tarixi 45 yillik vaqtni o’z ichiga oladi. 1961 yilda «Sovetskaya Buxara» viloyat gazetasida quyidagi birinchi satrlar paydo bo’ldi: «Buxoro cho’lida O’rta Osiyodagi eng yirik Navoiy kimyo kombinati qurilishi boshlandi». 1964 yilda esa birinchi Navoiy azot kislotasi va kislorodi olingan edi.
Orttirilgan tajribaga tayanib va kimyo sohasidagi yutuqlardan foydalanib, biz qishloq xo’jaligi (mineral o’g’itlar), yengil sanoat (nitron tolasi), mebel sanoati (KFJ qatroni, mebel matolari), oltin qazib chiqarish majmui (sianli natriyning suvli eritmasi, poliakrilamid, tiomochevina, azotachil ruh), gaz sanoati (uniflok, K-9 preparati) uchun mahsulot ishlab chiqaramiz. Korxona mahsulotlari mingdan ortiq iste’molchilar manzillariga yuboriladi. Mahsulot iste’molchilari va xom ashyo hamda materiallar yetkazib beruvchilar geografiyasi keng ko’lamda bo’lib, ular Respublika ichki bozorlari, MDH va uzoq xorij davlatlaridadir.
Hozirgi kunda «Navoiyazot» OAJ inson omili muhim sanalgan, murakkab ishlab chiqarishlarga xizmat ko’rsatuvchi, ko’plab millat vakillarini o’zida birlashtirgan 10000 nafardan ortiq yuqori mahoratli kasb egalari jamoasidir.
Korxonada kadrlar o’z malakasini uzluksiz oshirishi, kasbining barcha jihatlarida o’zini namoyon qilishi va ularni korxona muammolarini hal qilishda jalb qilishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Biz uchun asosiy maqsadlar quyidagilar hisoblanadi:
xalqaro bozorda yuqori raqobatbardoshlilik va sohadagi peshqadamlikni
saqlash;
tashqi va ichki sotish bozorlaridagi vaziyatni kuchaytirilishi faoliyatning samaradorligini oshirish hisobiga (texnik va texnologik qayta jihozlash, xarajatlarni kamaytirish, ishlab chiqarish sanoat xavfsizligi va madaniyatini oshirish);
mahsulot sifatining yuqori andozalarga va iste’molchilar talablariga muvofiqligini ta’minlash;
xodimlar kasbiy mahoratini takomillashtirish va ularni ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash. Bugun «Navoiyazot» OAJ O’zbekiston Respublikasi yetakchi sanoat korxonalari sirasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |