Agrokimyo va agrotuproqshunoslik



Download 385,5 Kb.
bet12/14
Sana17.07.2022
Hajmi385,5 Kb.
#817533
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Jaxsibayev Sultonbek

Temir - juda ko’p muhim fermentlar shuning bilan birga sitoxrom, katalaza va peroksidazalar tarkibiga ham kiradi. Bu barcha fetmentlarda temir gem ko’rinishda prostetik gruppda holatida 4 ta pirrol halqasini markazida temir atomi orqali bog’langan. Bundan tashqari qator fermentlar gem ko’rinish shakilda bo’lmagan temir tutadi, bunday fermentlarga flavinli fermentlar va temir tutuvchi oqsil ferredoksin kiradi.
Ko’pchilik holatlarda temirni oksidlangan shaklidan (Fe+3) qaytarilgan shakilga (Fe+2) o’tishi katta rol o’ynaydi. Fe xlorofil sintezi uchun zarur bo’lgan aminolevulin kisoltasi va protoporfirinlar sintezida ishtirok etishi bilan xlorofill sintezida muhim ahamiyatga ega. Temir yetishmasligidan xloroplastlarni muhim komponentlar sitoxrom, ferredoksin va boshqalar hosil bo’lmaydi. . Sitoxrom tizimi, nafas olish va fotosintezning muhim komponetlaridan bo’lib, temirni yetishmasligi ikkala jarayonni ham tormozlab qo’yadi.
Temir xlorofill sintezida, nafas olish va fotosintezda ishtirok etadi, u yetishmasa o’simlikda xloroz kasal ligi kelib chiqadi. Sitoxromni oksidlaydigan sitoxromoksidaza fermenti tarkibiga kiradi. Ferrodoksin, va temir tutuvchi zaxira modda ferritin tarkibiga ham kiradi. Nitratlarni ammiakkacha qaytaruvchi nitrogenaza fermenti tarkibida ham Fe bo’ladi.
Marganes. Margnes Krebs siklidagi reaksiyalarda qatnashuvchi (olma va limon kislotasin degidrogenazasini, qahrabo-sirka kislotasin dekarboksilazasini) va nitratlarni qaytarilishidagi fermentlarni faollashtiradi. Shuning uchun margenes yetishmovchiligida o’simlik intensiv nafas olaolmaydi va nitratlardan azot manbasi sifatida foydalana olmaydi. Asosiy mikroelementlardan bo’lib Mn fotosintezni yorug’lik davrida suvni fotolizida ishtirok etadi
Dukkaklilarni asosiy vazifasi nitrogenaza fermenti ishtirokida havodagi N ni nitritgacha qaytaradi. O’simliklarni o’sib va rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’lgan-fitogarmon Indol sirka kislotasini oksidlashda ham ishtirok etadi.
Mis. Mis ham temir kabi nafas olishda va fotosintezda elektron transporti zanjirida qatnashadi. Masalan; Fotosintez elektron transport zanjirida mis tutuvchi ko’k rangli oqsil plastotsianin tarkibiga kiradi. Misnni ko’p qismi(barg tarkibidagi misni 75%) xloroplastlarda bo’ladi va shuning bilan birga fenollarga elektron biriktirishda yoki askorbin kislotani kaytarishda ishtirok etuvchi difenoloksidaza va askorbinatoksidaza fermentlari tarkibiga ham kiradi. Bu fermentlarda mis oqsil bilan sulfigidril gruppa orqali birikkan bo’lishi mumkin. Bu jarayonlardan tashqari mis nitratreduktaza va proteaza fermentlarini faollashtiradi demak, oqsil va azot almashinuvida ham ishtirok etar ekan. Misni kuchli defitsidligida muddatidan ilgari barglari to’kilib ketadi, o’sishi tormozlanadi va bor, rux margeneslar o’z funksiyasini bajarmaydi.
Rux. Ko’pchilik fermenlarni faolligini va shuning bilan birga xlorofil sintezini, karboangidraza tarkibiga kiradi, CO2 gidrotatsiyasini katalizlab, ko’mir kislotasi hosil bo’lishi, uni suvga va CO2 parchalnishini reaksiyalarida ishtirok etadi. Bundan tashqari rux nafas fermentlar, fosfo-piruvat-gidrotaza, ketozo-1-fosfataoldolaza, geksokinaza, degidrogenaza, fosfoglitserin aldegidini faollashtiradi.Rux ishtirokida kaliy, marganes va molibdenni yutilishi kuchayadi. Rux IUK, hosil bo’lishini va triptofan sintezini tezlashtiradi. O’simlikka rux berilganda IUK hosil bo’lishi va o’sish tezlashadi.
Rux yetishamsligini dastlabki belgilari barg plastinkasini tomirlari bo’ylab, to’q ko’k rang paydo bo’ladi. Rux tanqisligi davom etssa, to’qmalar nobud bo’lib, o’sish nuqtasi parchalanib ketadi.
Molibden. Mo bir necha fermentlar ishi uchun muhim, jumladan; nitrat azotni nitritga qaytarilishdagi nitratreduktaza va azotfiksatsiya qiluvchi mikroorganizmlarda gaz holidagi azotni ammoniyga aylantirish uchun javobgar bo’lgan nitrogenazalar tarkibiga kiradi.
Yuqori o’simliklar nitratreduktazasi - bu flavoproteid, molekulyar masCasi 2OO-3OO kD atrofida bo’lib, tarkibida gem va molibden tutadi. Hozirgi davrda nitratreduktaza yuqori o’simliklarni tarkibiga kiruvchi birdan-bir ferment hisoblanadi. Muhit tarkibiga nitratlar va molibden qo’shilgandan keyin O,5-3 soatda nitratreduktaza fetmenti hosil bo’ladi.
Nitratreduktaza fermentini faolligi o’simlikni nitrat bilan oziqlantirilganda, ammiak bilan oziqlantirgandagiga nisbatan 10 barobar faolligi ortadi.Molibden trikarbon kislotalar siklidagi suksinatdegidrogenaza fermentini faollashtiradi.
Molibden yetishmasligini birinchi belgilari eskirgan barglarni xlorozga uchirashi. Bu element yetishmasligi natijasida azot almashinuvi buziladi: oqsil sintezi kamayadi, shuning bilan bir vaqtda aminokislotalar va ularning amidlarini miqdori pasayib ketadi. Molibdensiz o’simlik tarkibida askorbin kislota miqdori keskin tushib ketadi. Bu ME ni yetishmasligidan fosfor almashinuvi buziladi.
Bor.Bu mikroelemetlar hujayralarni cho’zilishida, nuklein kislotalar sintezida, hujayralarni garmonlar ta’siriga reaksiyasi, membranalarni normal funksiyasi uchun zarurligi, bironta fermentlar tarkibiga kirmaydi, lekin, fermentativ reaksiyalar tezligiga ta’sir qiladi, fermntlar o’zi faollashmasdan yoki inaktivatsiya bo’lmasdan, ularni substratiga ta’sir qiladi. Borni muhim xususiyatlaridan biri oddiy qandlar, polisaxaridlar, spirtlar, fenollar va boshqa moddalar bilan komplek birikmalar hosil qiladi. Borni saxaroza bilan qilgan birikmasi, uni osonlik bilan membranadan o’tib, floemada tez harakat qilishiga yordam beradi. Atmosferadagi CO2 nishonlab o’takazgan tajribalar shu narsani ko’rsatdiki, bor bilan oziqlantirilganda fotosintezda hosil bo’lgan maxsulotlar, o’simlikni boshqa organlariga tezroq oqib o’tadi. Ehtimol bu holat bor ishtirokida o’simlikni tez gullashiga sabab bo’lsa kerak.
Bor glyukoza-1-fosfatni kraxmalga aylanishini tormozlab qo’yadi, shuning uchun o’simlikda bor yetishmasligidan barglarda kraxmal va qandlar ko’p to’plpnib qoladi, ularni poyasida, ildizida va mevasida aksincha uglevodlar oz bo’ladi. Bor oksidlanish jarayonlarini faollashtiradi, oqsillar, ATF sintezi, ildizlar orqali kalsiyni yutishi, toksik fenollar hosil bo’lishini katalizlovchi ayrim fermentlarni ingibitori bo’ishi ham mumkin.
Bor yetishmasligidan nuklein kislotalar sintezi izidan chiqadi. Bu element boshqa to’qmalarni meristemasini shakillanishida zarur bo’ladi, bor elementisiz organik kilotalarni aminlanishi tormozlanadi.

Download 385,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish