Tekinxo`rlar. Yuqoridagi va Monotropa o`simliklari misolida yuksak o`simliklarning oziqlanishi tekinxo`rligi holatining namunasidir. Ammo mikoriz zamburug`lari ham o`zaro yoki yakka holda tekinxo`r holatida yashashadi.
Zamburug`lar ildizlar hujayralariga qattiq yopishgan yoki ildizlarga kiruvchi o`simta-hosilalarni ya`ni guastoriyalar hosil qilish xususiyatiga ega. Guastoriyalar o`simliklardan oziqa moddalarni, avvalo uglevodlarni so`rib oladi. Ushbu holning mexanizmi o`z navbatida N+-pompalar faoliyati asosida bo`lishi mumkin.
Asosiy tekinxo`r yuksak o`simliklar odatda tayyor organik moddalar bilan oziqlanuvchi va ushbu sharoitga o`ta yuqori darajada moslashgan hamda evolyutsiya mobaynida barglari redutsirlangan yoki to`la yo`qolgan bir va ikki yillik o`simliklardir. Ular o`rtasida barglarini batamom yo`qotgan va fotosintez jarayonini amalga oshira olmaydigan turlari ham mavjud. Masalan ko`pchilik qishloq xo`jalik o`simliklarining ildizlarida tekinxo`rlik qilib yashovchi Orabanche shular jumlasidandir. Uning urug`lari faqatgina u tekinxo`rlik qiluvchi o`simlik ildizlarining ajratmalari ta`siridagina unish va o`sish xususiyatiga ega. O`simtalar murtak ildiz qinchalarining uchi xujayin-o`simlik ildizlariga tegishi bilan ularda gidrolazalar ajratish xususiyati tufayli hujayra devorlarini erituvchi va ildizlarga faol kiruvchi guastoriyalar (suruvchilar) hosil bo`la boshlaydi. Ushbu o`simlik o`zining o`sishi va rivojlanishi mobaynida xo`jayin-o`simlik ildizlaridan ko`p miqdorda azotli birikmalarni, uglevodlarni, mineral tuzlarni, ayniqsa, fosforli birikmalarni va suvni o`zlashtiradi. Masalan, zarazixa bilan zararlangan pomidor o`simligida azotli oqsillarning miqdori 3 marta, qanlar esa 16 marta kamayib ketishi kuzatilgan. Ildizlarda tekinxo`rlik qiluvchilarga butalar va daraxtlarda tekinxo`rlik qiluvchi -Lathraea sguamaria o`simligini ham kiritish mumkin.
Tekinxo`r o`simliklar orasida faqatgina ildizlarda emas balkim boshqa xo`jayin-o`simliklar tanasiga chirmashib o`suvchi turlar ham mavjud. Masalan, o`tsimon Cuscuta ipsimon tanasi bilan xo`jayin-o`simlikning tanasiga uralib olib o`zining redutsirlangan likopchasimon barglaridan o`sib chiqqan guastoriyalari bilan oziq moddalarni suradi (VIII.1-rasm). Povilikaning guastoriyalari ko`rinishi o`zgargan ildiz yon hosilalaridir. Guastoriyalar xo`jayin-o`simlik po`stlog`iga qattiq yopishgan xalqa-belbog` ko`rinishiga ega bo`ladi. Xalqaning markazidagi bir guruh hujayralar xo`jayin-o`simlikning po`stlog`iga teshib kirib uning o`zagidagi naychalargacha yetib boradi va ulardan suv organik moddalar hamda mineral tuzlarni so`rib ola boshlaydi. Povilikaning o`simtalarida o`simlik-xo`jayinning ildiz ajratmalari va namlikka nisbatan aylanma o`sish harakatlari mavjud (xemotropizm) va ular shu tufayli tekinxo`rlik qiluvchi o`simligini topadi.
Tekinxo`r o`simliklarning boshqa bir vakili rafleziya tropik muhitda o`suvchi liana daraxtining ildizlari shirasi bilan oziqlanadi. Uning guastoriyasi o`simlik hujayri devorini buzuvchi sellyuloza va boshqa fermentlarni ajratadi va shu tufayli o`z qurbonining tanasiga botib kirib u yerda (yer ostida) deyarli butun ontogenizini o`tkazadi. Faqatgina uning gullari yer o`stiga chiqadi. Radiofaol nishonlash orqali rafleziyaning xo`jayin-o`simlikdan asosan saxaroza va glutamin, asparagin kislotalari va ularning amidlarini olishi ko`rsatilgan.