10.3. YASHIL O’G’ITLAR
Tuproqni organik moddalar va azot bilan boyitish maqsadida yashil o’simliklar haydalib, tuproqqa qo’shib yuboriladi. Bunday o’simliklar sideratlar, ularni o’stirish usuli esa sideratlash deyiladi. O’zbekistonda sideratlar sifatida javdar, no’xat, gorchitsa, bersima, аrpа, raps, shabdar, mosh, loviya, qoplania beda va xantal tavsiya etiladi. Yashil o’g’itlar boshqa organik o’g’itlarga o’xshash tuproqning xossalariga va qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligiga har tomonlama ijobiy ta’sir qiladi. Ular tuproq tarkibidagi organik modda va azotni ko’paytiradi (10.3.1-jadval).
(10.3.1-jadval)
Do'stlaringiz bilan baham: |