Kobaltli mikroo’g’itlar. Kobaltli mikroo’g’itlardan foydalanish hosilning sifatini faqatgina o’simiik tomonidan muayyan elementning to’planishi bilangina oshirib qolmay, baiki boshqa ko’rsatkichlar bo’yicha harn oshishiga sabab bo’ladi. Masalan: kobaltli o’g’itlar qand lavlagisi ildizmevasining hosilinigina oshirib qolmay, balki mevasi tarkibidagi qandning ham miqdorini oshiradi. O’simliklar kobaltni molibdenga nisbatan 300 marta kam talab qiladi va bakteriva hamda fermentlarning faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. O’simliklarda kobalt 50% ion tarzda, 20% karbamid va vitamin 1312 birikmalari tarzida uchraydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hayvonlar uchun to’la qimmatli ozuqa va oziq-ovqat mahsuloti sifatida ekiladigan ekinlar uchun har kg tuproqda kobaltning miqdori 2,0—2,5 mg bo’lganda, kobaltli o’g’itlarni qo’llash kerak bo’ladi. Asosiy kobaltli mikroo’g’itlar sifatida kobalt sulfat, kobalt nitrat va kobalt xlorid tuzlaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |