11-MAVZU. QISHLOQ XO‘JALIK DEHQONCHILIK MAHSULOTLARINI YETISHTIRISHDA INNOVATSION FAOLIYAT
1.Dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirishda innovatsion faoliyat yo‘nalishlari.
2.Qishloq xo‘jaligida tabiiy resurslardan foydalanishda innovatsiyalar.
3.Mahsulotlarni tayyorlash, yetkazib berish logistikasi.
4.O‘g‘itlash tizimida innovatsion texnologiyalar.
5.O‘simliklarni zarakunanda va kasalliklardan himoya qilishda innovatsion yondashuv.
Tayanch so‘zlar: g‘o‘za, chigit, agrotexnika, difolyasiya, ekologik, meliorativ, gommoz, vertitsillyoz, kompleks, klasster, kultivatsiya.
Ma'lumki, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining mamlakatimiz YaMM ulushi 16% atrofida bo‘lib turibdi.
Davlatimiz xazinasining asosiy valyuta manbai bo‘lgan paxtachilik va mamlakatimiz xavfsizligini ta'minlovchi g‘allachilik tarmoqlarini rivojlantirish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilgani boiz tarmoqda tub o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.
Darhaqiqat, mamlakatimizda istiqlol yillarida paxta va g‘allani yetishtirish va ularni qayta ishlashga bo‘lgan yondashuv tubdan o‘zgardi. Tarmoqdagi yutuqlar ilgaridek raqamlar bilan emas, balkim ko‘riladigan sof foyda solmog‘i bilan baholanadigan bo‘ldi. Daromadning bo‘lishi esa ko‘p jihatdan mahsulot sifatiga, demakki go‘za va g‘alla navi va ularning parvarishiga bog‘liq. Yurdboshimiz dastlabki yillardanoq seleksioner olimlarning olidiga ertapishar, kassalik hamda zararakunadalarga chidamli, eng muxim bozorda xaridorgir bo‘lgan yuqori sifatli mahsulot beruvchi yangi navlar yaratishdek ma'suliyatli vazifa qo‘ygan edi.
Paxta va g‘alla xosildorligini oshirishga qaratilgan ilmiy texnik va texnologik ishlanmalarning asosiy yo‘nalishlari 3.1-chizmada keltirilgan.
Takidlash joizki, o‘tgan payt maboynida mutaxasislarimiz tomonidan seleksiya, urug‘chilik, navlarni yangilash, paxtani tola va don mahsuloti sifati yuqori, tezpishar yangi navlarini joriy etish va ularning mamlakatning turli turpoq-iqlim sharoitlarida oqilona joylashtirish borasida muayan ishlar amalga oshiriladi. Endilikda asosiy maydonlarda ana shunday bebaho xususiyatlarga ega g‘o‘za navlari parvarishlayapti. 24
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari xosildorligini oshirishga qaratilgan innovatsion ishlanmalarning asosiy yo‘nalishlari
|
|
|
|
|
|
Sug‘oriladigan yerlarning ekologik, meliorativ holatini yaxshilash va suv tejovchi texnologiyalarni takomillashtirish
|
|
|
|
|
|
|
|
Tuproq unumdorligini saqlash va oshirishning zamonaviy usullarini takomillashtirish
|
|
|
|
|
|
|
|
Ekinlardan sifatli va mo‘l hosil olishning resurstejovchi texnologiyalarni ishlab chiqish
|
|
|
|
|
|
|
|
Turli tuproq-iqlim va ekstremal sharoitlariga mos, tezpishar, serhosil, kasallik va zararkunandalarga chidamli yangi g‘o‘za i g‘alla navlarini yaratish va birlamchi urug‘chilik tizimini takomillashtirish
|
|
|
|
|
|
|
|
Yangi iqlimlashgan va istiqbolli navlari yetishtirishning o‘ziga xos agrotexnik tadbirlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish
|
|
|
|
|
|
|
|
Mahalliy xom ashyo va resurslardan samarali foydalanish
|
|
|
|
|
|
|
|
Qishloq xo‘jalik o‘simliklarini himoya qilishning uyg‘unlashgan usullarini joriy etish
|
|
|
|
|
|
|
|
Yangi texnikalarni yaratish va ularni ishlab chiqarishga joriy etish
|
|
|
11.1-chizma. Innovatsion ishlanmalarning asosiy yo‘nalishlari
Zero, Angliyaning “Kotton Outluk” jurnali tomonidan “O‘zbekiston paxta yetishtirish texnologiyasinining ikki yo‘nalishida, ya'ni ko‘sak qurtini keng qamrovli biologik nazorat qilish va ertapishar navlar seleksiyasi bo‘yicha dunyoda penqadam” deb baholangani, seleksioner olim Auxat Battalov tomonidan yaratilgan “Buxoro-6” g‘o‘za navining Liverpul xalqaro bozorida etalon sifatida qabul qilingani bejiz emas. Qolaversa, hozirda O‘zbekiston paxta xom ashyosi yetishtirish bo‘yicha dunyoda oltinchi, uni eksport qilish bo‘yicha esa ikkinchi o‘rinni egallagani ham buning yorqin dalilidir.
Shu o‘rinda yana bir jihatga e'tibor qaratish lozim. O‘zbekiston g‘o‘za seleksiyasi uchun zarur bo‘lgan genlar fondi bo‘yicha eng boy mamlakat hisoblanadi. Ya'ni hozirgi kunda respublikamiz ilmiy-tadqiqot institutlarida 14 mingdan ortiq genlar kolleksiyasi mavjud. Bu ko‘rsatkich AQShda 10 ming, Isroilda 3,7 ming donani tashkil etishini inobatga olsak, yuritimizda g‘o‘za genefondining nazariy va amaliy asosiy yaratilganligini, demakki, paxtachilik fanining imkoniyatlari naqadar keng ekanligini anglash qiyin emas.
Prezidentimizning g‘o‘za navlarini joylashtirish to‘g‘risidagi qarorlariga asosan, g‘o‘zaning “S-4727”, “AN-Boyovut-2”, “Namangan-77”, “S-6524”, “Omad”, “Buxoro-8”, “Buxoro-102”, “Xorazm-127”, “Andijon-35”, “Buxoro-102, “Andijon-35”, “Andijon-36”, navlari ekildi. 2012 yil hosili uchun boshoqli don ekinlarining tezpishar yuqori hosilli navlarini joylashtirilish esa Krasnodar-99, Tanya, Kroshka, Chillaki, Nota, yesaul, Pamyat, Kuma, Polovchanka, Nikoniya, Kupava navlari, lalmi yerlarda: Surxak-5688, Krasnovodopadskaya-210, Sanzar-4,5,6, Tezpishar, Mars-1, Intensivnaya, Kukbuloq, Surxak-5688 navlari asosida amalga oshirildi.
Yangi g‘o‘za va boshoqli don navlari seleksiyasi va birlamchi urug‘chiligi bo‘yicha viloyatlarning turli tuproq-iqlim va ekstremal (sho‘rlanish, garmsel va qurg‘oqchilik) sharoitlariga bardoshli, serhosil, tezpishar kasalliklar (ildiz chirish, gommoz, vertitsillyoz va fuzarioz vilt) va zarakunandalarga (trips, shira, o‘rgimchakkana va ko‘sak qurtiga) chidamli, don va tolasining sifati jahon andozaoariga mos bo‘lgan navlarini yaratish hamda ishlab chiqarishga joriy etish borasida keng qamrovli ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Shuning bilan birgalikda, o‘zbek olimlari tomonidan g‘o‘za, g‘alla va ularning majmuidagi ekinlarni parvarishlar agrotadbirlarini ishlab chiqish va takomillashtirish borasida hamda ilm-fan yutuqlari va ilg‘orlar tajribasini paxtachilikda keng joriy etish maqsadida keng qamrovli ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun zamonaviy dehqonchilikning ilmiy asoslari ishlab chiqilib, turli tabiiy iqlim sharoitlarida tuproq unumdorligini saqlovchi va oshiradigan g‘o‘za hamda izdosh ziroatlar yetishtirishning samarali texnologiyalari, almashlab va navbatlab ekishning g‘o‘za, g‘alla, beda va boshqa 30 dan ortiq ekinlaprni yetishtirish texnologiyalari takomillashtirildi va ishlab chiqarishga joriy qilindi.
Tuproq unumdorligini oshiruvchi va saqlovchi texnologiyalar bo‘yicha aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘la ta'minlash maqsadida kuzgi bug‘doydan bo‘shagan maydonlarga boshoqli, dukkakli-don, oziqa va yem xashak ekinlarini takroriy va oraliq ekish sifatida ekish va parvarishlash texnologiyalari ishlab chiqildi.
Birgina, kuzgi bug‘doydan keyin dukkakli-don ekinlari, mosh va soyani takroriy ekin sifatida 2,5-3 yil mobaynida yetishtirilishi tuproqda gektariga 8-16 tonna organik qoldiq to‘plashga va shu orqali tuproqda 155,2-213,2 kg/ga miqdorida biologik azot, 64,2-98,6 kg/ga miqdorida fosfor. 112,8-165,2 kg/ga miqdorida kaliy moddasi to‘planishi tajribalarda aniqlanadi. Natijada, takroriy ekin soyadan keyin g‘o‘za o‘stirilganda 2,6 s/ga, moshdan keyin yetishtirilganda esa 1,4 s/ga qo‘shimcha paxta hosili olishga erishildi. Shuningdek, takroriy mosh ekini parvarish qilinganda gektaridan 1,5-1,8 tonna, soya ekib parvarish qilinganda esa 1,7-1,9 tonna don hosili olinib, ishlab chiqarish xarajatlari gektariga 450-500 ming so‘mni tashkil etgani holda, mahsulotni sotishdan tushgan umumiy daromad 1500-2000 ming so‘m va fermer xo‘jaliklarining olgan sof daromadi 1000-1500 ming so‘m bo‘lishi aniqlandi.
Tuproqni himoyalovchi texnologiyalarni ishlab chiqishda tuproq unumdorligini oshirish, ma'dan hamda maxalliy o‘g‘itlardan unumli foydalanish, oziqa moddalar o‘rnini to‘ldirishda organo-ma'dan, maxalliy o‘g‘itlar va noan'anaviy agrorudalardan foydalanish, qoramol go‘ngi, lignin, parranda go‘ngi, shahar, ipak qurti va o‘simlik chiqindilaridan kompostlar tayyorlash va luarni kuzgi shudgor ostiga uch yilda bir marta gektariga 20-30 tonna miqdorida yoki amal-o‘suv davrida tabaqalashtirib qo‘llash texnologiyalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.
Qiyalikni mumkin qadar o‘zgartirish, zig-zag “qiyshiq” (kengligi 3-6 va chuqurligi 3-4 sm) mayda ko‘ndalang egatlar yordamida sug‘orish, suvning tezligini kamayishi hisobiga sug‘orish suvidan foydalanishi 15-20
% ga oshirish, oqovaga chiqib ketayotgan suv va tuproqni yuvilishini 40-50% ga kamaytirish, tuproqni egat bo‘ylab tekis namlanishiga erishish, tuproqdagi oziqa elementlarining yuvilishini 35-40 % ga kamaytirish, pirovardida 3-3,5 s/ga paxta hosilini oshirish texnologiyalari ishlab chiqildi.
Mahalliy xom ashyo va resurslardan samarali foydalanishbo‘yicha organik o‘g‘itlarning tuproq fizik xossalarini yaxshilashi, singdirish xususiyatining ortishi va namlikni yaxshi saqlashi, mahalliy va ma'dan o‘g‘itlar taqchiligini bartaraf etishda mahalliy o‘g‘itlar (qoramolva ot go‘ngi, gidrozli lignin, parranda qiyi, shahar chiqindi qoldiqlari, daraxt barglari, yem xashak bo‘la olmaydigan hazon va boshqa ekinlarni chiqindilari) dan samarali foydalanish bilan hamda tabiiy zahiralari mavjud boyitilgan ko‘mir kukuni, fosforit va noan'anaviy agrorudalar (bentonit, bentonitsimon loylar, glaukonitlar va boshqalar)dan organo-ma'dan kompostlar tayyorlash orqali kamaytirish mumkinligi aniqlandi.
Markaziy Qizilqum fosforitlari asosida olingan yangi turdagi murakkab o‘g‘itlardan nitrokalsiyfosfat (NKFU) o‘g‘itini g‘o‘zadagi samaradorligi o‘rganilganda, tuproqning agrokimyoviy xususiyatlari yaxshilanib, paxtadan 2,4-3,6 s/ga qo‘shimcha hosil olinib, iqtisodiy samaradorlik 100000-110000 so‘m/ga ni tashkil qildi. Hozirgi kunda nitrokalsiyfosfat o‘g‘iti fosforli o‘g‘it sifatida Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Navoiy, Buxoro kabi viloyatlarda katta maydonlarda qo‘llanilmoqda.
Yonilg‘i va manba tejovchi texnologiyalar bo‘yichatuproqqa kombinatsiyalangan ishlov berish agregatining afzalliklari o‘rganildi. Ushbu agretat bir vaqtning o‘zida mineral o‘g‘it sepish, shudgorlash va ekish uchun pushta olish ishlarini bajarib, yoqilg‘i moylash mahsulotlarini 40-50%, texnika va qurollar bilan ishlov berishni 1,5 marta tejash imkonini berdi. Hosil qilingan jo‘yaklarda tuproqni nam saqlash qobiliyati oshishi hisobiga gektarga 1500 m3 suv iqtisod qilishi aniqlandi.
Kuzda olib qo‘yilgan jo‘yak va pushtalarda tuproq xarorati yuqori bo‘lib, aeratsiyasi yaxshilanadi, qatqaloq zarar keltirmaydigan darajada pasayad, shuningdek, jo‘yak va pushtalarda to‘planadigan ko‘p miqdordagi namlik nihollarni erta va bir tekisda unidirib olish imkonini beradi. G‘o‘zani o‘sish rivojlanishi yaxshilashnishi hisobiga ertagi va mo‘l hosil olinib, hosildorlik 3,9-8 s/ga gacha ortishiga erishiladi.
Respublikamizda hozirgi kunda g‘o‘za yetishtirishda ikki xil ekish texnologiyasi mavjud bo‘lib, 60 va 90 sm qator oralig‘ida g‘o‘za parvarishlanadi. Ko‘p yillar davomida o‘tkazilgan tajribalar natijasida qator orasi 60 sm egatlarda g‘o‘zza yetishtirish birinchidan 90 sm qator orasida yetishtirilganga nisbatan qo‘shimcha 30% gacha yerdan samarali foydalanishga erishilsa, ikkinchidan seleksionerlar tomonidan yaratilayotgan navlarni tezpishar va ixchamligini inobatga olgan holda 60 sm qator orasida yetishtirish oziqa va suvdan foydalanish uchun iqtisodiy maqbulligi isbotlangan. Chunki, bunda qator oralatib sug‘orish ancha samarali bo‘ladi va suvdan foydalanish koeffitsenti oshadi. Uchinchidan qator orasiga beriladigan ishlovlarni g‘o‘za shoxlarining tutashishi bilan to‘xtatish mumkin. Bu tadbirni keng qo‘llash uchun 90 sm g‘o‘za yetishtiriladigan maydonlardagi texnikani (seyalka va kultivatorni) 6 qatorli qilib sozlash orqali qo‘shimcha sarf xarajatsiz hal etishga imkon beradi. Ushbu qatorli 6 qatorli kultivatorni Samarqand viloyatining Narpay va Oqdaryo tumanlarida qo‘llash natijasida 4-6 s/ga yuqori hosil olishga erishildi.
Respublikada meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirishga aloxida e'tibor berilmoqda, sohani rivojlantirish, mahsulot sifati va ko‘lamini oshirishga doir amaliy ishlar qilinmoqda. Meva va sabzavotchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va uni sotishning yuqori samaradorligini hisobga olib, uni istiqbolda ko‘paytirish imkoniyatlaridan to‘laroq va tezroq foydalanish dolzarb masalalardan biridir.
Meva-sabzavotchilikni rivojlantirishda respublikadagi mavjud imkoniyatlardan samaraliroq foydalanish, ichki bozorni to‘ldirish, eksportni oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil yanvardagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik soxasida iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni xamda “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik soxasini islox qilish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori soxani rivojlantirshda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 20 oktyabrdagi “Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni yetishtirishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi meva-sabzavotchilikni rivojlantirishda yana bir turtki bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan «Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni yetishtirishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida oziq-ovqat ekinlari mahsulotlarini yetishtirish hajmlarini yanada oshirish hamda ularning turlarini ko‘paytirish va shu asosda aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirish, pirovard natijada qishloq aholisi daromadlari va turmush darajasini yuksaltirish borasidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi. Unga ko‘ra, keyingi yillarda mamlakatimizda meva-sabzavot, maydonlari kengaytirildi.
Meva va sabzavotlar nisbatan sermehnat resurslar potensialiga, ayniqsa quyosh nuriga va suvga talabchan ekinlar tarkibiga kiradi. Bu tarmoqni intensiv rivojlantirish mehnat, sug‘oriladigan yer va boshqa resurslardan foydalanish samaradorligini oshiradi. Sabzavot ekinlaridan 2 marta hosil olish tarmoqning samaradorligini keskin oshiradi.
Meva-sabzavotchilik sohasidagi tub islohotlar sohaga yangicha ilmiy asoslangan yondoshuvni talab etadi. Meva va sabzavotchilikni yanada rivojlantirish, sohani modernizatsiya qilish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 12 apreldagi “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu yo‘nalishdagi ishlar ko‘lamini oshiradi. Mazkur qaror asosida qayta ishlash korxonalarini xomashyo bilan muntazam ta'minlash, ichki iste'mol bozoriga yil davomida sabzavotlar, kartoshka, meva va poliz mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berish, ho‘l meva va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish hajmini ko‘paytirish va turlarini kengaytirish uchun ularni yetishtirish, ishlab chiqarish va xarid qilish bo‘yicha yagona tizim shakllantirilmoqda.
2016 yilgi hosildan boshlab O‘zbekistonda ho‘l meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish bo‘yicha davlat buyurtmasi joriy etiladi. Bu O‘zbekiston Prezidentining 12 apreldagi «Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorda ko‘zda tutilgan.
Ho‘l meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish bo‘yicha davlat buyurtmasi «O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi tarkibiga kiradigan xususiy mulk shaklidagi qayta ishlash korxonalarini xomashyo bilan barqaror ta'minlash, ichki iste'mol bozorini qish-bahor mavsumida barqaror ta'minlash maqsadida zaxiraga g‘amlash, shuningdek, tashqi bozorlarda xaridorgir bo‘lgan ho‘l meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish ushbu mahsulotlarga nisbatan talabdan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Davlat buyurtmasi doirasida mahsulotlarni sanoat asosida qayta ishlash uchun xarid qilish fermer va dehqon xo‘jaliklari va «O‘zbekoziqovqatxolding» tarkibiga kiradigan xususiy mulk shaklidagi qayta ishlash korxonalari o‘rtasida tuziladigan kontraktatsiya shartnomalari asosida shartnoma qiymatining 40 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda bo‘nak berish orqali amalga oshiriladi. Qarorda belgilanganki, ho‘l meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum fermer va dehqon xo‘jaliklaridan kelishilgan, bozor narxlarida xarid qilinadi. Ho‘l meva va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari «O‘zagroeksport» ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi tomonidan xorijiy sheriklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan eksport shartnomalari, shuningdek, fermer va dehqon xo‘jaliklari, agrofirmalar va qayta ishlash korxonalari o‘rtasida tuziladigan komissiya shartnomalari bo‘yicha eksport qilinadi.
Shuningdek, Qarorga ko‘ra quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksportga oldindan 100 foiz to‘lash yoki akkreditiv ochish yoxud xaridorning moliyaviy barqarorlik darajasi yuqori bo‘lgan eng ishonchli banklari kafolati bilan, ho‘l meva-sabzavot mahsulotlari esa oldindan kamida 30 foiz to‘lash shartlari asosida yetkazib berilishi belgilandi. Qarorning yana bir muhim jihati shundaki, 2019 yilning 1 yanvarigacha meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni qayta ishlaydigan xususiy mulk shaklidagi korxonalar, idoraviy mansubligidan qat'iy nazar, zamonaviy uskuna va texnologiyalar olib kirishda bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari), “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi tarkibiga kiradigan qayta ishlash korxonalari yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari daromad solig‘i, yuridik shaxslar mulk solig‘i, mikrofirma va kichik korxonalar yagona soliq, davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etiladi.Bunda, ushbu bandga muvofiq soliq va bojxona imtiyozlari berilishi hisobidan bo‘shaydigan mablag‘lardan ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash va modernizatsiya qilish uchun maqsadli foydalanilishi lozim. Bo‘shagan mablag‘lardan maqsadsiz foydalanilgan taqdirda ular qaytarib olinib, byudjet va tegishli davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazilishi belgilandi. Shuni ta'kidlash joizki, meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini davlat buyurtmasi asosida xarid qilinishi dehqon va fermer xo‘jaliklarining manfaatlariga to‘la mos keladi va bu o‘z navbatida aholi turmush darajasini oshishiga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorida belgilangan chora- tadbirlar sohada amalga oshirilayotgan ishlarning mantiqiy davomi, yangi bosqichidir. Qishloq xo‘jaligida chuqur tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirildi: zamonaviy mulkchilik shakli joriy etildi, ekin maydonlari optimallashtirildi, hosildorlik oshirildi, meva-sabzavotlarni saqlash va qayta ishlash yo‘lga qo‘yildi. Bir so‘z bilan aytganda, bugungi bosqich uchun poydevor yaratildi. Buning samarasida qishloq xo‘jaligi ekinlaridan har yili mo‘l hosil olinmoqda. So‘nggi yillarda qariyb 100 ming gektarda mevali bog‘ va tokzorlar barpo etildi. Keyingi uch yilda 22 ming gektardan ziyod maydonda ilmiy asoslangan intensiv bog‘ tashkil qilindi. Seleksionerlarimiz yaratgan iqlim sharoitimizga mos, qurg‘oqchilikka, kasallik va zararkunandalarga chidamli sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkaning 170 dan ortiq navi, meva va rezavor ekinlar va uzumning 175 navi parvarishlanmoqda. Bunda paxta maydonlari qisqarib, meva-sabzavot, poliz va uzum yetishtirishga ixtisoslashgan maydonlarning kengayishi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xalqimizni arzon, sifatli, ekologik toza meva-sabzavot mahsulotlari bilan yanada to‘liq ta'minlash, eksport hajmini ko‘paytirish, yetishtirilgan mahsulotlarni chuqur qayta ishlash orqali qo‘shilgan qiymat yaratish bo‘yicha mamlakatimizda katta salohiyat mavjud bo‘lib, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli tadbirlar ana shu salohiyatdan yanada samarali foydalanish imkonini beradi.
Respublikada meva-sabzavotchilik tarmog‘ining tashkiliy-huquqiy asoslarining kengayishi meva-sabzavot yetishtirishda yerdan foydalanish samaradorligini oshirish meva-sabzavotchilik tarmog‘ini va agrar iqtisodiyotning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, buning natijasida quyidagilarga erishiladi: 25
meva-sabzavotchilikda yerdan foydalanish samaradorligini oshirish katta iqtisodiy samara beradi, yalpi sabzavot mahsuloti oshadi, mahsulot tannarxi pasayadi, tannarxni pasayishi foydaning ko‘payishiga sabab bo‘ladi;
meva-sabzavot yetishtiruvchi sub'ektlarning daromadini oshirish rentabellikning oshishiga olib keladi;
ko‘p sifatli va arzon meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarilsa va sotilsa, ishlab chiqaruvchilarning daromadi ko‘payadi, tarmoqda madaniy-maishiy sharoitlarga mablag‘ ajratiladi.
Mamlakatimizda sabzavot va poliz mahsulotlarini yetishtirish, ularni joylarda modernizatsiya qilish, xududlarda innovatsion texnika va texnologiyalarni joriy etish, suv tanqisligi muammolarini yechimini hal qilishda zamonaviy va xorij tajribalaridan foydalangan holda, tomchilatib sug‘orish tizimini chet el kompaniyalari bilan qo‘shma korxonalar tuzish yo‘li orqali amalga oshirish, yetishtirilgan mahsulotlarni sublimatsiya qilish - sabzavotchilik taraqqiyotini ta'minlab, iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkoniyatlarini beradi.
Ilmiy-amaliy izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, mavjud mahalliy va xorijdan import qilingan sabzavot-poliz ekinlari navlari uchun sharoitlar yaratish natijasida mamlakatimizda ancha ijobiy o‘zgarishlarga erishildi. Sabzavot va poliz ekinlari maydonlarining meliorativ holati va tuproq unumdorligini oshirib borish imkoniyatlari ichki va xorijiy investitsiyalar orqali innovatsion texnika va texnologiyalarni joriy etish amalga oshirilmoqda.
Tarmoqni modernizatsiyalash, joylarda innovatsion texnika va texnologiyalarni xorij kompaniyalari bilan hamkorlikdagi tuzilayotgan korxonalar faoliyatini amalga oshirilishi, sabzavotchilik va polizchilik tarmog‘ini modernizatsiya qilish, innovatsion texnika vatexnologiyalarni joriy etish uchun xorij kompaniyalari ishtirokidagi, jumladan Janubiy Koreya mamlakati bilan suv tanqisligini hisobga olib, tomchilatib, tumanlatib sug‘orish modelini joriy etish bo‘yicha Qo‘shma korxonalarni tuzishni ko‘paytirish O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining jadal rivojlanishiga imkon yaratmoqda.
Mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, ularning sifatini yaxshilash, shuning barobarida, mevali daraxt ko‘chatlari turini ko‘paytirish orqali intensiv bog‘lar barpo etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
2017 yilda respublikada 11 ming gektarda intensiv bog‘ va yangi tokzorlar, 1 ming 500 gektarda issiqxonalar barpo etildi. Intensiv bog‘lar tashkil etish uchun Polsha, Serbiya va boshqa mamlakatlardan mevalarning sarxil navlarining 6 milliondan ziyod ko‘chatlari olib kelindi. Bunday bog‘larning ko‘plab afzalliklarga ega ekani bugungi kunda amalda namoyon bo‘lmoqda. Misol uchun, oddiy mevali daraxt ekilganidan boshlab dastlabki hosilini berguniga qadar odatda 4– 5 yil o‘tadi. Intensiv bog‘dorchilikda esa daraxt ikkinchi-uchinchi yildayoq hosilga kiradi. Intensiv bog‘lardagi pakana va yarim pakana daraxtlarning tanasi kichik bo‘lganligi bois ularga yorug‘lik tushishi, havo aylanishi yaxshi bo‘lganligi uchun mevasining sifati va ta'mi yaxshi bo‘ladi. Qolaversa, bunday bog‘larga ishlov berish juda qulay, mevasini terish ham oson. Ayniqsa simbag‘azga olingan bog‘larda narvon ishlatmasdan hosil teriladi. Bunda ish unumli, yuqori bo‘lishi bilan birga terilgan mevalar kelgusida yaxshi saqlanadi.
Qishloq xo‘jaligida kimyoviy va biologik vositalardan oqilona foydalanishda innovatsion texnologiyalar.
Fermer xo‘jaliklarida kimyoviy-biologik vositalardan foydalanishni tashkiliy-xo‘jalik tadbirlari, asosan, zararli organizmlar uchun noqulay yashash sharoitini vujudga keltirish va qo‘llanilishini zamonaviy texnologiyasini ilmiy izlanishlar, laboratoriyalarda tekshuruv ishlarini olib borish va ularni ekin maydonlariga o‘tishini kamaytirishga qaratilgan. Ular quyidagilarni tashkil etadi.(8.1.1-chizma)
●zararli organizmlarning tarqalish maydon hajmini va ularga qarshi ishlatiladigan vositalarni kerakli miqdorini aniqlash;
●ishchi va xizmatchilar uchun texnika xavfsizligi bo‘yicha tizimli ravishda instruktatsiyalar o‘tkazish;
●zararli organizmlarga qarshi kurash guruhlarini tashkil etish va ularni asbob-anjomlar bilan ta'minlash, nazoratchilar guruhini tashkil etish;
11.2-Chizma. O‘simliklarni kimyoviy-biologik himoya qilishni uyg‘unlashtirish.
Respublikaimz qishloq xo‘jaligi, tashkiliy tuzilish nuqtai nazaridan, asosan, fermer xo‘jaliklaridan iborat, bo‘lganligi uchun o‘simliklarni kimyoviy-bioligik himoya qilishda fermer oldiga quyidagi asosiy vazifalar qo‘yiladi.
1.Ekin maydonlarida ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimini joriy etish. Bunda yer unumdorligini va hosildorlikni oshirishni nazarda tutish bilan birga, yerda turli zararkunanda, begona o‘t hamda vilt va boshqa kasalliklarni chaqiruvchi mikroorganizmlar zahirasini kamaytirish nazarda tutiladi.
2.Barcha ekin ekiladigan yerlarda va ularning atrofidagi uvatlarda hamda bog‘larda zararkunandalarning muvaffaqiyatli qishlab chiqishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni mo‘ljallash va amalga oshirish.
3.O‘simliklarni himoya qilish uchun kerak bo‘ladigan biologik va kimyoviy vositalar ehtiyojini hisoblab chiqib, sarf bo‘ladigan harajatlarni rejalashtirish. Purkagichlarni jihozlab, kimyoviy vositalar zahirasini yaratish. Buning uchun tuman o‘simliklarni himoya qilish markazi hamda biolaboratoriyalar bilan shartnomalar tuzish.
4.O‘simliklarni himoya qilish borasida eng so‘nggi tavsiyalarni nazarda tutib, bilim saviyasini oshirib borish va unga qat'iy rioya qilish.
Agrotexnik tadbirlar ekinlarda xavf-xatar tug‘diradigan miqdorda zararli organizmlarni paydo bo‘lishi oldini oladi, xususan:
●zararkunandalarga chidamli bo‘lgan navlarni ekish;
●ekinlarni almashlab ekish;
●tuproqqa ishlov berish va o‘simlik qoldiqlaridan tozalash;
●ekinlarni o‘z vaqtida ekish va qator oralariga ishlovlar berish;
●muddatida sug‘orish va belgilangan miqdorda o‘g‘itlash.
O‘simlik zararkunandalari, kasalliklari hamda begona o‘tlarga qarshi kurash yuzasidan o‘tkaziladigan agrotexnika tadbirlari, asosan, ogohlantiruvchi choralardir. Bu tadbirlar birinchidan, dalalarni xavf-xatar tug‘diradigan miqdorda zararli organizmlar paydo bo‘lishidan asraydi, ikkinchidan, o‘simliklarning zararlanishga bardoshliligini oshiradi, zararkunanda va kasalliklar xuruj qilishiga o‘simliklarning himoyalanish javobini kuchaytiradi, shuningdek himoya tadbirlarining samaradorligini oshiradi. O‘simliklarni turli kasallik hamda zararkunandalardan saqlashga doir agrotexnika tadbirlari o‘simlik o‘stirish agrotexnikasining umumiy qoidalariga zid kelmaydi, balki umumiy agronomiya choralarining bir qismini tashkil qiladi. Agrotexnika tadbirlari zararli organizmlarning ko‘payish xususiyatlari to‘g‘risidagi bilimga asoslangan bo‘lib, eng samarali fursatlarni nazarda tutadi. Masalan, kuzgi shudgor g‘o‘za tunlamining yerdagi inlarini buzib, kapalak uchib chiqishining oldini oladi. Agrotexnik tadbirlar turli usullardan tashkil topadi. 26
Do'stlaringiz bilan baham: |