Agrobiznesda innovatsion faoliyat


-rasm. Diversifikatsiya yo‘nalishlari



Download 34,72 Mb.
bet20/141
Sana21.06.2022
Hajmi34,72 Mb.
#689037
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   141
Bog'liq
агробиз иннов фаолият мажмуа-2020

7.1-rasm. Diversifikatsiya yo‘nalishlari

Fermer xo‘jaliklari faoliyatini diversifikatsiyalashda ham 3 xil diversifikatsiya turlari mavjud bo‘lib:


1.Vertikal diversifikatsiya- mavjud bozorda yangi mahsulotlar bilan ishtirok etish, ya'ni qishloq xo‘jaligi mahsulotlar turini ko‘paytirish (meva-sabzavot, chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqalar).
2.Gorizontal diversifikatsiya- yangi bozorda mavjud mahsulotlar bilan ishtirok etish, ya'ni bir turdagi mahsulotni qayta ishlab, yangi bozorga qatnashish (klaster usuli, masalan paxtachilik tarmog‘ida).
3.Lateral diversifikatsiya- yangi bozorda yangi mahsulotlar bilan qatnashish, ya'ni noqishloq xo‘jalik faoliyatini rivojlantirish (kasanachilik, serviz xizmatlari, qandolat va boshqalar)
Ishlab chiqarishini diversifikatsiyalash bozor innovatsiyasi bo‘yicha, yuqorida ko‘rilayotgan choralardan tashqari, yetishtirilgan mahsulotdan samarali foydalanish, qayta ishlash sanoatini kengaytirish, har xil iste'mol tovarlari turlarini ishlab chiqarishni kengaytirishni talab etadi. Bu qishloq xo‘jalik mahsulotlarining ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi, shuningdek ichki bozordagi singari tashqi bozorda hammahsulotlar raqobatbardoshligini ma'lum darajada ko‘taradi.
Fermer xo‘jaligi ishlab chiqarishini diversifikatsiyalash o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra, bir tomondan, modernizatsiyalashning zaruriy tarkibiy qismi, boshqa tomondan, uni taqozo etuvchi sabab hisoblanadi. Shu jihatdan ushbu ikki jarayon o‘zaro uzviy bog‘liq.Diversifikatsiyalash ham ko‘p mazmunli va serqirra bo‘lib, uni fermer xo‘jaligining ko‘plab soha va jarayonlariga nisbatan qo‘llash mumkin. Fermer xo‘jaligi ishlab chiqarishini diversifikatsiyalash deganda, birinchi navbatda, uning faoliyat sohasini kengaytirish nazarda tutiladi.Odatda, fermer xo‘jaligining faoliyat sohasi u mansub bo‘lgan tarmoq ishlab chiqarishi bilan belgilanadi.
Faoliyatini diversifikatsiyalash, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yoki ko‘rsatilayotgan xizmatlar assortimentini ko‘paytirishni nazarda tutadi. Bu o‘rinda fermer xo‘jaligi turli faoliyat sohalari bilan shug‘ullanishi shart emas. Odatda, bozor iqtisodiyoti sharoitida yagona, bitta mahsulot turini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi barkarorligi xavf-xatarning yuqori darajasi bilan tavsiflanadi. Chunki, ushbu mahsulot bozoridagi kon'yunkturaning salbiy o‘zgarishi fermer xo‘jaligi faoliyatiga jiddiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Shunga ko‘ra, fermer xo‘jaligi an'anaviy tarzda ishlab chiqarayotgan mahsulotlari tarkibini bozor-da yangi talab shakllangan va izchil ravishda o‘sib borayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarish hisobiga kengaytirishi maqsadga muvofiq. Bunday holda, bozordagi u yoki bu mahsulotga bo‘lgan talab qisqarishi yoki narx pasayishi ta'sirida paydo bo‘lgan yo‘qotishlar boshqa mahsulotlarga bo‘lgan talab yoki narx o‘sishi hisobiga qoplanadi.
Ilmiy g‘oyalarni ishlab chiqish va uni keyinchalik materiallashtirishda yangi tashkiliy tuzilmalar-innovatsion markazlar katta rol o‘ynaydilar. Bular o‘z ichiga universitetlar va ilmiy-ishlab chiqarish firmalarini o‘z ichiga oluvchi yangilik kiritishlarning vujudga kelgan texnologik faol kompaniyalaridir. Bu modelda innovatsion biznes keng innovatsion infratuzilma ichidagi barqaror o‘zaro aloqalarni qo‘llab quvvatlaydi, axborotlarni norasmiy almashish va yangiliklarni sotish kanallarini shakllantirishning rivojlangan tarmog‘iga ega. Silikonli vodiy bunday alyansning eng mashhur variant bo‘ladi.
Innovatsion markazlar tarkibida quyidagilarga ega:
- texnologik parklar (ilmiy, ishlab chiqarish, innovatsion, biznes-park va h.k.)(7.2-rasm);
- texnopolislar;
- fan va texnologiyalar mintaqalari;
- innovatsiyalar inkubatorlari.
Texnopark ierarxik tuzilmasini qurish asosida modulli tamoyil yotadi. Uni qurishda foydalaniladigan birinchi element inkubatordir. Texnopark har biri innovatsion xizmatlarning ixtisoslashtirilgan majmuasini taqdim etuvchi markazlarning yig‘indisidan iboratdir.
Texnopolis – bu texnoparklar, inkubatorlar yig‘indisi va shahar hayotini ta'minlovchi turli tuman tuzilmalarning majmuasidir. Fan va texnologiyalar mintaqasi o‘z ichiga texnopolislar, texnoparklar va inkubatorlarni, hamda ilmiy va ishlab chiqarish faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi shoxlanib ketgan infratuzilmani olishi mumkin.


Download 34,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish