2. BITIRUV OLDI MALAKAVIY AMALIYOT MAQSADI VA VAZIFALARI 2.1.Talabalar bitiruv oldi malakaviy amaliyoti mutaxassislarni tayyorlashda Davlat ta’lim standartiga, xususan o‘quv rejaga muvofiq tarzda tashkil etiladi va u ta’lim jarayonining bevosita ishlab chiqarish sharoitida amalga oshiriladigan tarkibiy qismi hamda davomi hisoblanadi.
2.2.Bitiruv oldi malakaviy amaliyotning asosiy maqsadi-talabani bevosita ta’lim standarti talablariga muvofiq mustaqil ishlashga tayyorlash, o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlash, jamoada tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlar olib borish bo‘yicha tajriba hosil qilish, tijorat bankning, byudjet tashkilotining va xo‘jalik yurituvchi sub’ektning tashkiliy bo‘linmalari tuzilishini va funktsional masalalarini o‘rganish, yo‘nalishlarni shakllantirish va tadbiq etishning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini egallash hamda bitiruv malakaviy ishini bajarish uchun materiallarni to‘plash hisoblanadi.
2.3. 5233100 – “Agrosanoatda buxgalteriya hisobi” ta’limi yo‘nalishi talabalarining bitiruv oldi malakaviy amaliyotini tashkil etishda talabalarning tijorat bankning, byudjet tashkilotining va xo‘jalik yurituvchi sub’ektning bo‘limlarni boshqarish tizimi, buxgalteriya bo‘limi faoliyatini tashkil etilishiga, buxgalteriya bo‘limini tuzilishini, hujjatlar aylanishiga, hisob siyosatini tuzilishiga alohida e’tibor qaratish zarur.
2.4. 5233100 – “Agrosanoatda buxgalteriya hisobi” ta’limi yo‘nalishi talabalarining bitiruv oldi malakaviy amaliyoti davrida talabalarni tijorat bankning, byudjet tashkilotining va xo‘jalik yurituvchi sub’ektning amaliy faoliyati bilangina emas, balki uning jamoat ishlari bilan ham yaqindan tanishtirish maqsadga muvofiq.
2.5.Bitiruv oldi malakaviy amaliyotdan kutiladigan natija hamda uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 2.5.1.Talaba o‘zi tanlangan bitiuv malakaviy ishi bo‘yicha ma’lumotlar to‘plashi:
2.5.2.Talaba bitiruv malakaviy ishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ma’ruzalari, asarlari, qarorlari bilan tanishib chiqish:
2.5.3.Talaba bitiruv malakaviy ishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmonlari bilan tanishib chiqish:
2.5.4.Talaba bitiruv malakaviy ishi bo‘yicha huquqiy meyoriy hujjatlar bilan tanishib chiqishi:
2.5.5.Talaba bitiruv malakaviy ishi bo‘yicha birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirilishi va ularni aylanishi bilan tanishish:
2.5.6.Talaba bitiruv malakaviy ishi bo‘yicha birlamchi hujjatlarini rasmiylashtirilishi va ularni aylanishi bilan tanishish:
2.5.7.Talaba bitiruv malakaviy ishi bo‘yicha yetakchi tashkilotlar bilan aloqani o‘rnatish:
2.5.8.Talaba bitiruv malakaviy ishi bo‘yicha zarur bo‘lgan internet saytlaridan ma’lumotlar to‘plash:
2.5.9.Talaba bitiruv malakaviy ishi bo‘yicha yuzasidan yetakchi mutaxassislardan maslahatlar olish:
2.5.10.Talaba bitiruv malakaviy ishi yuzasidan yetakchi mutaxassislardan maslahatlar olish:
2.5.11.Bitiruv oldi malakaviy amaliyotda davomida bitiruv malakaviy ishi bo‘yicha to‘plagan ma’lumotlarni jamlagan xolda bitiruv malakaviy ishini yozishi.