III. BITIRUV OLDI MALAKAVIY AMALIYOT O‘TKAZISH DASTURI. 5233100 – “Agrosanoatda buxgalteriya hisobi” ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha 4-bosqich talabalarining bitiruv oldi malakaviy amaliyotini to‘g’ri tashkil qilish bo‘lajak yosh mutaxassislarni real ishlab chiqarish sharoitlariga tayyorlashning eng muxim shartlaridan biri hisoblanadi.
Ushbu dastur iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash sharoitida “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarning malakaviy amaliyotini tashkil etishning asosi hisoblandi. 5233100 – “Agrosanoatda buxgalteriya hisobi” ta’limi yo‘nalishi talabalarini malakaviy amaliyoti 7–semestrdan so‘ng davom etadi, umumiy malakaviy amaliyot davri–____ hafta (____kun) bo‘ladi.
Talaba bitiruv oldi malakaviy amaliyotini tashkil etish bo‘yicha kalendar rejasiga muvofiq har bir mavzu va undagi topshiriqlarga ajratilgan soatlar amaliyot uchun institutdagi malakaviy amaliyot rahbari tomonidan aniqlanishi va kafedra mudiri tomonidan ma’qullanishi maqsadga muvofiq.
5233100 – “Agrosanoatda buxgalteriya hisobi” ta’limi yo‘nalishi talabalarini bitiruv oldi malakaviy amaliyoti 7–semestrda, ya’ni 2022 yil «______» ____________da boshlanib 202___ yil «______» ________________gacha davom etadi, umumiy bitiruv oldi malakaviy amaliyot davri _____ hafta bo‘ladi. Mazkur mutaxassislikning namunaviy o‘quv rejasiga binoan bitiruv oldi malakaviy amaliyot uchun ajratilgan _____ hafta davomida amaliyot tashkil etilishi kerak. Bunda haftasiga 5 kun, har bir kunda 5 soatdan amaliyot mashqlari, qolgan ____soatida talaba o‘z mustaqil faoliyatini rejalashtirishi talab etiladi.