Paxta tolasining o’ziga xos xususiyati boshqa tabiiy va sun’iy tolalarda
to’qimachilik dastgoxlarida ular bir-biri bilan yaxshi ulanadi. Paxta tolasidan
to’qimachilik sanoatida keng foydalanib, har xil gazlamalar to’qilishidan tashqari,
undan g’altak ip, arqon, jilvir, baliq tutadigan to’r, tasma, transportyor lentalari,
rezina shlanglar uchun maxcuc to’qimalar, filtrlar, elektr simlarining ustini
o’raydigan to’kima va boshqalar tayyorlanadi. Ayrim paxta navlariniig tolasidai
avtomobil shinalarida qistirma (prokladka) uchun ishlatiladigan maxsus kord
to’qimasi, shuningdek, parashyut qilinadigan material, kirza va boshqa narsalar
tayyorlapadi.Paxta tolasidan foydalanib tsellyuloid, foto-kino lentalar, laklar, eng
yuqori sifatli yozuv qog’ozlari va boshqa ko’plab xilma-xil materiallar hamda
buyumlar tapyorlanadi. Ipak gazmollarni to’qishda paxta tolasini ularga
aralashtirib ishlatish mumkin
Paxtaning chigiti ham nihoyatda qimmatli mahsulot hisoblanadi. Tolasi ajratib
olingan chigitning bir qismi ekish uchun, asosiy kismi esa xilma-xil mahsulotlar,
xususan moy olishda ishlatiladi. CHigit moyi oziq-ovqatga ishlatiladi,
shuningdek, texnik maqsadlari uchun foydalaniladi. Tozalangan chigit moyi
konserva sanoatida keng ko’lamda qo’llaniladi, shuningdek, undan margarin, kir
sovun, atir sovun, texnika moyi, alif tayyorlashda ham foydalaniladi. CHigit
moyidan glitserin, stearin va boshqa bir qancha mahsulotlar olinadi.
Moyi olingandan keyin qolgan-kunjara chorva mollarining ayrim- turlari uchun
durustgina kontsentrat — to’yimli oziq hisoblanadi.
CHigit mag’izidan gossipol degap zaharli modda ajratib olinadi. Bu modda
polimerlar, lak, issiqqa chidamli qoplamalar, dorivor preparatlar, bo’yoqlar va
boshqa. materiallar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Moy zavodi chiqindisi
hisoblangan gudron (gossipol smolasiga o’xshash) issiqqa nihoyatda chidamli
bo’ladi, shuning uchun undan qolip tayyorlashda va issiqqa chidamli lak ishlab
chiqarishda foydalanish mumkin.
Linter paxta nomi bilan yuritiladigan chigit tukidan issiq kiyimlarga solishda,
matras-to’shak, mebellar tayyorlashda, meditsinada ishlatiladigan paxta,
tsellyuloza ishlab chiqarishda, sun’iy soch, sun’iy charm va ipak, sun’iy oyna,
linoleum, plastmassalar, avtomobil laki, tselofan, qotoz, ebonit, portlovchi
moddalar va hokazolar ishlab chiqarishda foydalaniladi.
SHulxa deb ataladigan chigit po’chog’i (po’sti) dan ham potash, texnik spirt
olinadi, lak, o’rov ( rulon) qog’oz lari, karton, elektroizolyatsion buyumlar
tayyorlanadi. SHulxada pentazonlar ko’p bo’ladi, undan furfurol (moy-simon
suyuqlik) olinadi. Furfurol qimmatli smolalar va plastmassalar tayyorlashda
ishlatiladi.
G’o’zapoyadan asosan o’tin o’rnida, qisman esa qurilish taxta plitalari
tayyorlashda va mebel ishlab chiqarishda foydalaniladi. YUqumli kasalliklar,
masalan, vilt bilan kasallanmagan dalalardagi g’o’zapoyalarni mashinalarda
maydalab, organik o’g’itlarga aralashtirib yerga solish ham mumkin.
G’o’zapo’choq ham nihoyatda qimmatli hisoblanadi, chunki uning tarkibida
ko’plab oshlovchi modda bo’ladi. G’o’za bargida ko’p miqdorda organik
kislotalar, jumladan, olma va limon kislota bor. Bu kislotalarni g’o’zaning o’suv
davri tugallangandan keyin sanoat yo’li bilan olish mumkin.
Nihoyat, g’o’za sershira (serasal) o’simliklardan hisoblanadi, gektaridan 100-200
Do'stlaringiz bilan baham: