"Agrobank"ning


Tijorat banklarning muommoli kreditlari (NPL) to’g’risids 2022-yil 1-iyun holatiga ma’lumot



Download 384,56 Kb.
bet12/12
Sana22.08.2022
Hajmi384,56 Kb.
#847508
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
AMALIYOT HISOBOTI.BUNYOD 121-GURUH (3)

Tijorat banklarning muommoli kreditlari (NPL) to’g’risids 2022-yil 1-iyun holatiga ma’lumot.










Bank nomi

Kreditlar

Muammoli kreditlar (NPL)






Jami






345 201



18 282

Davlat ulushi mavjud banklar

292 140

16 078

1 O‘zmilliybank



80 476


3 349


2 O‘zsanoatqurilishbank



42 893


2 612


3 Asaka bank



36 797


1 784


4 Agrobank



36 548


1 650


5 Ipoteka-bank



29 493


875


6 Xalq banki



19 073


3 495


7 Qishloq qurilish bank



18 706


994


8 Mikrokreditbank



11 313


710


9 Turon bank



8 557


304


10 Aloqa bank



8 198


287


11 Poytaxt bank



67


2


12 O`zagroeksportbank



19


17




Boshqa banklar



53 061



2 204

13 Kapital bank



10 453


290


14 Hamkorbank

10 264

80

15 Ipak yo‘li bank



7 048


262


16 Orient Finans bank



4 322


27


17 Invest Finance bank



3 926


79


18 Trastbank



3 183


66


19 Davr bank



2 330


19


20 Asia Alliance bank



2 122


148


21 KDB Bank O‘zbekiston



1 839


0


22 Tenge bank



1 787


153


23 Anor bank



1 091


29


24 Savdogar bank



946


106


25 Ziraat Bank Uzbekistan



910


35


26 Universal bank



778


37


27 Turkiston bank



653


474


28 Tibisi bank



646


15


29 Ravnaq-bank



471


246


30 Madad Invest bank



154


27


31 Hi-Tech bank



121


112






Pul Islohatlari;


Pul islohotlari - milliy valyutani mustahkamlash, pul birligini barqarorlashtirish va pul muomalasini tartibga solish maqsadida davlat
tomonidan mamlakat pul tizimini toʻliq yoki qisman qayta tashkil etish. Pul islohotlari qogʻoz pul belgilarining hammasi yoki bir qismi qadrsizlanganda va ularning hajmi koʻpayib, yangisi (qogʻoz yoki metall) bilan almashtirish lozim boʻlganda, pulning oltin qiymati yoki valyuta kursi oʻzgarganda, pul tizimiga oʻzgartish kiritish zarur boʻlganda oʻtkaziladi. Pul islohotlari mamlakatdagi iqtisodiy holatga, pulning qadr-sizlanish darajasiga va davlatning siyosatiga bogʻliq holda turli usullar-da: ortiqcha qogʻoz pullarni yoʻq qilish yoʻli bilan pul hajmini kamaytirish (deflyasiya); eski pul belgilarini yoʻq qilib, yangi qogʻoz pul belgilarini zarur miqdorda chikarish (nullifikatsiya); eski pul belgilarini yirikroq yangi pul belgilariga almashtirish (denominatsiya); pul birligi yoki qogʻoz pul birligi kursining metall qiymati va chet el valyutasiga nisbatan kursini pasaytirish (devalvatsiya); pul birligidagi metall qiymati yoki qogʻoz pul kursini tashki davlatlar valyutasiga nisbatan oshirish (revalvatsiya) va boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
Sobiq Ittifoq (Rossiya)da 1922—23 yillarda eski 1 mln. rubl yangi 1 rublga, Germaniyada Birinchi jahon urushi va undan soʻnggi davrlarda pulning haddan tashqari qadrsizlanishi natijasida 1924-yilgi Pul islohotlari davrida yangi 1 marka eski 1 trln. markaga, Gretsiyada 1944-yil noyabr
da 50 mlrd. draxma yangi 1 draxmaga almashtirilgan edi. Ikkinchi jahon urushi yakunlanishi arafasida va undan keyin bir qator xorijiy davlatlarda Pul islohotlari (Belgiya — 1944-yil, Fransiya, Daniya, Gollandiya va Norvegiya — 1945-yil, Yaponiya — 1946-yil, Avstriya — 1947-yil) amalga oshirildi.
Hozirgi Markaziy Osiyo hududlarida muxim Pul islohotlari Amir Temur hukmronlik qilgan davrdan boshlangan. Uning tashabbusi bilan oʻsha davrgacha muomalada boʻlgan mayda mis tangalar oʻrniga sifat va hajm jihatdan bir necha marta ortiq boʻlgan, yirik qiymatga ega oltin va kumush tangalar zarb etila boshlagan. Amir Temur tasarrufida bir necha zarbxonalar boʻlganligi va ularda zarb etilgan tangalar Yevropada ham mashhur boʻlganligi haqida koʻp maʼlumotlar bor. Birgina Gʻarbiy Eron va Ozarbayjonda Amir Temurning nomi bitilgan 120 turdan ortiq oltin va kumush tangalar muomalaga kiritilgan. Mirzo Ulugʻbek tomonidan 1428-yil
amalga oshirilgan Pul islohotlarida ilgari zarb etilgan mis tangalarning muomalada boʻlishi taqiqlangan. Bir qator shaharlarda — Buxoro, Samarqand, Toshkent, Shohruxiya, Andijon, Qarshi va Ter-mizda yangi tangalar zarb etila boshlagan. Eski tangalarni yangi tangalarga almashtirish tugallangandan keyin, fakat Buxorodagi zarbxona faoliyati saklab qolinib,
qolganlari yopilgan.
Shayboniylar davrida ham tangalar zarb kilishda yangilik kiritilgan. Ol-dingi xukmdorlar tomonidan zarb etilgan tangalardagi yozuvlar ustiga yangi tamgʻalar zarb qilinib, muomalaga chiqarilgan. Bu davrda, asosan, dinor
nomi bilan yuritilgan juda koʻp miqdordagi mis tangalar va vazni 3 g boʻlgan
kumush tangalar muomalada boʻlgan.
19-asrning boshlaridan Buxoro amirligida vazni 4,5 g lik "tillo" nomi (oltin) bilan tangalar zarb etilgan. Kumushdan ishlangan tanga deb ataluvchi pul birliklari 1920-yilga qadar muomalada yurgan. Buxoro amirligida 1918- yildan boshlab muomalaga nominali 20, 60, 100, 200, 300, 500, 1000,
2000, 3000, 5000 va 10000 tangalik qogʻoz pullar chiqarilgan. 1921-yilda Buxoro Xalq banki muomalaga yangi, nominali rublda koʻrsatilgan qogʻoz pullarni chiqara boshladi. Bu pullar 3000, 10000 va 20000 rubl nominaliga ega boʻlgan. 1922-yilda Buxoro Xalq banki tomonidan denominatsiya amalga oshirilib, pulning nominali yuzlab marta kamay-tirilgan va 1, 5, 10, 25, 100 rubllik yangi pullar muomalaga chiqarildi. Ammo koʻp oʻtmasdan, kuchli inflyasiya natijasida past nominaldagi pul belgilari bozor ehtiyojlarini
qondira olmadi va 1000, 2500, 5000 rubllik pullar bosib chiqarildi. 1920—21 yillarda Xorazm Sovet Xalq Respubli-kasi (XSXR) tomonidan muomalaga 250, 500, 750, 1000, 2000, 5000 va 10000 rubl nominalida ipakdan qoʻlda
toʻqilgan maxsus pul belgilari chikarilgan. Ushbu pullar XSXR tugatilganga
qadar, yaʼni 1924-yilgacha muomalada boʻlgan. Yuqori inflyasiya natijasida 1922 — 23 yillarda XSXR tomonidan denominatsiya amalga oshirilib, eski pullarning ustiga ularning yangi no-minalini koʻrsatuvchi tamgalar bosilgan. 1921—22 va undan keyingi yillarda Pul islohotlarini oʻtkazishga qaratilgan qator tadbirlar Turkiston ASSRda amalga oshirildi. 1923—24 yillarda
Buxoro va Xorazm Xalq Respublikalarining pul belgilari RSFSR pul belgilari (rubl chervon) bilan almashtiriddi. Fuqarolar urushi davrida Turkiston frontlar halqasi ichida qolganda Toshkentda Turkiston ASSRning puli — turkbonlar chiqarilgan. Keyinchalik 1921-yil 1-yanvar
dan boshlab Turkistonda 3 oy davomida Pul islohotlari oʻtkazilib, turkbon RSFSR pul birligiga 10:1 nisbatda almashtirildi. 1947-yilda sobiqSSSRda Pul islohotlari oʻtkazildi, mahsulotlarni taqsimlashda kartochka tizimi tugatildi va davlat kooperativ chakana savdosi nar-xida yagona tartib oʻrnatildi. Muomaladagi hamma pul belgilari 10:1 nisbatda yangi pul belgilariga almashtirildi. 1950-yilga kelib oltin tovar za-xirasining koʻpayishi, chet el valyutasiga nisbatan pul kursining oshishi, narxlar masshtabi oʻzgarishi 1961-yilda muomaladagi pul belgilarini 10:1 nisbatda yangi pul
belgilariga almashtirilishiga olib keldi.
Oʻzbekiston Davlat mustaqilligiga erishgach, Rossiya oʻz milliy valyutasini chiqargunga qadar boshqa sobiq It-tifoq respublikalari singari vaqtincha rubl zonasida qoldi va mamlakatda amalda boʻlgan iqtisodiy shart- sharoitlarni hisobga olib, oʻz milliy valyutasini muomalaga kiritishni ikki bosqichda amalga oshirdi. Bi-rinchi bosqich: 1993-yilning 15-noyabrdan ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqa va aholi daromadlarining oʻz vaqtida toʻlanishini, respublika ichki isteʼmol bozorini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlov vositasi sifatida 1961—92 yillardagi rubl banknotlari va Rossiya bankining 1993-yildagi rubli bilan parallel ravishda 1:1 nisbatda oraliq valyuta sifatida "soʻmkupon" muomalaga kiritildi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki muomalaga qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 soʻmkupon
qogʻoz pullarni chiqardi. Ikkinchi bosqich: 1994-yil 1-iyulidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi soʻm 1 soʻm = 1000 soʻmkupon nisbati bilan muomalaga kiritildi. Markaziy bank muomalaga qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 soʻm boʻlgan bank qogʻoz pullari
(banknotlar) va 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyin boʻlgan metall tangalar chiqardi.
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz milliy valyutasini muomalaga kiritishi, ikki bosqichli bank tizimi va musta-qil pul tizimi tashkil etilishi pul-kredit siyosatinp erkin yuritish im-konini berdi. Hisobkitoblarni yengillashtirish maqsadida 1997-yildan boshlab muomalaga 200 soʻmlik, 1999-yildan 500
soʻmlik va 2001-yildan 1000 soʻmlik bank qogʻoz pullari (banknotlar)
muomalaga chiqarildi.

Hulosa va takliflar;


Bank tizimi barcha mamlakatlar uchun eng qulay ish oib boorish (pul o ’ tkazmalari) ni amalga oshirish va boshqa yo ’ nalishlarni amalga oshieishda fuqorolarga qulay xizmat qiladigan tizimdir. Malumki jismoniy va yuridik shaxslar valyuta bilna bog’liq ayrim masalalardsa bankga murojat qilishga to’g’ri keladi. Bu borada ularning shu sohadagi ishi bo ’ yicha bank o ’ z faoliyatini ko ’ rsatadi. Demakki bank barcha uchun nafaqat valyutalarni boshqa taluqli masalalar bo ’ yocha ham masul.Har bir bank o’zining ichki sirlari bo’lar ekan.U sirlarni bankdan olib chiqish yoki begona shaxslarga tarqatish qatiyan man etilar ekan.Bir bo ’ im boshqa bolimlar bilan kelishib ish yuritar ekan. Hozirgi kunda Agrobankda qishloq ho ’ jaligini mablag ’ bilsan taminlash binan bir qatorda kridit berish va chetel valyutalarini qabul qilishda va mijozlarga taqdim qilishda o ’ z vazifasini bajarmoqda. Bank tizimida hushyorlik va aqil bilan ish tutisdh kerak ekan.Negaki valyuta bilan bog’liq ishlarda har bir qilingan xato nafaqat ban balki hodim uchun ham ortiqcha muommolarni kelyirar ekan.CHunki bank tizimida katta miqdaordagi valyutalar bilan bog’liqturli oddiy va murakkab amallar bajarilar ekan.Hodimdan o’ tkir zehin, zamonaviy qurilmalarda ishlash layoqatiga ega bo ’ lish kerak ekan, yani davr talabi bo’lgan kampyuter qurilmalari va bankomatlardan amaliy bilimlar talab etilar ekan.
Taklif borasida har bir bankda kuzatilgani kabi dastlabgi ish kunlarida mijozlar tomonidan murojat etish bo ’ yicha turli tartibsizliklar kelib chiqishi ish jarayoniga va mijozlarning o ’zlariga ham ta ’sir qilmoqda. Bu albatta ish unimini kamayishga olib keladi.
Bu borada TEST sino ’ vi tariqasida raqamlangan kartichkalar yoki zamon bilan ham nafas holda online ro’yxatdan o’tish jarayonlarini sinab ko’rish kerak.
Ilk kirib kelayotgan shaxisalar uchun yoki bir biri bilan bo’liq bo’lgan bo’ limlar uchun ko ’ rsatmaga ega RANGLI YO ’ LAKchalar ham ishga tushirish kerak. Bu mijozlarga yengillik maqsadida va hodimlarning ishidan ortiqcha chalg’ ishini oldini olishda asa qotadi.
Nogironligi bo ’ lgan shaxslar uchun o ’ zlari kela olmasligi sababli o ’ z vakolatini berib yuborilgan shaxislar uchun bazi bir qoida va tartiblar asosida xizmat ko’rsatishni amalga oshirish kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati;


Uz.wikipediya; agro.uz; agrobank.uz; hozir.org/sayidakbarov bahodir;
Download 384,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish