Аграр тармоқ иқтисодий салоҳиятини оширишда институционал ислоҳотлар ва



Download 7,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet622/678
Sana08.06.2022
Hajmi7,69 Mb.
#643555
1   ...   618   619   620   621   622   623   624   625   ...   678
Bog'liq
TDAU Toplam 2021

 
634 
- muhimlik dapajasi (prioritetlar).
Samapalilik mezonini sifatli va mikdopiy shakllapda aniqlanadi, bunda 
ma’lum bip maqsadga epishish, unga epishishning bip necha mezonlapi bilan 
baholanishi mumkin. Samapalilik ko‘psatkichlapi maqsadlapni odatdagi 
bajapilishning o‘lchovidip. 
Bunda, mezon - o‘lchov shkalasidagi nuqta yoki interval bo‘lsa, 
ko‘psatgichlap o‘lchashlapdagi o‘lchov birligidir. Misol uchun, maqsad 
"agrotexnologik tadbirlardagi yoqilg‘i sapfini kamaytipish"ni quyidagi mezon 
bilan xapakteplash mumkin: biplik quvvatga nisbatan bip soatdagi shaptli 
yoqilg‘ining sapfi. Yoqilg‘i sarfini minimal darajada ushlab turuvchi boshqarish 
amalga oshirilsa, unda maqsadga erishilgan hisoblanadi. Maqsadga odatdagi 
erishish (ko‘rsatgichlar) konkret sonli qiymatlar bilan aniqlanadi, misol uchun 2,5 
birlik (soatga nisbatan shartli yoqilg‘i) MVt. 
Maqsadlarni muhimlik xossalarining sonli xarakteristikasi muhimlik darajasi 
deyiladi. Ko‘rsatib o‘tilganidek, barcha mezonlarni sifatli va miqdoriylarga ajratish 
mumkin. 
Sifatli mezonlarga - qo‘yilgan maqsadga erishilganlik dalilini qayd qiluvchilar 
kiradi. Bunday mezonlar yordamida tizimlarning ishonchliligi, barqarorligi nuqtai - 
nazaridan ishga yaroqliligini xarakterlash mumkin (yaxshi yoki yomon, ko‘p yoki 
kam).
Miqdoriy mezonlar uchun yechimning har bir variantiga ularning ma’lum bir 
sonli qiymatlarini mos kelishi xarakterlanadi. Bunday mezonlar, yechimlar ma’lum 
bir kattaliklarga o‘zgarganda ularning qiymatlari qancha marotaba farqlanishini 
ko‘rsatadi. 
Tizimlarning ishonchliligi:
ishonchlilik - obektning berilgan funksiyalarini bajarish xossasi bo‘ladi, u 
ma’lum bir foydalanish rejimi va shart - sharoitlari, texnik xizmat ko‘rsatish, 
ta’mirlash, saqlash va ko‘chirishga mos keladigan berilgan chegaralardagi 
belgilangan ishlatish ko‘rsatkichlari qiymatlarini vaqt bo‘yicha saqlab turishni 
baholaydi.
Ishonchlilik - obektining kompleks xossasi bo‘ladi, u quyidagi to‘rt tashkil 
qiluvchilardan iborat bo‘ladi:
Buzilmasdan ishlash - obektni ma’lum bir vaqt mobaynida ishga yaroqli 
holatini uzluksiz saqlash xossasidir;
Ta’mirga yaroqliligi - obektini undagi to‘xtashlar, buzilishlarning oldini olish 
va paydo bo‘lish sabablarini payqashga moslashtirish, ta’mirlash va texnik xizmat 
ko‘rsatish yo‘li orqali ularning oqibatlarini tugatish xossasidir;
Saqlanuvchanlik - obektini saqlash va ko‘chirish mobaynida va ulardan 
keyingi davrda ham o‘zining buzilmasdan va ishga yaroqli holatini uzluksiz 
saqlash xossadir;
Uzoqqa chidamlilik - obektini, o‘rnatilgan texnik xizmat ko‘rsatish va 
ta’mirlash tizimi bo‘yicha chegaraviy holatga tushguncha ishga yaroqliligini 
saqlash xossasidir. 



Download 7,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   618   619   620   621   622   623   624   625   ...   678




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish