431
belgilangan mablag‘larni samarali o‘zlashtirish va natijadorligini ta'minlash
maqsadida “Loyiha ofislari” rahbar va xodimlari malakasini oshirish va ularni
o‘qitish belgilab olindi.
2021 yili eksport hajmi 17 milliard dollar atrofida bo‘lishi prognoz
qilinmoqda. Shundan kelib chiqib, mutasaddilarga eksport shartnomalarini
hozirdanoq
tuzish,
Eksportni
qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan
eksportoldi moliyalashtirish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha rejalar belgilandi.
2021 — 2023-yillarda kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirishning yig‘ma prognoz
parametrlari, shuningdek, 2021—2023-yillarda investitsiyalar va kreditlarni
o‘zlashtirish hamda jalb qilishning prognoz parametrlari 928,3 trln so‘m
miqdoridagi markazlashgan va markazlashmagan investitsiyalar, jumladan 37,5
mlrd AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishini nazarda
tutuvchi hamda 226 ta yangi ishlab chiqarish quvvati va 34 mingdan ziyod ish
o‘rni yaratilishini nazarda tutuvchi 2021-yilda yirik ishlab chiqarish obyektlari va
quvvatlarini ishga tushirish bo‘yicha manzilli investitsiya dasturi tasdiqlandi. [1].
O`zbekiston Respublikasining 2020 yilda kapital quyilmalarning yig`ma
ko`rsatkichlari jadvalidan ko`rinib turibdiki, Respublika bo`yicha jami 2020 yilda
kapital quyilmalarning yig`ma prognoz ko`rsatkichlari jami 233 186 mlrd.so`mdan,
markazlashtirilgan investitsiyalarga 43 399 mlrd.so`mni tashkil etib, yerlarning
meliorativ holatini yaхshilashga yo`naltirilgan qismi 216 mln.dollarni yoki
ekvivalent so`mdagi hisobi 2 160
mlrd.so`m rejalashtirilgan bo`lib, jamiga
nisbatan qariyib 1 foizni va markazlashtirilgan investitsiyalarga nisbatan esa 5.4
foizni tashkil etgan.
Investitsiya va kreditlarni o`zlashtirishning 2020 yil ko`rsatkichlari jadvaldan
ko`rinib turibdiki, jami 2020 yilda investitsiya va kreditlarni o`zlashtirishning jami
129 109 mlrd.so`mdan agrar va oziq-ovqat sohasiga 6 230 mlrd.so`m to`g`ri
kelishi rejalashtirilgan bo`lib, jamiga nisbatan 4.82 foizni tashkil etgan.
To`g`ridan-to`g`ri investitsiyalar va kreditlarni jalb qilishning 2020 yil
ko`rsatkichlari jadvalidan ko`rinib turibdiki, jami 2020 yilda to`g`ridan-to`g`ri
investitsiyalar va kreditlarni jalb qilish bo`yicha 9,114 mlrd. dollardan agrar va
oziq-ovqat sohasiga 142 mln.dollar to`g`ri kelishi rejalashtirilgan bo`lib, jamiga
nisbatan atigi 1.56 foizni tashkil etgan.
2021-yilda investitsiyalar va kreditlarni o‘zlashtirish bo‘yicha prognoz va
maqsadli
parametrlar
ko’rsatkichlaridan ko`rinib turibdiki, 2021-yilda
investitsiyalar va kreditlarni o‘zlashtirish bo‘yicha prognoz va maqsadli
parametrlar ko`rsatkichlari jami 153682,3 mlrd.so`m, shu jumladan to‘g‘ridan
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 55827,2 mlrd.so`m, kafolatlanmagan xorijiy kreditlar
esa 27672,5 mlrd.so`m hamda davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar 31701,1
mlrd.so`mni tashkil etmoqda. Jamiga nisbatan agrar va oziq-ovqat sohalarini
rivojlantirish masalalariga 7097 mlrd.so`m yoki 4.6 foiz, bunda asosiy bo’lib
davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar ulushi (5899.1 mlrd.so`m) 83.1 foizni
tashkil etmoqda.
2021-yilda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |