428
O‘ZBEKISTON AGRAR SOHASIGA INVESTITSIYALARNI JALB
QILISH MASALALARI
O.M. Azizov –
TDAU, kata o‘qituvchi
L.I. Bobomurodova–
TDAU, talaba
Butun iqtisodiyotning o'sishi qishloq xo'jaligining rivojlanishiga bog'liq.
Ammo, qishloq xo'jaligi sarmoyalar uchun foydasi kam bo'lgan soha hisoblanadi.
Agar davlat barqaror va kuchli iqtisodiyotdan manfaatdor bo'lsa, u qonunchilik va
ijro etuvchi darajalarda qulay investitsiya muhitini yaratishga hissa qo'shishi kerak.
Shuning uchun qishloq xo'jaligiga sarmoyalarni jalb qilish masalasi iqtisodiyotni
rivojlantirishning muhim masalalaridan biri bo'lib qolmoqda.
2020 yilda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida olti yarim million tonnaga yaqin
g‘alla, 3 million tonnadan ziyod paxta xom ashyosi, 21 ming tonna pilla, 22
million tonna meva-sabzavot, ikki yarim million tonna go‘sht va 11 million
tonnadan ziyod sut mahsulotlari yetishtirilgan.
1
O’tgan yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga yo‘naltirilgan
677 milliard so‘mlik 80 ga yaqin loyiha, 1 trillion 240 milliard so‘mlik investitsiya
mablag‘lari asosida 12 ta agrologistika markazi ishga tushirilib, qariyb uch yarim
ming yangi ish o‘rni yaratildi. Shuningdek, paxtachilik klasterlari, chorvachilik,
parrandachilik,
baliqchilik,
quyonchilik
tarmoqlarida
hamda
zamonaviy
issiqxonalarning barpo etilishi natijasida 14 mingga yaqin aholi ish bilan
ta’minlandi.
Ayni paytda chorvachilikda naslchilikni yaxshilash, zotdor chorva mollarini
ko‘paytirish, ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, ushbu sohaga
davlat tomonidan subsidiyalar ajratib berish bo‘yicha katta ishlar amalga
oshirilmoqda. Jumladan, o‘tgan davrda chorvachilik xo‘jaliklariga ushbu
maqsadlar uchun 20 milliard so‘mga yaqin subsidiyalar ajratildi.
Investitsiya resurslarini jalb qilish va rivojlantirishni tashkil qilish uchun
investitsiya faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan tartibga solish usullarini
qo'llash zarur hamda ular milliy iqtisodiyotning tegishli rivojlanish (tsikli)
darajasiga to'g'ri kelishi kerak.
Qishloq xo'jaligida investitsiya faoliyatini tartibga solish O’zbekiston
Respublikasining milliy maqsadlari va manfaatlarini amalga oshirishda muhim
ahamiyatga ega. Ular quyidagi vazifalarni hal etishga intiladi.
Davlat uchun: iqtisodiyotni modernizatsiya qilish asosida barqaror iqtisodiy
o'sishni ta'minlash va shunga muvofiq investitsiya faoliyatini kengaytirish,
institutlari faoliyati samaradorligini va moslashuvchanligini oshirish maqsadida
mamlakat iqtisodiy tizimini samarali o'zgartirish, tashqi iqtisodiy aloqalarda milliy
manfaatlarni himoya qilish hisoblanadi.
Iqtisodiy sub'ekt uchun: investitsiya faoliyati yo'nalishlarini, investitsiya
xarajatlarini, ularni amalga oshirish manbalarini, moliyaviy natijalarni, qoplash
1
www. review.uz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 dekabrdagi qishloq xo’jaligi xodimlarini
tabrigi ma’ruzasidan
Do'stlaringiz bilan baham: |