469 faoliyatida uzoq, muddat mobaynida foydalanishi yoki ijaraga berilishidir.
Shuningdek, ularning yana boshqa xususiyatlari - xizmat muddati mobaynida
o‘zini natural-buyum shaklini saqlab qolishi va o‘z qiymatini sekin-asta eskirish
tariqasida chiqarib borishidir.
5-sonli “Asosiy vositalar” nomli BHMSga muvofiq “asosiy vositalar —
korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo‘jalik faoliyatini yuritishda mahsulot
ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud
ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish
uchun tutib turiladigan moddiy aktivlar”dir
1
.
Bizning fikrimizcha, 5-sonli “Asosiy vositalar” nomli BHMSda keltirilgan
ta’rif asosiy vositalarning xususiyalarini nisbatan to‘liqroq ochib beradi.
Korxona tomonidan xarid qilingan har qanday ob’ekt ham yuqoridag
keltirilgan ta’rifga mos kelgan holda uzoq muddat davomida foydalanish uchun
tutib turilsa ham asosiy vosita sifatida tan olinishi uchun bir qator mezonlarga
javob berishi kerak.
Eng avvalom, korxona tomonidan xarid qilingan ob’ektlar aktiv sifatida tan
olish mezonlariga javob berishi kerak. 5-sonli “Asosiy vositalar” nomli BHMSning
6-bandiga muvofiq aktiv sifatida tan olinishi uchun quyidagi talablarga javob
berishi kerak:
“a) korxonaga kelgusida aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy naf kelib tushishiga
ishonch bo‘lsa;
b) aktiv qiymatini aniq baholash mumkin bo‘lsa”
2
.
Shuningdek, 5-sonli “Asosiy vositalar” nomli BHMSga 4-bandiga muvofiq
aktiv sifatida tan olingan ob’ekt bir vaqtning o‘zida quyidagi mezonlarga javob
bersa, asosiy vosita sifatida tan olinadi:
“a) bir yildan ortiq xizmat muddati;
b) bir birlik (to‘plam) uchun qiymati O‘zbekiston Respublikasida (xarid
paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq
bo‘lgan buyumlar”.
5-sonli BHMSga muvofiq korxona rahbariga hisobot yilida buyumlarni asosiy
vositalar tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini
belgilash huquqi berilgan. Ya’ni korxona rahbariyati tomonidan aktivlarni asosiy
vosita sifatida tan olish uchun ular qiymatining eng kam miqdorini korxonaning
hisob siyosatida ko‘rsatilishi zarur.
5-sonli “Asosiy vositalar” nomli BHMSga muvofiq, xizmat muddati va
qiymatidan qat’iy nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi:
a) maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni seriyalab va
ommaviy ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmani tayyorlash uchun
mo‘ljallangan maqsadli vazifadagi asboblar va moslamalar);
1
Асосий воситалар. 5-сонли БҲМС. Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги томонидан 2003 йил 9
октябрда, 114-сон билан тасдиқланган. https://lex.uz/acts/821041
2
Асосий воситалар. 5-сонли БҲМС. Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги томонидан 2003 йил 9
октябрда, 114-сон билан тасдиқланган. https://lex.uz/acts/821041