Агиографик асарлар тавсифига доир


 Agiografik asarlarning janriy tasnifi



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/23
Sana18.04.2022
Hajmi0,96 Mb.
#561103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
agiografik rivoyatlarning badiiy talqini

 
1.2. Agiografik asarlarning janriy tasnifi 
Musulmon Sharqi adabiyotida agiografik asarlar qadimdan mavjud 
bo‗lsada, bunday asarlar ―holot‖, ―manqaba‖, ―manoqib‖, ―maqoma‖ va 
ba‘zan ―tazkira‖, ―shajara‖ hamda ―tarix‖ kabi istilohlar bilan qo‗llanib 
kelipgan. Lekin Sharq adabiyotida bunday asarlar hech qachon asosiy adabiy 
janr maqomini olmagan. Yevropa sharqshunoslari muqaddas yozuvlarning 
hammasini umumlashtirib, 
agiografiya
istilohi bilan yuritsalar-da, Sharqda 
muqaddas yozuvlarning turlari o‗ziga xos alohida nomlar bilan atalgan: qabr 
toshlari – bitik toshlar, devor yozuvlari – kitobat va h. Sharqda agiografiya 
janriga mos yuqorida sanalgan istilohlarning hammasi arab tilidan o‗zlashgan 
va ularning har biri ham mazmunan bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun 
ularni qisqacha izohlashni maqsadga muvofiq hisoblaymiz. 
Holot
– lug‗atda holatning ko‗pligi – ―holatlar‖, ―ahvol‖; adabiy janr 
sifatida ma‘lum bir mu‘tabar zot – ilm va adabda mumtoz so‗fiyning hayoti va 
fazilatlari haqida hikoya qiluvchi asarni anglatadi. Masalan, Alisher 
Navoiyning ―Holoti Sayid Hasan Ardasher‖, ―Holoti Pahlavon Muhammad‖ 
kabi asarlarni kiritishimiz mumkin. Bunday asarlarda bir kishining hayotini 
aks ettirish bosh maqsad qilib qo‗yilsada, ma‘lum bir jamiyatdagi umumiy 
ahvol, shart-sharoitlar, o‗sha davrga xos bo‗lgan chizgilar ham aks ettiriladi
14

Manqaba
(t) – lug‗aviy ma‘nosi ―yaxshi sifat‖, ―maqtov‖; istilohda 
ma‘lum bir ulug‗ zot – ulug‗ pirlardan birining fazilatlari maqtalgan asar, 
risola. Manqabalar uchun xuddi G‗arbdagidek xalq hikoyat va rivoyatlar 
13
G‗oyiblar xaylidan yongan chiroqlar (Maqolalar to‘plami).– Toshkent: O‗zbekiston, 
1994. – 27-b/
14
Комилов Н. Дарвеш Саййид Ҳасан таърифида // Ўзбек тили ва адабиѐти. – Т., 1990. 
- № 6. – Б. – 8. 


15 
uslubiy asos bo‗lib xizmat qildi. Lekin ularning eski hikoyat va rivoyatlardan 
farqli jihati ilohiyot mafkurasining ustuvorlik kasb etishidir. Sodir bo‗layotgan 
har bir hodisa ilohiy taqdir va ilhom natijasi ekani manoqiblarning muhim 
xususiyati sanaladi. SHuning uchun ham ularda asosan payg‗ambar, avliyo 
yoki unga tenglashtirilgan shaxsning hayotidagi g‗ayrioddiy hodisalar tavsif 
qilinadi. 
Manoqib
– manqabaning ko‗pligi. 
Maqoma
– lug‗atda ―o‗rin‖, ―joy‖, ―daraja‖ ma‘nosini anglatadi. 
Istilohda ijodkor, olim, mutasavvif kabilarning hayot yo‗llari, o‗z 
zamopasidagi o‗rni yoki darajasini yoritgan asar. 
Tazkira
– lug‗aviy ma‘nosi ―zikr qilmoq‖, ―yod etmoq‖ ma‘nosini 
anglatadi. Istilohda badiiy ijod vakillari, biror tabaqa hayoti haqida ma‘lumot 
beruvchi va ularning faoliyatlari to‗g‗risida hikoyalar yoki ijodlaridan 
namunalar aks ettiriluvchi asardir. Tazkiralar ko‗pincha ijodkorlar haqida 
yozilgan. Lekin mutasavviflar tomonidan uning avliyolarni zikr etuvchi 
variantlari ham yaratilgan
15
. Ularning ba‘zilarida janr asarning nomlanish 
tarkibidan o‗rin olsa, ba‘zilarida ishtirok qilmaydi. Abdurahmon Jomiyning 
―Nafohatu-l-uns mina-l-hazaroti-l-quds‖, Alisher Navoiyning ―Nasoyimu-l-
muhabbat‖, G‗ulom Sarvar Lohuriyning ―Xazinatu-l-asfiyo‖ kabi asarlari
xuddi shunday nomlangan. Biroq bunday agiografik asarlarning tazkira 
shaklida yozilganini ko‗ramiz. 
Shajara
– lug‗aviy ma‘nosi ―daraxt‖, ―daraxtning yerdan yuqori qismi‖ 
ma‘nosini anglatadi. Istilohiy ma‘noda tazkiraning bir turi bo‗lib, u muayyan 
nasab sulolasi yoki ma‘lum bir siyosiy, ilmiy, ijodiy, amaliy guruh, toifa, 
maktab namoyondalari silsilasi hayoti va faoliyatiga doir ma‘lumotlar 
majmuidan iborat. Agar shajara ma‘lum mazhab namoyandalari yoki tariqat 
pirlari silsilasi, ularning diniy va dunyoviy mavzudagi ibratli fazilatlari hamda 
15
G‗oyiblar xaylidan yongan chiroqlar (Maqolalar to‘plami).– Toshkent: O‗zbekiston, 
1994. – 36-b


16 
faoliyatlari haqida yozilgan bo‗lsa, ya‘ni muqaddas tushunchalarning ma‘lum 
zotlarda zohir bo‗lishi yoritilgan bo‗lsa, uni agiografik asar sifatida baholash 
mumkin. 
Ta‘rix – tor ma‘noda ma‘lum shaxs yoki voqea haqida ham yoziladi. 
Agar u biror muqaddas zot to‗g‗risida bo‗lsa, agiografiyaga taalluqli 
hisoblanadi. 
Ko‗rinib turganidek, bularning hammasi mustaqil janrlar bo‗lib, 
―Agiografik janr‖ degan tushuncha Sharqda mavjud bo‗lmaganidan dalolat 
beradi. Qadimdan adabiy asarlar tasnifida tur va janrlar bilan birga ijodiy 
metod yaratuvchi va iste‘molchilarining tabaqasi, mavzuiy va g‗oyaviy 
jihatlari ham alohida o‗rin tutgan. Agiografik asarlarda ham aynan mavzu va 
g‗oyalarning yaxlitligi bunday asarlarni yagona nom ostida birlashtirish 
zaruratini ko‗rsatadi. 
Shunday qilib, XV-XVI asrlarda diniy ruhdagi hikoyat va rivoyatlarni 
badiiy jihatdan qayta ishlash keng tus oldi. Ularning bosh qahramonlari, 
odatda, yo payg‗ambar, yo avliyo, yoki mashhur anbiyolar, ba‘zan esa el 
og‗ziga tushgan ulug‗ allomalar bo‗lgan. Bunday asarlarda turlicha motivlar 
qo‗llangan bo‗lib. bulardan biri muqaddas zotning tug‗ilishi motividir. 
Shaxsning ulug‗ zotga aylanishida albatta uning ajdodi ham muhim 
ahamiyatga ega. Avliyolarning muqaddas shajara silsilasida dunyoga kelishi 
ko‗proq namoyon bo‗ladi. Shuning uchun ham manoqib va holotlarda 
ko‗pchilik avliyolarning ota-onalari ba‘zan bobolari ham alohida tasvirlanadi. 
Avliyolarning yo otalari, yo onalari yoki ularning ikkalalari ham ilohiyot 
kishilari, taqvodorlar, ozmi-ko‗pmi bu sohada martabaga erishgan zotlar 
sifatida qayd etiladi. Agar avliyoning ota-onalari bunday zotlardan bo‗lmasa, 
ular o‗rtasida bahs sodir bo‗ladi va avliyo farzand bahsda ota-onasi ustidan 
g‗olib keladi. Bunga avliyo Mashrabning tug‗ilishi haqidagi hikoyat misol 


17 
bo‗la oladi. Yoki 7 yoshli Ibrohimning onasi bilan bahsini eslash kifoya
16

Ba‘zi agiografik asarlarda tug‗ilish boshqa bir avliyoning karomatli duosi 
ijobati sifatida ro‗y beradi. Bunda ham, albatta, ota-onaning biror-bir fazilati 
sabab bo‗ladi.
Farzandning tug‗ilish zamoni va makoni ham agiografik asarlarda 
alohida qimmatga ega. Payg‗ambar, avliyolarning tug‗ilishi arafasida yoki 
tug‗ilgan paytida koinotda, tabiatda va jamiyatda mu‘jiza sodir bo‗ladi. 
Tug‗ilish muqaddas kunlarning birida yoki muqaddas manzilda yuz beradi. 
Masalan, Hazrat Alining Ka‘bada tug‗ilishi voqeasi. Tunda nur balqishi
iymon va kufr ahllari o‗rtasidagi urushda iymon ahliga zafar kelishi, xalq 
orasida ulug‗ zot tug‗ilishi haqida bashoratlar yurishi kabilar ham shular 
jumlasidandir
17

Ba‘zi agiografik asarlarda bolalikning g‗ayrioddiy g‗aroyibotlari tasviri 
beriladi. Bu motivda ham bolaning taqdiri ilohiyot bilan azaldan bog‗liq 
bo‗lgani aks ettiriladi. Bola tug‗ilishi bilan oilaga baraka kelishi, bolaning 
ta‘limda boshqalardan o‗zib ketishi, mudarrisini, olimlarni, hatto 
hukmdorlarni savol-javobda mot qilishi, darsda ham, o‗yinda ham boshqa 
bolalardan farq qilishi, uning atrofida realiyada mumkin bo‗lmagan 
hodisalarning ro‗y berishi kuzatiladi. 
Agiografik asarlar qahramonlari aksar vaqt gunohlardan tug‗ma forig‗ 
zotlar sifatida talqin qilinadi. Ular axloqan benazir, fazlu adabda komil, ilmu 
zakoda oliy zotlar. Har bir voqea va hodisaning mohiyatini idrok etib, uni 
mukammal tahlil qilish va shunga yarasha tadbir topishda mumtozdirlar. 
Shunday bo‗lsa-da, ba‘zan ularning yoshlikda gunoh ishlarga, mol-dunyo 
muhabbatiga, mansab-martaba havosiga ruju‘ qo‗yganlari ham zikr qilinadi. 
Bunday zotlar biror kishi yoki voqea sabab hidoyat topadilar. Bundaylarning 
16
Рабғузий, Носируддин Бурҳонуддин. Қисаси Рабғузий. Биринчи китоб. – Тошкент: 
Ёзувчи, 1990.
17
Маҳмудов Ж.Ҳ. Паҳлавон Маҳмуд ҳаѐти ва адабий меросининг матний тадқиқи: 
фил. фан. номзоди... дисс-я Автореферати. – Т.: Ўз ФА ТАИ, 2006. – 8-b.


18 
azal taqdirida ulug‗lik borligi hikoyalar avvalida turli ko‗rinishlarda bashorat 
qilinadi. Aslida ular hidoyatga boshlovchi kishi yoki voqeaga o‗z irodalari 
bilan yo‗liqadilar. Misol tariqasida Sayyid Hasan Ardasherning hayotini 
kuzatamiz. U turli mansab va vazifalarda ishlab yurgan davrida majlislarda 
hamma rindlardan ko‗proq ichadi. Rindlarning ba‘zilar ikki, uch marta 
mastligini tarqatib kelish uchun majlisni tark qiladilar. Yana qaytib 
kelganlarida Sayyid Hasan o‗z o‗rnidan qo‗zg‗almagan bo‗ladi. Majlis 
ahlining barchalari mast bo‗lib qoladilar. Sayyid Hasan ularni bir-bir uylariga 
eltib qo‗yadi. ―Ba‘zi kunlar alar suhbatida sodda yuzluk yigitlar mast 
bo‗lguncha ichib, chun alar atvorig‗a ancha e‘timodlari bor erdikim, o‗z 
uylaridin eminrak bilurlar erdi, ham yiqilsalar erdi, alarni atodek kishilarning 
amnobod uylariga yotquzub, qufl qildurub, mu‘tamad amin kishilar alar 
muhofazati uchun ta‘yin qilib, eshikni ustidin bog‗latib, ul muhofizg‗a 
tashqaridin posbonliq buyururlar erdi. Va sabuhiy vaqtig‗acha bir-ikki qatla 
barcha usruk yotg‗on rindlardin o‗zlari yurub xabar tutarlar erdi‖
18
. Bunday 
fazilatlarga ega zot bir kun hidoyat topishi va ulug‗lik kasb etishi 
shubhasizdir. Oxir-oqibat shunday bo‗ladi ham. 
Agiografik asarlarda boshqalarga qaraganda analogik holatlar ko‗proq 
uchraydi. Barqaror motivlar syujetlar mushtarakligini ham keltirib chiqaradi. 
Shaxsning ulug‗ligi uning Haq tomonidan saylanishidan tashqari, xalqqa 
xizmati bilan ham belgilanishi ana shunday syujetlarga boisdir. Shayx yoki 
avliyoning ma‘lum bir joyga suv chiqarishga azm qilgani, bunda u karomat 
zohir qilib daryo suviga asosini tekkizib sudragani, muridlariga bu holni 
kuzatmaslik, ya‘ni orqaga qaramaslikni tayinlashi, bir muridning sabrsizlik 
qilib orqaga burilib qarashi, suvning o‗sha yerda to‗xtashi va suv yo‗lining 
qolgan qismi qo‗l bilan qazilishi juda ko‗p agiografik asarlarda turli shaxsga 
nisbat berilib hikoya qilinadi. 
18
Навоий, Алишер. Тўла асарлар тўплами, 10- жилд.Т: Ғафур Ғулом номидаги 
нашриѐт-матбаа ижодий уйи, 2011.– 10-11-b.


19 
Aziz avliyolar yaqinlari va o‗z boshlariga tushadigan musibatlarga sabr 
qiladilar. Bu – alohida motiv. Mashhur avliyo Ibrohim Adhamning bir necha 
yillik judolikdan so‗ng o‗g‗li bilan ko‗rishgan ondayoq oraga o‗lim tushishi 
juda ta‘sirli lavha. Eng ta‘sirlisi, otaning bu o‗limga roziligi yohud uni 
tilashidir. Farzand o‗limiga rizolik agiografik asarlarda motiv sifatida 
barqarorlasha bordi. ―Holoti Sayyid Hasan Ardasher‖da ham, ―Xamsatu-l-
mutahayyirin‖da ham bu rizolik motividan foydalanilgan. O‗limdan keyingi 
karomatlar ham agiografik asarlarga xos motivdir. Shayx yoki avliyo vafot 
etadi. Shundan keyin ham u xalifasi, rafiqasi yoki biror muridining tushiga 
kirib oxirat olamidan bashorat beradi. Bu motivlar agiografik asarlaning 
muhim xarakterli xususiyatlaridandir.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish