Агиографик асарлар тавсифига доир



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/23
Sana18.04.2022
Hajmi0,96 Mb.
#561103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
agiografik rivoyatlarning badiiy talqini

Umumiy xulosalar
……………………………………………...77-bet
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati
…………………………...80-bet 
 
 
 
 



KIRISH
Dissertatsiya 
mavzusining asoslanishi va 
uning 
dolzarbligi. 
Mamlakatimizda xalqimiz tomonidan uzoq asrlar davomida yaratilgan turli 
tarixiy va adabiy manbalarni bugungi milliy mafkura tamoyillari asosida 
o‗rganish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Qariyb bir asr ilmiy 
munosabatlar doirasidan chetga surib qo‗yilgan milliy qadriyatlar ruhi bilan 
yaratilgan asarlarga e‘tibor kuchaydi. Bunda Prezidentimiz I.A.Karimovning 
―Eng muhim vazifa shundan iboratki, o‗zligimizni teran anglab, mutafakkir 
bobolarimiz, aziz avliyolarimiz qoldirgan bebaho merosni avaylab-asrab, 
yanada boyitishimiz, ulug‗ ajdodlarimiz ishining munosib davomchilari 
bo‗lmog‗imiz darkor‖
1
, degan so‗zlari dasturilamal bo‗lib xizmat qilmoqda. 
O‗zbek mumtoz adabiyoti tarixida yaratilgan bir qator asarlar borki, 
ularning ma‘lum davr taraqqiyot bosqichidagi roli yoki hozirgi adabiy 
jarayonlarga, shuningdek, adabiyotshunosligimiz ravnaqiga ta‘siri alohida 
ahamiyat kasb etadi. XX asrgacha bo‗lgan xalq tafakkurini muqaddas dinimiz 
bo‗lgan Islomsiz tasavvur qilib bo‗lmaydi. Bu davrgacha kimki ma‘naviy 
kamolot kasb etgan bo‗lsa, uning maqomida Islomning axloqiy tamoyillari 
yetakchi rol o‗ynagani ma‘lum. Binobarin, bir qator asarlarda inson 
shaxsining ulug‗lanishi, ta‘bir joiz bo‗lsa ilohiylashtirilishi milliy 
tafakkurimizning umuminsoniy g‗oyalarning yetakchi tendentsiyalaridan 
biriga hamohangligini ko‗rsatadi. 
Jahon adabiyotshunosligida o‗tgan asrlar adabiy asarlarining bir qismi 
agiografik janr sifatida talqin qilinadi. 
Agiografiya
grekchadan olingan bo‗lib, 
hagis – 
muqaddas
va graphe 
yozaman
, degan ma‘nolarni anglatadi. U dastlab 
har qanday muqaddas yozuvni ifodalaydi. O‗rta asrlar xristian cherkovi 
hukmronligi muhitida u mashhur avliyolar va ulamolarning hayoti, faoliyati 
va karomatlari haqida hikoya qiluvchi esdaliklar sifatida shakllanib, asosiy 
adabiy janr darajasiga chiqqan edi. Uning negizi Rim imperiyasida nasroniy 
1
Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas‘ulmiz. – Toshkent: ―O‘zbekiston‖, 2001. – B. 104.



fidoiylar haqidagi rivoyat va hikoyatlarga borib taqaladi. U teologik 
asarlardan ma‘lum shaxs, zotni ulug‗lashi va uning boshqalarga o‗xshamagan 
ma‘naviy qiyofasini yoritishi bilan ajralib turadi. G‗arbiy Yevropada IV va V 
asrlarda vujudga kelgan ―Avliyo Antoniy manqabasi‖, ―Lavsaik‖ kabi 
agiografik asarlar xuddi shunday og‗izdan-og‗izga o‗tib yurgan hikoyalar 
asosida yaratilgan edi. 
Rus adabiyotshunosligida agiografiya ―жития святых‖ atamasi bilan 
yuritiladi. Rus manbashunoslarining ta‘kidlashlaricha, u biografik esdalik va 
kundaliklardan asar qahramoni siymosi orqali biror diniy mazhab mafkurasi 
yoki, umuman, diniy e‘tiqodni ulug‗lash, ilohiy tasavvurlarni boyitish 
maqsadlarida yaratiladi
2

Agiografik asarlar yaratish ehtiyojining paydo bo‗lishida bir qator omillar 
bor. Ularning eng birinchi va asosiysi karomatgo‗y avliyolar, mashhur din 
ulamolari yoki kuchli e‘tiqodi yoinki biror g‗ayrioddiy jihati bo‗lgan 
kishilarni oddiy xalq ommasiga namuna qilib ko‗rsatish asosida ilohiylikka 
da‘vat etish bo‗lgan. 
Sharq adabiyotida bunday asarlarni ma‘lum bir maqsadga yo‗naltirish, 
o‗z ideali va g‗oyalarini singdirishga xizmat qildirish hollari ham uchraydi. 
Masalan, Rabg‗uziyning ―Qisasi Rabg‗uziy‖ asari bilan Navoiyning ―Tarixi 
anbiyo va hikamo‖ asarlari tubdan farq qiladi. Rabg‗uziy faqatgina diniy 
qissalarga ishlov berib, uni chinakam badiiy asarga aylantirish bilan 
cheklangan bo‗lsa, Navoiy bunday badiiy qissalarga umr o‗tkinchiligi 
haqidagi falsafiy-tasavvvufiy qarashlarini ham qo‗shib ifodalaydi. Demak, 
yuqoridagi agiografik asarlarni davr xususiyatlari va ijodkorning asar oldiga 
qo‗ygan maqsadini nazarda tutgan holda ham farqlash mumkin bo‗ladi. Shuni 
ham ta‘kidlash lozimki, agiografiya qonun-qoidalari ustida asrlar davomida 
2
Литературный энциклопедический словарь. Москва: ―Советская энциклопедия‖, 1987; Ключевский 
Ο. Древне-русские жития святых как исторический источник, М-, 1871; Сергий (Спасский) 
архимандрит. Полный месяцеслов Востока, т. 1—2, М., 1875—76; Барсуков Н. П., Источники 
рус.агиографии, СПБ, 1882; Лихачев Д. С., Человек в лит-ре Др. Руси, Москва: Писатель, 1970. 



muntazam ravishda ishlandi va natijada ularning mavzuiy, taqvimiy hamda 
hududiy yaxlitligi e‘tibori bilan umumlashuvchi bir qator silsilalari yaratildi.
Muxtasar qilib aytganda, agiografik asarlar uzoq yillar mobaynida sayqallanib 
bordi.Lekin ta‘kidlash lozimki, hozirgacha o‗zbek adabiyotshunosligida, 
garchi bir necha agiografik asarlar nashrga tayyorlanib o‗quvchilarga 
yetkazilgan bo‗lsa-da, ularning asl mohiyati, adabiy xarakteri, badiiy-estetik 
qimmati va hokazolar haqida biror bir fundamental tadqiqot amalga 
oshirilmadi. Aytib o‗tilgan bu holatlar mavzuning dolzarbligini ko‗rsatadi. 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish