Tengri, yalovoch, bizma, biznima, izsunlar, ikagu, yoning,
azinlar
kabi so‗zlar toshbosmadagi:
Mavlo taolo, payg„ambar, bizlar ham,
bizlar, yuborsinlar, ikki kishi, qoyting, o„zgalar
so‗zlari bilan o‗rin
almashgan. Yoki baytlardagi farqlarga e‘tibor qarataylik:
Nashrda:
“Sodiq ul-va‟d atanibon va‟dasin qildi vafo,
Tepti yerga ikki azoqin, topti yerda bir quzuq,
Bo„ldi zamzamning suvini, bo„ldi illatg„a shifo.
Ka‟baning toshin tashib qurbon qilg„an ul Zabih,
Tegrasinda tog„ tanuqlar Marva erdi ham Safo.
Xalq aro ortuq bag„irsoq erdi mavlog„a muti‟”
.(1-kitob, 74-
bet)
Toshbosmada
:
“Sodiq ul-va‟d atanibon va‟dasin qildi vafo,
Tebti bir ikki ayog„in, tobti yerda bir qazug„.
Bo„ldi zamzamning suvini, bo„ldi olamg„a shifo.
Ka‟baning toshin teshib, farmon qilibon ul Zabih.
Tegrasida tog„, tupug„da Marva erdi ham Safo.
Xalq aro ortuq big„ayri soq erdi mavlog„a muti‟”
.
tarzida ifodalanadi. Nashrdagi:
tepti, azoqin, topti, quzuq, illatg„a, tashib,
qurbon, tanuqlar, bag„irsoq
so‗zlarini toshbosmada: tebti, ayog‗in, tobti,
qazug‗, olamg‗a, teshib, farmon, to‗pug‗da, beg‗ayri, soq tarzida o‗qiymiz.
77
Baytlarning bir-biridan keskin farq qilishi, nashr va toshbosmaning bir-biridan
farqini o‗zida yaqqol namoyon qiladi
”
37
.
Hozirgacha bu asar tekstologik tadqiq etilmagan. Yuqorida nomlari
keltirilgan boshqa agiografik asarlar ham yetarlicha matniy tadqiq etilmagan.
SHuni alohida ta‘kidlash lozimki, agiografik asarlarning matniy tadqiq etilishi
ularning ilmiy-tanqidiy matnini mukammal yaratish uchun asosiy vositadir.
Bu esa matnshunoslik sohasidagi vazifalardandir.
Umuman, shuni ta‘kidlash lozimki, agiografik asarlar taraqqiyotida
tasavvuf katta rol o‗ynagan. Mutasavviflarning xizmati bilan katta salmoqqa
ega manqabalar vujudga keldi. Manoqib yaratish qoilarining tadrijiy
deformatsiyasi natijasida adabiyotimiz tarixidan mustahkam o‗rin olgan bir
qator qissa va dostonlar yozildi. O‗zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik instituti fondida birgina Sobir Sayqaliyning (XVIII-XIX
asrlar) ―Qissai hazrat imom Hasan va Husayn‖, ―Qissai imom Hasan‖, ―Qissai
imom Husayn‖, ―Imom hanafiy jangnomasi‖, ―Mavludnomai Muhammad
(a.s.)‖, ―Manoqibi Muhammad (a.s.)‖, ―Vafotnomai hazrat Muhammad (a.s.)‖,
―Qissalar‖ (1. ―Qissai Ibrohim Adham‖, 2. ―Qissai Muhammad (a.s.)‖ 3.
―Qissai imom Hasan‖, 4. ―Qissai imom Husayn‖ (bu qissalar muxammas,
musaddas, mustazod janrlari ko‗rinishida yozilgan), ―Qissai imom Hasan‖
(Husayn Voiz Koshifiyning ―Ravzatu-sh-shuhado‖ asarining masnaviy yo‗lida
qayta ishlangan varianti), ―Sayqaliy qissalari‖ (1. ―Qissai imom Husayn‖, 2.
―Qissai Ibrohim Adham‖), ―Vafotnomai Muhammad (a.s.)‖, ―Manoqibi
Muhammad a.s‖ ―Vays al-Qaran‖ kabi asarlarining bir necha variantda
yaratilgan nusxalari bor. Bundan tashqari XVIII-XIX asrlarda ―Bayoni
me‘roji rasul alayhi-s-salom‖, ―Tarixi Muhammadiy‖, ―Me‘rojnoma‖,
37
Акбаров М.
―Қисаси Рабғузий‖нинг бир тошбосма нусхаси хақида. //Адабий манба:
ўрганишнинг замонавий тамойиллари ва нашр муаммолари (Мақолалар тўплами). –
Қарши: Насаф, 2013. – 86 – 90-b.
78
keyinchalik avliyosifat zot Mashrab haqida ―Qissasi Mashrab‖, ―Devonai
Mashrab‖ kabi asarlar yaratildi.
Ularning yaratilishida manoqiblar asosiy material bo‗lib xizmat qilgani
shubhasiz. Agiografik asarlar yaratish an‘anasini Navoiyda ham davom
etganini yuqorida ko‗rib o‗tdik. Ammo XVI asrlardan boshlab agiografik
asarlar o‗rnini payg‗ambar yoki payg‗ambarsifat kishilarga bag‗ishlangan
qissa va dostonlar egallab bordi, natijada, agiografik asarlar keng taraqqiy
etmadi yoki biroz boshqacharoq shaklda taraqqiy etdi. Biroq agiografik asarlar
boshqa janrlarga kuchli ta‘sir etdi va ularning mavzuviy mundarijasi va hatto
ba‘zi bir yo‗nalishlarini tubdan isloh qildi yoki yangi yo‗nalishlardagi
asarlarning paydo bo‗lishiga zamin hozirladi. Ayniqsa, XV-XVIII asrlarda
payg‗ambarlar haqida, xususan, ―Yusuf va Zulayho‖ nomi ostida asar yaratish
ancha urf bo‗ldi. Jomiy, Durbek, Mirzo Olim Devona, Xolis kabi yirik
ijodkorlar ―Yusuf va Zulayho‖ dostonlarini yaratdilar. Bu dostonlarning
tagzamirida, avvalo, Quroni Karimda keltirilgan ―Yusuf‖ surasi turadi va
keyinchalik bu sura turkiy tilda Rabg‗uziyning ―Tarixi anbiyo va hukamo‖
asarida badiiy talqin etilgan. Durbekning ―Yusuf va Zulayxo‖sidir. Bu asar
haqida Uz. MU tadqiqotchisi D.Jumaeva shunday yozadi:
―O‗zbek
adabiyoti
tarixida
dunyoviy
hayotni
o‗zida
to‗la
mujassamlashtirgan, zamon ruhini o‗zida ifoda etgan birinchi dostonlardan
biri Durbekning ―Yusuf va Zulayxo‖sidir. Durbek asari qahramonlari
xarakterini, ruhiy kechinmalarini XV asr boshlaridagi o‗zbek xalqi hayoti
bilan bog‗lay oldi. SHoir ijodi murakkab bir davrga to‗g‗ri keldi. U ilg‗or
g‗oyalarni o‗rtaga tashlashga va ularni zamon talabi bilan hal etishga intildi.
Shoir ―Yusuf va Zulayxo‖ dostoni orqali XIV asr oxiri va XV asr
boshlaridagi muhim voqealarni berishga muvaffaq bo‗ldi. Durbekning dostoni
ham an‘anaviy muqaddima – Ollohga hamd bilan bilan boshlanadi. So‗ngra
na‘t, kitob nazmining sababi kabi fasllar beriladi.
Doston yaxlit syujet va kompozitsiyaga ega bo‗lgan asardir. Ijodkorning
o‗ziga xos mahorati dostondagi ishq mavzusini salaflariga qaraganda ancha
79
keng va chuqur talqin qilishida namoyon bo‗lgan. Garchi tayyor syujetga
murojaat qilgan bo‗lsa-da, uni o‗ziga xos ravishda ishlab chiqdi. U murojaat
qilgan mavzu o‗zi yashagan zamon nafasi bilan sug‗orildi, unga yangi
mazmun kiritildi. Durbek dostonga o‗zi yashab turgan muhitda yuz bergan
tarixiy voqealarni, xalq boshiga tushgan og‗ir kulfatlarni kiritishga muvaffaq
bo‗ldi. U Yusuf va Zulayxo timsolida ikki yosh o‗rtasida tug‗ilgan haqiqiy
muhabbatni O‗rta Osiyo tabiat manzaralariga, turmushiga bog‗liq holda
mohirlik bilan tasvirlay oldi. Dostonning pafosi tinch-totuv yashashga
chaqirishdan iboratdir. Demak, Durbek ilgari surgan g‗oya ahillik, totuv hayot
kechirishdir.
Qisqa qilib aytganda, Durbekning ―Yusuf va Zulayxo‖sidagi asosiy
voqea Yusufning sarguzashtidir. Boshqa voqea va sarguzashtlar u bilan uzviy
bog‗lanib boradi, uni to‗ldiradi, takomillashtiradi. Qul xotin va Bashir voqeasi
esa dostondagi asosiy voqeani mazmun va badiiy jihatdan boyituvchi vosita
bo‗lib xizmat qiladi ―.
Musulmon Sharqida eng ko‗p tarqalgan mavzulardan yana biri Hazrat Ali
va uning avlodlari haqidagi qissa va dostonlar bo‗lib, ular dastlab agiografik
xarakterdagi qissalar ko‗rinishida shakllandi va ma‘lum bir tsiklni tashkil
qildi. Keyinchalik bunday asarlar agiografik xususiyatini yo‗qota bordi va
ishqiy sarguzasht xarakter kasb etdi. ―Zaynu-l-arab‖ dostoni ham ana shunday
asar sifatida dunyoga keldi.
Binobarin, agiografik asarlar badiiy adabiyot taraqqiyotiga qator
ishlangan obrazlar, syujetlar va uslublar taqdim etgani bilan katta tarixiy
ahamiyat kasb etadi. Bizning nazarimizda, bunday asarlarni maxsus bir nom-
―agiografiya‖ nomi ostida birlashtirish va ularning manbalarini to‗plash juda
muhim. Zero, yuqorida ko‗rilgan asarlardagi umumiy o‗xshashliklar
agiografiyaning maxsus janr ekanidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |