Агиографик асарлар тавсифига доир



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/23
Sana18.04.2022
Hajmi0,96 Mb.
#561103
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
agiografik rivoyatlarning badiiy talqini

2.3.
Nasoyimu-l-muhabbat”
Navoiyning yana bir asari -―Nasoyimu-l-muhabbat‖
 
ham
 
agiografik 
asarlar sirasiga kiradi. Navoiyn bu asarini to‘la holda ―Nasoyimu-l-muhabbat 
min shamoyimu-l-futuvvat‖ deb nomlagan. U bu asarni o‘zining ma‘naviy 
rahnamosi va maslakdoshi Abdurahmon Jomiyning ―Nafohatu-l-uns min 
hazaroti-l-quds‖ nomli tazkirasi tarjimasi deb atasa-da, muallif asarga erkin 
yondashadi va uni o‘zi istagandek holga keltiradi. Asarda Jomiy ham avliyolar 
qatorida sanaladi
23

Asardagi muqaddima, avliyolar zikridan keyingi 3-bobi 
“Avliyoullohga 
voqe‟ bo„lg„on xavoriqi odotu karomot bayoni”
alohida ahamiyatga ega.
Navoiy ushbu asarida avliyolar ko‗pligini, biroq ularning 2 toifasi borligini 
yozadi. Birinchisi, jamolot, nabotot, hayvonot olamida mo‗‘jizalar 
keltirganlari bo‗lsa, ikkinchisi, mo‗‘jiza ko‗rsatishdan or qilib, mo‗‘jiza 
keltirishni Allohgagina xos deb bilgan maqsudi asliylar, ya‘ni mo‘jiza 
23
Комилов Н. Тафаккур карвонлари. – Тошкент: Фан, 1999. – 26-b. 


29 
ko‗rsatgandan keyin ishonuvchilarni g‗ofillar deb sanagan avliyolar, deydi.
24
Ushbu asarda jami 770 ta avliyo, Shayx va valiylar xususida to‗xtalib o‗tilgan.
Asarda keltirilgan 1-qissa mashhur shaxs Uvays Qoraniy haqida bo‗lib, 
bir rivoyat keltiriladi. Unda aytilishicha, bu zot Muhammad (a.s.v.) 
payg‗ambarimizga botiniy kuchli mehr qo‗yadi. Payg‗ambarimiz janglardan 
birida muborak tishlarini sindirib olganlarida, bu avliyo zot barcha tishlarini 
sindiradi. Yana bir naqlda keltirilishicha, payg‗ambarimiz ummatlariga Uvays 
Qoraniydan duo olishlarini buyurganlarida, ummatlari bu karomatpesha zotni 
Yaman elidan topganliklari rivoyat qilinadi. Navoiy bu zot haqida batafsil 
yozilsa, rivoyatlar bir kitob bo‗lishini, o‗qiguvchilar esa ―Tazkiratu-l-
avliyo‖ni qiroat qilishlari mumkinligini aytib o‗tadi.
Shundan keyin Habib A‘jamiy q.r., Makkiy, Ataba b. G‗ulom, Molik 
Dinor, Muhammad Vosi‘, Abdulloh Muborak, Abuhoshim So‗fiy kabi yirik 
Shayxlar haqida ta‘rif va rivoyatlar keltiradi. E‘tiborli jihati shundaki, bu zoti 
shariflarning nomi hadislarda ham uchraydi. Zunnun Misriy, Imom A‘zam, 
Imom Shofe‘iy, Imom Ahmad Hanbal, Boyazid Bistomiy singari tasavvufni 
te‘ran anglagan va islom dinining taraqqiyotiga ham katta hissa qo‗shgan yirik 
Shayxlar tavsifi ham keltiriladi. Masalan, islom dining imomi Imom A‘zam 
haqida bir nechta rivoyatlar keltiriladi. Shulardan birida bu ulug‗ zotning 
sahih va saqimni ajratishi haqidagi bashorat tushi vositasida yon qilingani 
aytiladi.
Yoki 300.000 hadisni yod bilgan, 15 yoshidan fatvo bergan bu 
karomatpesha zot haqida fikr yuritar ekan, keltirilayotgan rivoyat aynan 
Shofe‘iy tilidan keltiriladi. Bu esa Navoiydek mutasavvuf shoirning kuchli 
ehtiromi va ishonchi natijasi edi.
E‘tibor qiladigan bo‗lsak, keltirilayotgan rivoyatlarning muallifi yoki 
aytilmaydi (bunday rivoyatlar xalq orasida mashhur bo‗lgan va kim 
24
Алишер Навоий. Насойим ул-муҳаббат. Тўла асарлар тўплами, 10- жилд.Т: Ғафур 
Ғулом номидаги нашриѐт-матбаа ижодий уйи, 2011. – 98-б. – Keyingi o‗rinlarda bu 
asardan olingan parchalar yoki havolalar qavs ichida korsatiladi. 


30 
tomonidan keltirilgani unutilgan yoinki noma‘lum bo‗lgan) yoki biror 
zamondoshlari (ko‗pincha, sahobalar) tomonidan keltiriladi. Yoki Abdulloh 
Muborak q. s. degan kishi haqida shunday rivoyat keladi: 
―…Ani ulamoning shahanshohi der ermishlar va judu shijoatda 
zamonining yagonasi ermish. Va tariqat ashobining muhtashami. Va bu 
qavmning mashoyixining ko‗pining suhbatig‗a musharraf bo‗lubdur. Va 
mashhur tasonifi bor: 
Bir kun ul kelur erdi va Sufyon Savriy va Fuzayl Ayoz q. s. hozir erdilar. 
Sufyon dedi: kel ey mashriq ahlida er! Fuzayl dedi: va mag‗rib ahlida va 
ikkisining orasida. 
Aning tavbasining ibtidosi bu erdiki, bir kanizak 
ishqig‗a giriftor bo‗ldi. Bir qish kecha tong otquncha ma‘shuq devori tubida 
turub erdi va ustiga qor yog‗adur erdi va ul xabarsiz. Sahar namozin ayturda 
ul xuftan sog‗indi. Kunduz bo‗lg‗ondin so‗ngra ul holg‗a voqif bo‗ldi, o‗ziga 
dediki, ey Muborakning nomuborak o‗g‗li, uyot sanga bu avqotingdinki, agar 
imom namozda bir surani uzunroq qiroat qilsa, toriqib, telbararsen va 
munungdek kecha nafsing havosig‗a tong otquncha mundoq azob tortarsanki, 
suubatidin xabaring yo‗qtur. Ko‗ngli bu darddin buzuldi va bori ishdin tavba 
qildi va sulukka mashg‗ul bo‗ldi. Ishi ul yerga yettiki, Makkadin Madinag‗a 
degincha mahofasin ashrof eginlarig‗a ko‗tarib elturlar erdi. Naz‘ holatida har 
ne boru yo‗qin darveshlarga ulashib erdi. Muridlaridin biri dediki, ey Shayx, 
uch qizing qoldilar va hech nima qolmadi, alar fikrini ne qilding? Dediki, men 
alar hadisin debmen: u solih bandalarga yor bo‗lur. Saloh ahli korsozi uldur. 
Har kimki, aning korsozi ul bo‗lsa, yaxshiroqki, Abdulloh Muborak bo‗lg‗ay. 
Va borur zamonda ko‗z ochib, kulub aytur erdi: ―amal qiluvchilar mana 
shunday (mangu baxt-saodat uchun) amal qilsinlar‖. va dunyodin o‗tdi. Aning 
manoqibi zikrin tilagan kishi Hazrat Shayx Fariduddin Attor q. s.ning 
«Tazkirat ul-avliyo»sida tilasunki, vofiy bitibdur…‖ (473) 


31 
Shuni alohida ta‘kidlash zarurki, Navoiy bu asarni yaratishda Attorning 
―Tazkiratu-l-avliyo‖ (―Avliyolar zikri‖) asaridan keng foydalangan
25
. Lekin 
Navoiy qisqa va lo‗nda ta‘rif beradi va rivoyatlarning ham islomni mukammal 
bilgan, go‗zal axloqi va kuchli e‘tiqodi bilan nom qozongan avliyoullohlar 
haqidagisini 
tanlab 
oladi. 
Ijodkor 
faqatgina 
forsiydagi 
asarni 
turkiylashtiribgina qolmasdan, o‗zining yuqoridagi tazkirada kiritilmagan 
shaxslar haqidagi rivoyatlarga ham keng o‗rin beradi va fantaziyalarini ham 
kiritib ketadi. Masalan, Najmiddin Kubro, G‗ijduvoniy, Motrudiy, Xo‗ja 
Bahouddin, Ahmad Yassaviy, keshlik Umar ato va Keshlik atolar, 
Yassaviyning shogirdlaridan Sayid ato, Bobi Mochin kabilar haqida muxtasar 
to‗xtalib o‗tadi. Lekin ko‗p hollarda boshqa tazkiralarda keltirilmagan 
ma‘lumotlarni keltirishga harakat qiladi. Bundan tashqari, Navoiy bir xil 
kuniyali kishilarni tasvirlashda alohida e‘tibor beradi va ularni ketma-ket 
keltiradiki, kitobxon chalg‗imay mutolaa qilishi uchun qulaylik yaratadi. 
Masalan, 
Ibrohim 
va 
Ali
nomi bilan shuhrat topgan avliyosifat kishilar haqida 
alohida to‗xtalib o‗tadi.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish