vazifasini amalga oshiradi. Sog‘lom va IChB shaxsini rivojlantirish jarayoni turli faoliyatlar negizida amalga oshiriladi.
Biroq sog‘lom bolalar aksariyat axloqiy me’yorlar va turli odatlarni oilasida o‘zlashtira oladilar. IChB esa hayotining
ko‘p qismini maxsus ta’lim muassasasida o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi. Chunki ular muassasada nafaqat bilim olib
tarbiyalanadilar, balki yashaydilar ham. Shu bois IChB ni mustaqil hayotga samarali tayyorlashda sog‘lom bolalarga
nisbatan qo‘yiladigan talablarni qo‘yish xato hisoblanadi. IChB ni tarbiyalash usul va vositalarini tanlash uchun
sog‘lom va IChB ta’limidagi o‘xshash va farqli jihatlarni ajratib olish lozim. Umumta’lim maktablari bilan IChB ta’limi
muassasalari o‘rtasidagi o‘xshashliklar:
-ularning har ikkisi ham davlat tomonidan nazoratdagi jarayonni tashkil etadi;
- muayyan o‘quv reja va dasturlar doirasida o‘quvchilarga akademik bilim beradi;
- sog‘lom bolalar uchun ajratilgan barcha sharoitlardan IChB ham to‘laqonli foydalanadilar;
- ta’limning yakuniy bosqichida o‘quvchilar tegishli xujjatga ega bo‘ladilar.
Ushbu o‘xshashliklardan tashqari farqlarga ham egadir. Jumladan:
-maxsus ta’lim muassasalarida ta’lim o‘quvchilarning rivojlanishidagi muammolar bilan bog‘liq ravishda
korreksiya(nuqsonlarni tuzatish, bartaraf etish)ga yo‘naltiriladi;
-IChB ta’limi muddatlari sog‘lom bolalar ta’limi muddatlaridan farq qiladi. Masalan, ENBB umumiy o‘rta
ta’limi 10 yilga mo‘ljallangan;
-maxsus ta’lim muassasalarida maxsus defektologik ma’lumotga ega mutaxassislar tegishli yo‘nalishlar
bo‘yicha ixtisosliklar (oligofrenopedagog, tiflopedagog, surdopedagog va logoped)ga ega pedagoglar faoliyat
ko‘rsatadi;
-IChB ta’limi ko‘rgazmalilikka boy, soddalashtirilgan hayot bilan bog‘liq mazmunga ega ega bo‘lishi muhim
mezondir.
-maxsus ta’lim muassasalarida IChB xotirasi, diqqati va iroda xususiyatlaridan kelib chiqqan holda har bir
topshiriqlarning takror va takror berilishiga ehtiyoj ustivordir. Sanab o‘tilgan tavsiflar maxsus ta’lim muassasalarida
tashkil etiluvchi tarbiyaviy ishlarni tashkil etilishida inobatga olinuvchi muhim omillar sanaladi. Ma’lumki,
mustaqillikka qadar yoshlarni tarbiyalash vazifalari asosan, aqliy, axloqiy, nafosat, mehnat va jismoniy tarbiya
yo‘nalishlari doirasida amalga oshirilar edi. Hozirgi kunda esa tarbiya yo‘nalishlarining
soni ortdi, ya’ni tarbiyaning
boshqa shakllariga ehtiyoj tug‘ildi. Hozirgi zamon bolasi ekologik ong, gigienik malakalar, iqtisodiy ko‘nikmalar va
huquqiy savodxonlikka ega bo‘lmasa, mustaqil hayotda emin erkin xavfsiz harakatlanishi qiyin kechadi. Chunki tez
rivojlanayotgan murakkab zamon shaxs oldiga qator talablarni qo‘ymoqdaki, bularsiz inson o‘z kelajagini, bu bilan
bog‘liq holda oilasi farovonligini ta’minlashi oson kechmaydi. Shuning uchun ham IChB ning ta’limi va tarbiyasi
masalasi davlat siyosatining alohida muhim yo‘nalishi sifatida qaraladi. Demak, tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil
etish uchun hozirgi kun uchun dolzarb tarbiya yo‘nalishlari va ularning mohiyati hamda maqsad
va vazifalarini aniq
anglamoq zarurdir.
Maxsus ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarning asosiy yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari yosh avlodni
ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy ma’naviy, tarixiy an’analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy
qadriyatlarga asoslanadi va quyidagi ijtimoiy vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi:
yoshlarni erkin fikrlashga o‘rgatish, o‘zini-o‘zi idora qila bilishni shakllantirish;
o‘quvchilarni Vatanning boy ma’naviy merosi bilan tanishtirish orqali ularda milliy g‘urur hissini
tarbiyalash;
o‘quvchilarni bilimdonligi va ijodiy imkoniyatlarini o‘z vaqtida payqagan holda rivojlantirish, kasb-
hunarga yo‘naltirish;
bolalarni insonparvar va xalqparvar, vatanparvar, dunyoviy qarashlarga ega, millatlararo totuvlikka
rioya
etadigan etib tarbiyalash;
ularni yaqinlari va atrofdagilarga samimiy munosabatda bo‘lishga o‘rgatish;
o‘quvchilarda fuqarolik javobgarlik hissi va ijtimoiy ma’suliyatni shakllantirish;
yoshlarga Vatanimizni ko‘z qorachig‘idek asrash va uning kelajagiga ishonish hamda farovonligi uchun
sodiq bo‘lish yo‘llarini ko‘rsatish;
o‘quvchilarni mehnatservarlikka, sog‘lom turmush tarziga undash, erkin fikr egasi qilib tarbiyalash.
Tarbiya yo‘nalishlarining mezonlari mashg‘ulotda o‘rganilayotgan mavzuning mazmunida aks etishi lozim.
Qaysidir mavzuda tarbiyaning bir qancha yo‘nalishlari va boshqa mavzu mazmunida esa yana boshqa tarbiya
yo‘nalishlariga oid mazmunlar singdirilgan holda shakllantirilad.
Masalan, “Nutq o‘stirish” yoki “Sayr” mashug‘lotida o‘rganiladigan “Bozor” mavzusi doirasida o‘quvchilarda
quyidagi tarbiya yo‘nalishlarining mezonlari ustivor darajada shakllantiriladi: iqtisodiy tarbiya (savdo-sotiqqa doir
tushunchalar), ahloqiy tarbiya (bozorda muomala qoidalari), huquqiy tarbiya (sifatli mol olish, sotuvchi yoki xaridor
huquqlari), estetik tarbiya (chiroyli narsalarni tanlash...), gigienik tarbiya (toza narsalar yoki ozoda rastadan olish...). lar
ustivorlik qilsa, jismoniy, mehnat, ekologik tarbiya mezonlari qisman shakllantiriladi. Maxsus ta’lim muassasalarida
tarbiyaviy ishlar ta’limning barcha shakllarida olib boriladi. Ular quyidagilar:
1. Umumta’lim fanlari bo‘yicha darslar jarayonida. O‘qituvchilar ishlab chiqadigan va har kuni o‘tadigan
darslarning mazmunida “Darsning tarbiyaviy vazifasi” aks etadi va bu vazifa doirasida dars jarayonida ish usuli va ish
turi biror bir vosita orqali qo‘llaniladi. Shu asosda o‘quvchilarda dars mavzusiga oid ko‘nikmalar zamirida darsning
tarbiyaviy vazifasi bajariladi.
2. Darsdan tashqari paytlarda tarbiyachilar tomonidan olib boriladigan tarbiyaviy mashg‘ulotlar jarayonida.
406
3. O‘quvchilarda mavjud nuqsonlarni tuzatish va yumshatishga yo‘naltirilgan korreksion fanlarga oid
dars va
mashg‘ulotlar jarayonida.
4. Bayram va muhim sanalariga bag‘ishlangan tadbirlar, muayyan mavzulardagi mushoiralar, musabaqalar,
davra suhbatlari va x. jarayonlarda.
5. Muassasaning oilalar bilan hamkorligiga asoslangan ish turlari bo‘yicha bo‘yicha olib boriladigan
mashg‘ulotlar, suxbatlar va turli tadbirlar jarayonida.
6. Muassasaning boshqa tashkilotlar bilan hamkorligiga asoslangan ish turlari bo‘yicha bo‘yicha olib
boriladigan mashg‘ulotlar, suxbatlar va turli tadbirlar jarayonida.
Do'stlaringiz bilan baham: