Raxmat), “Gulzorda” (Mehrobdan chayon ramanidan parcha) mavzularini fanlararo o’zaro bog’lab tushuntirish misol
bo’ladi. Bu bog’lanish turi asosan, dars jarayonida sinflararo parallel ravishda shallantiriladi.
Dars jarayonida fanlararo aloqadorlikni samarali amalga oshirish o’quvchilarni yangi o’quv materiallarni qabul qilishga
tayyorlash,
fanlararo, mavzulararo bog’lanishni amalga oshirish, muammoli vaziyatlarni yaratish, shuningdek, har bir
darsni rejalashtirish va ularni mohirona o’tkazish o’qituvchidan pedagogik mahoratni talab qiladi
2
.
Quyida boshlang’ich sinf tabiatshunoslik darslarida fanlararo aloqadorlikni yo’lga qo’yish va undan
mohironalik bilan foydalanish bo’yicha dars ishlanmasi keltirilmoqda.
Darsning mavzusi: Tabiatni muhofaza qilish (Tabiatshunoslik, 3-sinf).
Darsning ta’limiy maqsadi: Tabiatshunoslik va odobnoma fanlarini o’zaro bog’lash orqali nazariy va amaliy
bilimlarni shakillantirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: fanlararo ekologik tarbiya berish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: fanlararo mantiqiy tafakkurni o’stirish.
Darsning jihozi: Tabiatshunoslikni o’qitishda fanlararo bog’lab, tushuntirishga doir turli ko’rgazmali vositalar.
Darsning metodi: hamkorlikda o’qitish texnologiyasi asosida “Kichik guruhlarda ishlash” metodi.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish, navbatchi axboroti, o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzu yuzasidan o’quvchilarning o’zlashtirgan
nazariy bilimi, amaliy ko’nikma va malakalarni
nazorat qilish va baholash.
“Insonning tabiatga ta’siri” mavzusi yuzasidan qisqacha savol-javob o’tkaziladi. O’tgan mavzuni
mustahkamlash uchun “T-jadval” texnologiyasidan foydalaniladi. Bunda o’quvchilar insonning tabiatga salbiy va ijobiy
ta’sirlarini ajratib yozishlari lozim bo’ladi.
III. O’quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi jarayoni bilan tanishtirish.
O’qituvchi o’quvchilarning fanlararo bilimlarini reyting usulida baholagandan so’ng, ularning eng avvalo,
tabiatshunoslik va odobnoma o’quv fanlaridan o’zlashtirgan bilimlarini aniqlaydi. So’ngara o’quvchilarni dars mavzusi,
maqsadi, hamkorlikda o’qitsh texnologiyasining ta’lim jarayonida o’rni va ahamiyati, shuningdek, o’quvchilarni
guruhlarga ajratib, bajariladigan o’quv topshiriqlari bilan tanishtiradi.
IV. Yangi mavzuni o’rganish.
Aziz o’quvchilar! Bugungi mavzumizni “Odobnoma” darstligidagi “Hayvonlarga munosabat. O’zbekistondagi
qo’riqxonalar” mavzusi bilan o’zaro aloqadorlikda olib boramiz. Mazkur mavzuni o’rganishda “Kichik guruhlarda
ishlash” metodi orqali sinf guruhlarga bo’linib har bir guruhga mavzuni yorituvchi muammoli savollar beriladi.
1- guruhga: Odamlar tabiatdan qanday maqsadlarda foydalanadilar?
2- guruhga: Yer osti va usti boyliklarini qanday tejash mumkin?
3- guruhga: Tabiat qanday yo’llar bilan muhofaza qilinadi?
4- guruhga: Yo’qolib ketishi mumkin bo’lgan hayvon va o’simliklar qanday qo’riqlanadi?
5-guruhga: Bizning mamlakatimizda hayvon va o’simliklarni qo’riqlash qanday yo’lga qo’yilgan?
6-guruhga: Qo’riqxonalar haqida ma’lumot bering.
O’quvchilarning fikrlari tinglanadi va tahlil qilinadi. O’qituvchi qo’shimcha ma’lumotlar beradi.
Odamlarning tabiatga ta’siri ortib, tabiat boyliklarining, hayvon va o’simliklarning yo’qolib ketish xafi paydo
bo’ladi. Shu sababli tabiatni muhofaza qilish chora tadbirlari ko’rilmoqda Masalan, yer usti va yer osti boyliklaridan
oqilona, tejab-tergab foydalanish, o’rmon daraxtlarini terab kesish va o’rniga
boshqasini ekish, xafini oldini olish
maqsadida “Qizil kitobga” kiritish ishlari olib borilmoqda.
Biz mavzuni odobnoma darsligi orqali o’rgangan edik. Hamma odobnoma darsligidagi “Hayvonlarga
munosabat. O’zbekistondagi qo’riqxonalar” mavzusiga qaraydi. Mavzuda hayvonlarning ahamiyati ularning
xususiyatlari haqida ma’lumotlar berilgan. Unda o’simlik va jonivorlarni asrash uchun mamlakatimizda 9 ta qo’riqxona
va 3 ta milliy va tabiiy bog’lar barpo etilgani aks etgan.
Darslikdagi har ikkala mavzularda ham “Qizil kitob” haqida ma’lumotlar keltirilgan, keling solishtirib
ko’ramiz. “Odobnoma” darstligida “Qizil kitob” ning rasmi berilgan bo’lib, unga keltirilgan
hayvonlarning nomlari
kitob haqida qo’shimcha ma’lumotlar keltirilgan.
“Tabiatshunoslik” darsligida esa bu kitobga kiritilgan o’simlik va hayvonlarning ahamiyati va nima sababdan
“Qizil kitob”ga kiritilganligi darslikda aniq bayon etilgan.
Demak, “Tabiatshunoslik” darsligidagi “Tabiyatni muhofaza qilish” mavzusi “Odobnoma”darsligidagi
“Hayvonlarga munosabat. O’zbekistondagi qo’riqxonalar” mavzusiga mos kelishi mavzulararo misollarda tushuntirilib,
tabiatdagi barcha narsalarning bir-biri bilan uzviy bog’liqligi, o’zaro aloqadorligi, shuningdek, tabiatni asrash, uni
muhofaza etish borasidagi ekologik bilimlar rivojlantirilib boriladi.
V. Yangi mavzuni mustahkamlash. “Tabiatshunoslik” darsligidagi “Tabiatni muhofaza qilish” mavzusidan
kerakli xulosalar chiqariladi va quydagi savollar beriladi.
1. Tabiatni nima uchun muhofaza qilish zarur bo’lib qoldi?
2. Tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish deganda nimani tushunasiz?
3. Qo’riqxonalar qanday maqsadda tashkil etiladi?
4. “Qizil kitob” deb qanday kitobga aytiladi.
VI. Uyga vazifa berish.
“Tabiatshunoslik” darsligidagi “Tabiatni muhofaza qilish” mavzusini “Odobnoma” darsligidagi “Hayvonlarga
munosabat. O’zbekistondagi qo’riqxonalar” mavzularini o’zaro bog’lab o’qish va xulosalar chiqarish.
216