1. Rivojlangan davlatlarda ko’p yillik to’plangan o’qitishda qo’llaniladigan xorijiy tajribalarni yaxshilab
o’rganib chiqish va tahlil qilish.
2. Bizning milliy xususiyatlarimiz, urf-odatlar, avloddan avlodga yetib kelgan qadriyatlar, mamlakatimizning
geografik joylashuv, tabiiy sharoiti va boshqa xususiyatlarni albatta xisobga olish darkor. Sababi o’qitishning ilg’or
tajribalari orqali ularning bizning yoshlarimiz ma’naviyatiga zarar yetkazuvchi usul yoki boshqa yod narsalar kirib
qolishi mumkin. Buni jahondagi geosiyosiy vaziyat ko’rsatib turibdi.
Albatta xorijiy tajribalardan foydalanmaslik ta’lim tizimi taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Lekin
yuqoridagi fikrlarni hisobga olgan holda yondashish yaxshi samara beradi.
Shu o’rinda alohida ta’kidlamoqchimizki, rivojlangan davlatlar ta’lim tizimida amaliyot katta ahamiyat kasb
etadi. Xorijda nazariya bilan amaliyot kombinatsiyalashgan ya’ni uyg’un rivojlanadi. Nazariyada olingan bilimlar
darhol ishlab chiqarishda sinab ko’riladi va korxonalar, firmalar laboratoriyalarida sinovdan o’tkaziladi. Tushunarli
tarzda aytadigan bo’lsak, biznes bilan fan va ta’lim integratsiyasi yaxshi yo’lga qo’yilgan. Buning natijasida, yangi
raqobatbardosh mahsulotlar, xizmatlar doimiy ravishda yangitdan yaratiladi. Mablag’ni esa biznes vakillari ajratadi.
Bunday amaliyot AQSH, Yaponiya, Germaniya, Frantsiya, Ispaniya,Italiya, Kanada, Janubiy Koreya kabi
mamlakatlarda yo’lga qo’yilgan.
Xorijiy davlatlarda shuningdek masofaviy o’qitish tizimi yaxshi yo’lga qo’yilgan. Ushbu tizim ko’magida
talabalarga uzoq masofalardan yoki o’z o’yida turib ta’lim olish imkoniyati yaratiladi. Barcha topshiriqlar onlayn
rejimda bajariladi va o’qituvchi tomonidan qabul qilinib baholanadi. Tegishli ko’rsatmalar, metodik qo’llanmalar,
maslahatlar o’z vaqtida berilib boriladi. Zarur holatlarda yoki reja bo’yicha talaba OO’Yu-ga kelish taklif qilinadi.
Masalan, ilmiy amaliy seminarlar tashkil etilganda yoki yakuniy attestatsiyalar vaqtida.
Markaziy Osiyo geografiyasi kursini oqitishda ushbu tajribani qo’llash yaxshi samara beradi. Bunda xorijiy
tillarni bilsh va o’rganishning ahamiyati benihoya katta. Sababi chet tilini bilmay turib ilg’or xorijiy tajribalarni
o’rganish, uni ta’limga tadbiq etish juda qiyin.
Geografiya darslarida ilg’or xorijiy tajribalarni o’rganish va qo’llashda albatta chet tillarini, xususan, ingliz
tilini puxta o’rganish talab etiladi.
Markaziy Osiyo geografiyasi darslarida mavzudan kelib chiqib har bir mashg’ulot uchun ingliz tilidagi
matnlar, geografik joy nomlari yoki atamalarni tarjima qilish va o’rganish amaliy topshiriqlar ishlab chiqish hamda uni
qo’lashga xarakat qilish darkor.
Albatta, chet tilini o’rganish va uni takomillashtirib borish o’zoq yillarni talab qiladi. Shuni e’tiborga olgan
holda ingliz tilida o’tiladigan darslarga alohida e’tibor berish kerak. O’qituvchilar malakasini oshirish borish
imkoniyatlarini kafedralarda yo’lga qo’yish talab qilinadi.
Xulosa qiladigan bo’lsak, bugungi kunda jamiyat yosh avlodni qobiliyatini, iqtidorini, qiziqishini, tizimli va
muntazam o’qitish, bilish ko’nikmalarini rivojlantirishni talab etmoqda. Shu sababli umumiy o’rta ta’lim
maktablarining ta’lim jarayonida, jumladan geografiya darslarida innovatsion ta’lim texnologiyalardan foydalanish
zamon talabidir.
Bu fikrga yana qo’shimcha qilib shuni aytish mumkinki, innovatsion pedagogik texnologiyalardan
foydalanish-hozirgi zamon didaktikasi va pedagogikasi taraqqiyotining mahsuli bo’lib, uni geografiya ta’limi tizimida
xususan “Markaziy Osiyo geografiyasi” kursini o’qitishda qo’llash va amalga oshirish lozim deb o’ylaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: