Agar fanga oid terminlar noaniq bo‘lsa, fanning o‘zi noaniqdir


Kislotalarning olinish usullari



Download 1,99 Mb.
bet16/77
Sana23.01.2022
Hajmi1,99 Mb.
#402979
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   77
Bog'liq
2 5199426415707030200

Kislotalarning olinish usullari

1. Kislotali oksidlar (angidridlar)ni suvda eritish:

SO2 + H2O  H2SO3

N2O5 + H2O  2HNO3

P2O5 + 3H2O  2H3PO4

2NO2 + H2O HNO2 + HNO3

2. Kislorodsiz kislotalar metalmaslarni vodorod bilan bevosita reaksiyasidan olinadi:

H2 + Cl2  2HCl

H2 + S  H2S

H2 + I2  2HI

3. Kuchsiz kislota tuzlariga kuchli kislotalar ta’sir qilib:

CaSO3 + 2HCl  CaCl2 + H2SO3

NaNO2 + HCl  NaCl + HNO2

K2SiO3 + H2SO4  K2SO4 + H2SiO3

Na2S + H2SO4  Na2SO4 + H2S

Mg3(PO4)2 + 3H2SO4  3MgSO4 + 2H3PO4

4. Metalmaslarni kuchli kislotalar bilan oksidlash:

S + 2HNO3  H2SO4 + NO

3P + 5HNO3 + 2H2O  3H3PO4 + 5NO

5. Ba’zi metalmaslarning birikmalarini gidrolizga uchratib:

PCl5 + 4H2O H3PO4 + 5HCl

PBr3 + 3H2O  H3PO3 + 3HBr

6. Kislorodsiz kislotalar tuzlariga konsentrlangan kuchli kislotalar ta’siri:

2NaCl + H2SO4  Na2SO4 + 2HCl

K2S + 2HCl  2KCl + H2S

ZnBr2 + H2SO4  ZnSO4 + 2HBr


Fizikaviy xossalari

Kislorodsiz kislotalar odatda zaharli gaz moddalar bo‘lib, ularning suvdagi eritmalaridan turli konsentratsiyali kislotalar olinadi. Kislorodli kislotalar suyuq – HNO3, H3PO4, H2SO4 va qattiq – H2SiO3, H3BO3 moddalardir.




Kimyoviy xossalari

1. Kislotalar asosli va amfoter oksidlar bilan reaksiyaga kirishib, tuz va suv hosil qiladi:

H2SO4 + FeO  FeSO4 + H2O

2HCl + MgO  MgCl2 + H2O

2HNO3 + BeO  Be(NO3)2 + H2O

2. Kislotalar asoslar ta’sirlashib tuz va suv hosil qiladi va bunday jarayonlar neytrallanish deyiladi:

HCl + NaOH NaCl + H2O

3H2SO4 + 2Al(OH)3  Al2(SO4)3 + 6H2O

2HNO3 + Ca(OH)2  Ca(NO3)2 + 2H2O

3HNO3 + Fe(OH)3  Fe(NO3)3 + 3H2O

3. Metallar bilan ta’siri. Metallarning aktivlik qatorida vodoroddan chapda joylashgan metallar kislotalar bilan reaksiyaga kirishib, tuz va vodorod hosil qiladi (nitrat va konsentrlangan sulfat kislotalardan tashqari), aktivlik qatorida vodoroddan o‘ngda joylashgan metallar kislorodsiz kislotalar bilan reaksiyaga kirishmaydi va kislorodli kislotalardan vodorodni siqib chiqarmaydi:



2K + H2SO4  K2SO4 + H2

Sr + 2HBr  SrBr2 + H2

Zn + 2HCl  ZnCl2 + H2


Fe + H2SO4  FeSO4 + H2

Cu + 2H2SO4  CuSO4 + SO2 + 2H2O

Au + HCl  reaksiya bormaydi


4. Ayrim kislotalar qizdirilganda parchalanadi:

H2CO3  CO2 + H2O

2H3PO4  P2O5 + 3H2O

H2SiO3  SiO2 + H2O

4HNO3  4NO2 + O2 + 2H2O

Kislotalar suvdagi eritmalarda vodorod kationiga va kislota qoldig‘i anioniga dissotsilanadi. Dissotsilanish bosqich bilan boradi. Eritmalarida H+(H3O+) – ionlari bo‘lgani uchun ularda lakmus qizil rangga, metiloranj qizg‘ish-binafsha rangga kiradi. Fenolftalein rangi o‘zgarmaydi.

HCl + H2O  Cl– + H3O+

I) H2CO3 + H2O  HCO3– + H3O+

II) HCO3– + H2O CO32– + H3O+
ASOSLAR (GIDROKSIDLAR)tarkibida bir yoki bir necha gidroksid gruppa saqlagan murakkab moddalar. Me(ON)n – asoslarning umumiy formulasi, bu erda: Me – metall, ON – gidroksid guruhi, n – metall valentligi (gidroksid guruhlari soni). Masalan: NaOH, Ca(OH)2, Cr(OH)3, Pb(OH)4, NH4OH va h.z.

Asoslarni formulasini tuzish

Metalni belgisi keyin gidroksid guruhi yozilib, metal valentligi indeks sifatida yoziladi. Masalan:



Asoslarni nomlash

Metalni nomiga gidroksid so‘zi qushib birikmalarning nomi yasaladi. Agar metall o‘zgaruvchan valentli bo‘lsa, element nomidan keyin qavs ichida uning valentligi rim raqamida ko‘rsatiladi.



Natriy gidroksid –

Mis (II) gidroksid –

Xrom (III) gidroksid –

Temir (III) gidroksid –

Magniy gidroksid –

Alyuminiy gidroksid –

Nikel (III) gidroksid –

Rux gidroksid –

Kalsiy gidroksid –

Qalay (II) gidroksid –



NaON

Cu(OH)2

Cr(OH)3

Fe(OH)3

Mg(OH)2

Al(OH)3

Ni(OH)3

Zn(OH)2

Ca(OH)2

Sn(OH)2



Al(OH)3

Cu(OH)2

KOH –

Cr(OH)3

Fe(OH)3

Mg(OH)2 – Ni(OH)3

Zn(OH)2

Ca(OH)2 – NaOH –



Alyuminiy gidroksid

Mis (II) gidroksid

Kaliy gidroksid

Xrom (III) gidroksid

Temir (III) gidroksid

Magniy gidroksid

Nikel (III) gidroksid

Rux gidroksid

Kalsiy gidroksid

Natriy gidroksid




Asoslarning grafik formulasini chizish


Asoslarning sinflanishi (klassifikatsiyasi)

Asoslar ikki xil bo‘ladi:



1) Suvda eriydigan asoslar – ishqorlar deyiladi. Asosan LiOH, NaOH, KOH, RbOH, CsOH, FrOH, Ca(OH)2, Sr(OH)2, Ba(OH)2, Ra(OH)2lar suvda eriydi va ishqorlarni hosil qiladi.

2) Suvda erimaydigan asoslar – bunday asoslar suvda erimaydi. Deyarli qolgan barcha asoslar suvda erimaydi. Masalan: Fe(OH)3, Mo(OH)2, Pb(OH)2, Cr(OH)3, CuOH. Suvda erimaydigan asoslarning ayrimlari amfoter xossaga ega: Be(OH)2, Zn(OH)2, Mn(OH)2, Sn(OH)2, Fe(OH)3, Cr(OH)3, Pb(OH)2 va h.z.
Olinish usullari

1. Ishqoriy metallarni suvda eritib ishqorlar olinadi:

2K + 2H2O  2KOH + H2

Ba + 2H2O  Ba(OH)2 + H2

4Fe + 3O2 + 6H2O  4Fe(OH)3 (reaksiya juda sekin boradi)

2. Metallarning oksidlarini suvda eritib asoslar olinadi:

BaO + H2O  Ba(OH)2

Cs2O + H2O  2CsOH

CaO + H2O  Ca(OH)2

Rb2O + H2O  2RbOH

3. Ayrim binar birikma(gidridlar, karbidlar, silitsidlar, nitridlar va h.z.)lar ham suvda erib ishqorlarni hosil qiladi:

LiH + H2O  LiOH + H2

SrH2 + 2H2O  Sr(OH)2 + 2H2

KH + H2O  KOH + H2

CaC2 + 2H2O  Ca(OH)2 + C2H2

Al4C3 + 12H2O  4Al(OH)3 + 3CH4

Na2C2 + 2H2O  2NaOH + C2H2



AlN + 3H2O  Al(OH)3 + NH3

Mg3N2 + 6H2O  3Mg(OH)2 + 2NH3

Sr2Si + 4H2O  2Sr(OH)2 + SiH4

Rb4Si + 4H2O  4RbOH + SiH4

Ca3P2 + 6H2O  3Ca(OH)2 + 2PH3


4. Alamashinish reaksiyalari yordamida olinishi:

Ca(OH)2 + Na2CO3  2NaOH + CaCO3

Ba(OH)2 + K2SO4  2KOH + BaSO4

5. Suvda erimaydigan asoslar tuzlarga ishqorlar ta’sir ettirib olinadi:

CuCl2 + 2RbOH  Cu(OH)2 + 2RbCl

Mn(NO3)2 + 2KOH  Mn(OH)2 + 2KNO3

FeSO4 + Ba(OH)2  Fe(OH)2 + BaSO4

6. Suvda erimaydigan asoslar oksidlarini kislorod ishtirokida suv bilan reaksiyasida hosil bo‘ladi:

4FeO + O2 + 6H2O  4Fe(OH)3

2Cu2O + O2 + 4H2O  4Cu(OH)2


Fizikaviy xossalari

Asoslardan faqat NH4OH – ammoniy gidroksid suyuq bo‘lib, qolgan barchasi qattiq moddalardir. Ishqorlar oq rangli, gigroskopik, kristall moddalar. Qolgan asoslar turli rangda, amorf va kristall tuzilishli, suvda kam eruvchan moddalardir. Ishqorlarning suvli eritmalari kuchli, qolganlari esa kuchsiz elektr o‘tkazuvchanlikka ega.



Kimyoviy xossalari

Asoslar kimyoviy jihatdan aktiv moddalar bo‘lib, noorganik moddalarning deyyarli barcha guruhlari bilan turli-tuman reaksiyalarga kirishadi.

1. Barcha asoslar kislotali oksidlar bilan reaksiyaga kirishib, tuz va suv hosil qiladi.

Fe(OH)2 + SO3  FeSO4 + H2O

NaOH + CO2  NaHCO3

6NH4OH + P2O5  2(NH4)3PO4 + 3H2O

2Al(OH)3 + 3SO2  Al2(SO3)3 + 3H2O

2. Ko‘pchilik asoslar qizdirilganda oksid va suvga parchalanadi.

Ca(OH)2  CaO + H2O

Zn(OH)2  ZnO + H2O

2CuOH  Cu2O + H2O

2Mn(OH)3  Mn2O3 + 3H2O

3. Ba’zi asoslar qizdirilganda metal, suv va kislorodga parchalanadi.

4AgOH  4Ag + O2 + 2H2O

2Hg(OH)2  2Hg + O2 + 2H2O

4. Barcha asoslar kislotalar bilan ta’sirlashib tuz va suv hosil qiladi.

KOH + HCl  KCl + H2O

Mn(OH)2 + H2SO4  MnSO4 + 2H2O

Be(OH)2 + 2HNO3  Be(NO3)2 + 2H2O

5. Ishqorlar ayrim metalmaslar bilan ta’sirlashadi.

2NaOH(sovuq) + Cl2  NaCl + NaClO + H2O

6KOH(issiq) + 3Cl2  5NaCl + NaClO3 + 3H2O

6RbOH + 3S  Rb2S + Rb2SO3 + 3H2O

6. Ishqorlar amfoter oksidlar va gidroksidlar bilan reaksiyaga kirishib tuz va suv hosil qiladi.

ZnO + 2KOH  K2ZnO2 + H2O

Al2O3 + 2CsOH  2CsAlO2 + H2O

Be(OH)2 + 2RbOH  Rb2[Be(OH)4]

2NaOH + Al(OH)3  Na[Al(OH)4]


Noorganik moddalarning trivial nomlari

Nomi

Formulasi

Litiy alanati

Li[AlH4]

Alund

Al2O3 asosidagi ot’ga va kimyoviy chidamli material

Alyumoammoniyli achchiqtosh

AlNH4 (SO4)2 12H2O

Litiy alyumogidridi

Litiy alanatiga qarang

Kaliyalyuminiyli achchiqtoshlar

KAl(SO4)2 12H2O

Ammiakli suv

NH3 suvli eritmasi

Angidron

Mg(ClO4)2

Ingliz tuzi

MgSO4 7H2O

Antixlor

Na2S2O3 5H2O

Barit suvi

To’yingan Ba(OH)2 suvli eritmasi

Barit oqi

BaSO4

Oq grafit

BN(geks.)

Berlin lazuri

Kfe[FeII(CN)6]

Bertole tuzi

KClO3

Botqoq gazi

CH4

Borazol

B3H6N3

Borazon

BN(kub.)

Bordos suyuqligi

CuSO4 ning ohakli sutdagi eritmasi

Bromli suv

Bromning suvli eritmasi (tarkibida HBrO va HBr saqlaydi)

Bura

Na2B4O7 10H2O

Vanadiy kuporosi

VSO4 7H2O

Kuldiruvchi gaz

N2O

Violeoxlorid

sis-[Co(NH3)4Cl2]Cl H2O

Suv gazi

CO va H2 aralashmasi

Havo gazi

CO (25% ob), N2 (70%) va CO2 (4%) aralashmasi

So’ndirilgan ohak

Ca(OH)2

Generator gazi

Havo gaziga qarang

Giposulfit

Antixlorga qarang

Glauber tuzi

Na2SO4 10H2O

Gil

Al2O3

O’rmalovchi simob

Hg(CNO)2

O’rmalovchi kumush

Ag3N

Portlovchi gaz

2 hajm H2 va 1 hajm O2 aralashmasi

Qo’sh superfosfat

Ca(H2PO4)2

Tutovchi sulfat kislota

q. Oleum

O’yuvchi barit

Ba(OH)2

Javel suvi

Xlor tutgan KOH suvli eritmasi (KClO va KCl saqlaydi)

Temir kuporosi

FeSO4 7H2O

Temirammoniyli achchiqtosh

Fe NH4 (SO4)2 12 H2O

Temirkaliyli achchiqtosh

KFe(SO4)2 12H2O

Sariq qon tuzi

K4[Fe(CN)6] 3H2O

Kuydirilgan magneziy

MgO

Kuydirilgan gips

2CaSO4 H2O

Suyuq shisha

Natriy va kaliysilikatlarining ishqoriy eritmasi

Vakenroder suyuqligi

H2SnO6 (n=3-6) suvli eritmasi

Veroneze ko’kligi

Cu3(AsO4)2 4H2O

Gine ko’kligi

Cr2O3 nH2O

Zar tuzi

Na[AuCl4] 2H2O

Ohakli suv

Ca(OH)2 to’yingan suli eritmasi

Ohakli selitra

Ca(NO3)2 H2O

Ohakli sut

Ca(OH)2 ning ohakli suvdagi suspenziyasi

Hind selitrasi

KNO3

Azot iodidi

I3N nNH3

Kaliyli xrompik

q. Xrompik

O’yuvchi kaliy

KOH

Kalsinirlangan soda

Na2CO3

Tosh tuzi

NaCl

Kalsiy karbidi (karbidtosh)

CaC2

Karborund

SiC

Kaustik soda

NaOH

Karo kislotasi

H2SO3(O2)

Qizil qon tuzi

K3[Fe(CN)6]

Tuproq

SiO2

Kuporos moyi

texnik konsentrlangan H2SO4

Labarrak suvi

Xlorli NaOH suvli eritmasi (NaClO va NaCl saqlaydi)

Luteoxloridi

[Co(NH3)6]Cl3, [Ir(NH3)6]Cl3

Lyapis

AgNO3 va KNO3 aralashmasi

Magnezial aralashma

MgCl2 va NH4Cl ning ammiakli suvdagi eritmasi

Magniyli selitra

Mg(NO3)2 H2O

Mis kuporosi

CuSO4 5H2O

Monogidrat

H2SO4

Mochevina

CO(NH2)2

Natron ohagi

CaO yoki Ca(OH)2 va NaOH aralashmasi

Natron selitrasi

NaNO3

Nashatir spirti

q. Ammiakli suv

So’ndirilmagan ohak

CaO

Noorganik benzol

q. Borazol

Natriy nitroprussidi

Na2[Fe(NO)(CN)5]

Norvegiya selitrasi

Ca(NO3)2 H2O

Oleum

SO3 ning H2SO4 dagi eritmasi

Qalayli tuz

SnCl2 2H2O

Qalayli moy

SnCl4 (suyuq)

Pergidrol

30%-li H2O2 eritmasi

Ichimlik sodasi

NaHCO3

Plavik kislota

Konsentrlangan HF suli eritmasi

Osh tuzi

q. Tosh tuzi

Potash

K2CO3

Prazeoxlorid

trans - [Co(NH3)4Cl2]Cl H2O

Preparat tuzi

Na2[Sn(OH)6]

Presipitat

CaHPO4 2H2O

Purpureoxlorid

Co(NH3)5Cl]Cl2

Eriydigan shisha

K2SiO3 yoki Na2SiO3 ning SiO2 bilan aralashmasi

Nessler reaktivi

K2[HgI4] ning ishqoriy suli eritmasi

Kon gazi

CH4

Qo’rg’oshinli kron

PbCrO4

Qo’rg’oshin kuporosi

PbSO4

Qo’rg’oshinli shakar

Pb(CH3COO)2 3H2O

Oltingugurtli jigar

Na2Sn , K2Sn

Sulfit angidirid gazi

SO2

Kulrang

Kukunsimon S8 (romb.)

Vodorodsulfidli suv

H2S ning to’yingan suvli eritmasi

Silikagel

SiO2 nH2O (n<=6)

Sinil kislotasi

HCN suvli eritmasi

Eshk aralashmasi

MgO va Na2CO3 aralashmasi

Tutton tuzlari

M2 I MII (SO4)2 6H2O (MI = Cs, K, NH4, Rb, Tl,;
MII = Cd, Co, Cr, Cu, Fe, Mg, Mn, Ni,V, Zn)

Djonson tuzi

K[I(I)2]H2O

Jerar tuzi

trans - [Pt(NH3)2Cl4]

Magnus tuzi

[Pt(NH3)4][PtIICl4]

Mor tuzi

Fe(NH4)2(SO4)2 6H2O

Peyron tuzi

sis - [Pt(NH3)2Cl2]

Fisher tuzi

K2[Co(NO2)6

Seyze tuzi

K[Pt(C2H4)Cl3] H2O

Shlippe tuzi

Na3[SbS4] 9H2O

Xlorid kislota

Konsentrlangan HCl suvli eritmasi

Qurilish gipsi

q. Kudirilgan gips

Sulema

HgCl2

Superfosfat

Ca(H2PO4)2 H2O va CaSO4 aralashmasi

Oltin yaproqlar

Au yupqa yaprog’i, SnS2 plastinkachalari

Quruq muz

CO2(q.)

Tenarov ko’ki

(CoIIAl2)O4

Termit

Al va (FeII Fe2III)O4 kukunsimon aralashmasi

Tiomochevina

CS(NH2)2

Titan oqi

TiO2

Turnbul ko’ki

Fe2+ ning [Fe(CN)6]3- bilan ta’sirlashuv mahsuloti

Is gazi

CO

Ferrisianid

q. Qizil qon tuzi

Ferrosianid

q. Sariq qon tuzi

Reyze ikkinchi asos xloridi

trans - [Pt(NH3)2Cl2]

Oltin xloridi

H[AuCl4] 4H2O

Reyze birinchi asos xloridi

[Pt(NH3)4]Cl2 H2O

Xlorli suv

Xlorning suvli eritmasi (HClO va HCl saqlaydi)

Xlorli ohak

Kalsiy gipoxloriti, xloridi va gidroksidi aralashmasi

Xromli aralashma

K2Cr2O7 va konsentrlangan kislota aralashmasi

Xromli kuporos

CrSO4 7H2O

Xromokaliyli achchiqtosh

KCr(SO4)2 12H2O

Xrompik

K2Cr2O7 yoki Na2Cr2O7 2H2O

Shoh arog’i

1 hajm konsentr.HNO3 va 3 hajm HCl kislotalar aralashmasi

Sementit

Fe3C

Rux oqi

ZnO

Sirkoniy oqi

ZrO2

Chiliy selitrasi

q. Natron selitra

Sheniti

q. Tutton tuzlari

Zargarlik burasi

Na2B4O7 5H2O





Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish