Afrika xo‘jaligining jahon xo‘jaligida tutgan o‘rnini baholang. Bunda qaysi
tarmoqlar yetakchi o‘rinlarni egallaydi?
2. Xo‘jaligining hududiy tarkibini baholang, unga xos umumiy va regional jihatlarni
aniqlang. Sanoatining asosiy tarmoqlari va ularning ahamiyatini baholang.
3. Qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmoqlari geografiyasi va ahamiyatini baholang.
«O‘simlik yakkahokimligi» qanday rol o‘ynaydi?
4. Afrikada oziq-ovqat muammosini qanday hal qilish mumkin?
Afrika qit’asi tarkibiga kiruvchi orollar ro‘yxatini tuzing.
2. Afrika siyosiy xaritasining o‘zgarishi qaysi davrlarda chuqur va miqyosli bo‘ldi?
Buning sababini aniqlang.
3. Materik relyefi va iqlimini xo‘jalik taraqqiyoti nuqtayi nazaridan baholang.
4. Afrika aholisining soni, ko‘payish sur’atlari, manbalari va joylashishiga xos
xususiyatlarni aniqlang.
5. Afrika aholisining irqiy, milliy-etnik va diniy tarkibi to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
Afrika – o’rtta yarimsharda joylashgan yagona materik. Ekvator Afrikani teng ikkiga bo’lib turadi. Uning shimoliy va janubiy chekka nuqtalari ekvatordan deyarli teng masofada joylashgan. Gibraltar bo’g’izi orqali Yevropa, Suvaysh bo’yni orqali Osiyo qit’arlari bilan tutashib turadi. Materikning shimoliy va g’arbiy sohillarini Atlantika okeani suvlari, shimoli-sharqiy va sharqiy sohillarini esa Hind okeani suvlari yuvib turadi. Afrikaning qirg’oqlari kam parchalangan bo’lib, uzunligi 30500 kmga teng. Afrika shimoldan janubga torayib boradi. Shimoliy qisminig eni (Almadi va Ros-Xafun burunlari oralig’i) 7500 km bo’lsa, janubining eni 3000 km gat eng. Materik sharqida yirik Somali yarimolroli va Mozambik bo’g’izi bilan ajralgan Madagaskar oroli joylashgan. G’arbida eng yirik Gvineya qo’ltig’I bor.
Darsning maqsadi: Ta’limiy: O’quvchilarga Afrika materigining geografik o’rni o’rganilish tarixi xaqida umumiy ma’lumot berish. Tarbiyaviy: O’quvchilarga ekologik tarbiya berish. Rivojlantiruvchi: O’quvchilar ongini va nutqini oshirish. Dars turi: Ana’naviy Dars jihozi: Geografik xarita, test tarqatmalari, xarita. Darsning borishi: Tashkiliy qism: Davomatni aniqlash, o’tilgan mavzuni so’rash. Yangi mavzu bayoni: Reja: 1. Geografik o’rni 2. O’rganilish tarixi Asosiy xususiyatlari. Ekvator o’rtasidan va bosh meridian g’arbidan kesib o’tgan yagon amaterik, eng katta cho’llar bor, eng issiq materik, eng qyuori harorat kuzatilgan, en guzun va Sharqiy yarimsharning eng sersuv daryolari bor, eng pakana o’rmon odamlari, eng yirik maymunlar, eng yirik sutemizuvchilar yashaydi, qirg’ogi eng kam parchalangan, Buyuk Afrika yer yorig’I bor, har ikkala kengliklar bo’yicha iqlim mintaqalari va tabiat zonalari takrorlanib joylashgan, chuchuk suvli eng uzun (750 km) va chuqur Tanganika (1435 m) ko’li bor, olmos qazib chiqarishda dunyoda birinchi o’rinda. Ma’lumki, Yer sharida okeanlar va materiklar turlicha taqsimlangan. Jumladan, Shimoliy yarimsharning 39%i, Janubiy yarimsharning esa 19%i quruqlikdan iborat. Agar globusni ko’proq materiaklar hududiga to’g’rilansa, “Materiklar yarimshari” hosil bo’ladi. Ushbu yarimsharda quruqlik 53% maydonni egallaydi. Shularga asoslanib, keyingi paytda olimlar “Materiklar yarimshari”ni ajratishmoqda. Geografik o’rni. Afrika – o’rtta yarimsharda joylashgan yagona materik. Ekvator Afrikani teng ikkiga bo’lib turadi. Uning shimoliy va janubiy chekka nuqtalari ekvatordan deyarli teng masofada joylashgan. Gibraltar bo’g’izi orqali Yevropa, Suvaysh bo’yni orqali Osiyo qit’arlari bilan tutashib turadi. Materikning shimoliy va g’arbiy sohillarini Atlantika okeani suvlari, shimolisharqiy va sharqiy sohillarini esa Hind okeani suvlari yuvib turadi. Afrikaning qirg’oqlari kam parchalangan bo’lib, uzunligi 30500 kmga teng. Afrika shimoldan janubga torayib boradi. Shimoliy qisminig eni (Almadi va RosXafun burunlari oralig’i) 7500 km bo’lsa, janubining eni 3000 km gat eng. Materik sharqida yirik Somali yarimolroli va Mozambik bo’g’izi bilan ajralgan Madagaskar oroli joylashgan. G’arbida eng yirik Gvineya qo’ltig’I bor. O’rganish tarixi. Afrika materigi dastlab Liviya deb atalgan. Olimlarning fikricha, Afrika so’zi eramizdan avvalgi II asrdan qo’llanilgan. Fransiyalik olim Gaffarel va boshqalarning fikriga ko’ra, materikning shimolig’arbiy qismida (Tunis, Marokash yerlari) yashagan qadimgi berberlarning afarik qbilasi nomidan olingan. Afrika sivilizatsiyaning beshigi hisoblanadi. Unda 34 mln yil avval odamlar yashaganligi areolog olimlar tomonidan aniqlangan. 6000 yil avval Nil daryosi vodiysining hosildor yerlarida ilk sivilizatsiya tarkib topgan. Muhandislik san’atining nodir asarlaridan hisoblangan piramidalardan biri eramizdan avvalgi 2500yillarda qurib bitkazilgan. Ular dunyoning yetti mo’jizasidan biridir. Afrika tabiatini, aholisining urfodatlarini, xo’jaligini o’rganishda mashhur marokashlik sayyoh Ibn Battutaning alohida o’rni bor. U Afrikaning shimoliy va sharqiy sohillarini, Nil havzasini (13251349y.), Sharoyi Kabrining g’arbiy qismini, Niger daryosining yuqori oqimidan o’rta oqimigacha o’rgangan. XV asr gollandiyaliklarning Afrikani o’rganishida muhim bosqich bo’lsada, unga qora kunlarni – qullar savdosini keltirdi. 1487 yilda Bartolomeu Diash Afrikaning janubidagi Yaxshi Umid burniga qadar Atlantika okeani sohillarini o’rgandi. 14971498yillarda portugaliyalik Vasko da Gama Afrikani janubdan aylanib o’tib, 1498yil 20mayda Hindistonning Kalkutta portiga yetib keldi. U yevropaliklar uchun Hindistonga boradigan dengiz yo’lini kashf etdi. Afrikaning ichki qismi tabiatini o’rganishda ingliz tadqiqotchisi Devid Livingstonning xizmatlari katta bo’ldi. U Kalaxari cho’lini, Zambezi daryosini, Kongo daryosinin gyuqori oqimlarini, Nyasa, Tanganika ko’llarini o’rgandi. Zambezi daryosidagi sharsharaga Viktoriya nomini berdi. Inglizamerika ekspeditsiyasining boshlig’I G.M.Stenli (18171877 y) Zanzibar orollarini, Viktoriya ko’lini va Nil daryosining boshlanish irmog’I Kagera ekanligini aniqladi, Lualoba va Kongo daryosi bo’ylab quyi oqimiga qadar o’rgandi. Livingston va Stenli olib brogan ishlari (tuzgan xaritalari) geografiya fanini qimmatli va qiziqarli ma’lumotlar bilan boyitdi. Afrika tabiati va xaqlqlari hayotini rus olimlaridan V.V.Yunker, Y.P.Kovalevskiy, A.A.Yeliseyev, N.I.Vavilovlar tekshirdilar. N.I.Vavilov tashkil etgan ekspeditsiya (19261927 y.) 6000 dan ortiq madaniy o’simliklardan namuna oldi. U Habashiston qimmatli qattiq bug’doy navining vatani ekanligini aniqladi. Darsni mustahkamlash: 1. Afrikaning asosiy xusiayatlari nimalardan iborat? 2. Afrika qaysi yarimsharlarda joylashgan? 3. Afrika sohillarini va ichki qismini kimlar o’rgangan? Uyga vazifa: Mavzuni o’qib kelish. Darsni yakunlash.
Tropik Afrika G‘arbiy, Markaziy, Sharqiy va Janubiy Afrikadan tashkil topgan.
Shularning ichida tabiiy salohiyatining kattaligi bo‘yicha G‘arbiy va Janubiy,
demografik salohiyati bo‘yicha esa G‘arbiy va Sharqiy mintaqalar ajralib turadi.
G‘arbiy va Janubiy mintaqalar, undan tashqari mamlakatlar soni bo‘yicha ham
peshqadamlik qiladi. Mamlakatlar ichida JAR alohida ahamiyatga ega.
JAR Afrika hududining 4,1% ini egallagani hamda aholisining 4,3% ini
o‘zida jamlagani holda, ushbu mamlakatga qit’a miqyosida sanoat mahsulotining 30% i, po‘latning 60 % i, temiryo‘llarning 1/3 qismi, barcha yuk va yengil
avtomobillarning 30% i to‘g‘ri keladi.
Dunyoda qazib olingan oltinning 20% i, 100 mln. karat jami olmosning
hamda 55 mln. karat zargarlik olmosining tegishli ravishda 10 va 5 mln. karati
mazkur mamlakatda ishlab chiqariladi. Mamlakat uran qazib olish bo‘yicha
(yiliga 3,5 ming t) dunyoda kanada va AQsh dan keyingi o‘rinda turadi.
Shunga qaramasdan, JAR ning barcha hududlarini iqtisodiy rivojlangan,
deb hisoblashga asos yo‘q. Janubiy Afrika Respublikasini ikki iqtisodiyot, ya’ni
iqtisodiy rivojlangan davlatlarning ham, rivojlanayotgan davlatlarning ham
jihatlari xos bo‘lgan mamlakat deb atash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |