Afferent innervasiyaga ta’sir etuvchi dorilar


O’tkazuvchi (hududiy, regionar) anesteziya



Download 306,74 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana09.07.2022
Hajmi306,74 Kb.
#759129
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6. AFFERENT NERV TIZIMIGA TA`SIR ETUVCHI VOSITALAR.

O’tkazuvchi (hududiy, regionar) anesteziya
– anestetik eritmasi nerv tolasining yoniga, atrofiga 
kiritiladi va shu nerv tarqalgan butun hudud sezgirligi yo`qoladi. (atrikain(superkain forte,ultrakain)). 
4.
Orqa miya anesteziyasi
– anestetik eritmasi orqa miya kanaliga (bel qismida) kiritiladi (Bupivikain). 
Ba’zi anestetiklarni faqat yuza anesteziyasiga qo’llanilishi ularnihg yuqori zaharliligi (kokain, dikain) 
yoki suvda yomon erishlari (anestezin) bilan bog’liqdir. 
5.
Anesteziyaning hamma turida
– Lidokain gidrochlorid 
YUZA ANESTEZIYASIDA QO’LLANILADIGAN VOSITALAR 
ANESTEZIN 
– uning asosli xususiyati yetarlicha bo’lmaganligi uchun kislotalar bilan yaxshi eruvchi 
tuz hosil qilmaydi. Shuning uchun uni faqat jarohatlangan teri ustiga shamcha, kukun, surtma, pasta holida 
ishlatish mumkin yoki me’da og’riqlarida tabletka, suspenziya, kukun ko’rinishida qo’llaniladi. Anestezinni 
to`gri ichakka kiritish mumkin. Bu hollarning hammasida ham anestezin ta’sirida yuza anesteziyasi 
rivojlanadi. 
INFILTRATSION VA O’TKAZUVCHI ANESTEZIYADA QO’LLANILADIGAN 
VOSITALAR 
NOVOKAIN
(Novocainum) – Para-aminobenzoy kislotasining hosilasi bo’lib, mahalliy anesteziyada 
ishlatiladigan vosita sifatida eng ahamiyatlisidir. U kokaindan 4 marta zaharsiz. Yetarli faollikka ega bo’lgan 
anesteziya kuchiga ega, lekin boshqa preparatlardan kuchsizroq. Tomirlarni toraytirmaydi va shu sababdan 
tez so’riladi, hatto kokaindan ham tezroq so’riladi. Shu sababli novokain eritmasiga adrenalin qo’shiladi. 
Novokain kokainga nisbatan jigarda tezroq parchalanadi. Shilliq qavatlardan novokain qiyin so’rilganligidan 
terminal anesteziyaga yaroqsizdir. Novokain infiltrasion, o’tkazuvchi anesteziya chaqirishda keng 
qo’llaniladi, bu borada novokain terapevtik ta’sirning kengligi bo’yicha, kokaindan anchagina ustunligi bor. 
Novokain bilan chaqirilgan infaltrasion anesteziya 30-60 daqiqa davom etadi.
Hozirda novokain faqat mahalliy og’riqsizlantirishdagina emas, balki ko’pgina xastaliklarni 
davolashda ham qo’llaniladi (“novokain qamali”). Novokain so’rilgandan so’ng, sinapslarda (gangliyalarda) 
qozg’alish impulslarini o’tishini tormozlaydi (susaytiradi), effektor a’zolarning asetilxolinga bo’lgan 
sezuvchanligini kamaytiradi, nerv tolalari oxiridan mediatorlar ajralishini (asetilxolin, adrenalin) kamaytiradi, 
mushaklar qo’zg’aluvchanligini pasaytiradi. Shu sababli novokainni qo’zg’alish jarayonini kelib chiqishiga 
qarshilik qiluvchi, universal zahar deb atash mumkin (chunki u qo’zg’alishni ta’minlovchi barcha zvenolarga 
bir vaqtni o’zida ta’sir ko’rsatadi). Buning asosida hujayra membranalarining ionlarini o’tkazish qobiliyatini 
buzilishi yotsa kerak, deb taxmin qilinadi. 
Novokainning rezorbtiv ta’sirini yuzaga chiqarish uchun uni mushak ichiga, venaga kiritiladi yoki 
ichiladi. Bu yo’l bilan novokain odatda hilpillovchi aritmiyani, paroksizmal taxikardiyani, xafaqonlikni, 
xomiladorlikning kechki toksikozi, oshqozon yarasi kabi xastaliklarni davolash uchun qo’llaniladi. Ko’p 
hollarda novokain dorilar eritmasini tayyorlashda erituvchi sifatida ishlatiladi (penisilin, streptomisin va 
boshqalar).
Novokain nojo’ya ta’sirlari: idiosinkraziya, kollaps, bosh aylanish, umumiy holsizlanish, qon 
bosimining pasayishi va boshqalar. 

Download 306,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish