Afedrasi «Industrial iqtisodiyot» fanidan kursish I mavzu: A


Aylanma mablag‘lari tejamkorligi va ularning



Download 74,17 Kb.
bet11/12
Sana16.03.2022
Hajmi74,17 Kb.
#493081
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, tarkibi va tuzilish

2.4.Aylanma mablag‘lari tejamkorligi va ularning
samaradorligini oshirish yo‘llari.
Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida har bir korxonaning muhim vazifalaridan biri - moddiy resurslarni tejash hisoblanadi. Chunki moddiy xarajatlar foydaga bevosita bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish xarajatlarining katta qismini tashkil etadi. Foyda esa bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona hayot ta’minotining asosiy manbalaridan biridir. Moddiy resurslarini tejash manbalari va yo‘llari farqlanadi. Tejash manbalari nima hisobidan tejarpga erishish mumkinligini ko‘rsatadi. Tejash yo‘llari (yoki yo‘nalishlari) qanday qilib yoki qaysi chora-tadbirlar yordamida tejashga erishish mumkinligini ko‘rsatadi. Har bir korxonada moddiy resurslami tejash zaxiralari mavjud. Zaxiralar deyilganda moddiy resurslardan foydalanishni yaxshilash bo‘yicha vujudga keladigan yoki vujudga kelgan, lekin jami ishlatilmagan imkoniyatlar tushuniladi.Moddiy resurslami tejash zaxiralarining vujudga kelishi va ishlatilingan sohasi nuqtayi nazaridan ular uch gumhga bo‘linishi mumkin:
- xalq xo‘jaligi zaxiralari;
- umumsanoat - tarmoqlararo:
- ichki ishlab chiqarish zaxiralari (sex zavod, tarmoq zaxiralari).
Xalq xo‘jaligi zaxiralariga xalq xo‘jaligi va uning barcha tarmoqlari uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan zaxiralar kiradi. Chunki ular sanoat, qazib olish va tejamkor sun’iy va sintetik xomashyo va materiallar ishlab chiqarishda taraqqiy etgan xalq xo‘jaligi nisbatlarini belgilash, yonilg‘i-energitika majmuasi strukturasini mustahkamlash bozor munosabatlari sharoitida butun xo‘jalik mexanizmini mukammallashtirishni ta’minlaydi.
Umumsanoat - tarmoqlararo zaxiralar bu shunday zaxiralarki, ulaming to‘planishi yetakchi sanoat tarmoqlari o‘rtasida ratsional ishlab chiqarish-cheklangan va asosan o‘zaro bog‘liq, sanoat tarmoqlariga yoki yirik sanoat yoki ishlab chiqarish - hududiy majmualariga tarqaladi.
Umumsanoat tarm oqlararo zaxiralariga quyidagilar kiradi:
>> foydali qazilmalar konlari, ularni qazib chiqarish, boyitish va qayta ishlash Yangi samarali usullarini va ishlab chiqish tizimlarini joriy etishga;
>>sanoatda ixtisoslashuvni rivojlantirish; turli mulk shaklidagi korxonalarni tuzish va rivojlantirish;
>> xalq xo‘ja!igida va iste’molni tarmoqlarda moddiy resurslami tejash bo‘yicha vazifalami bajarish maqsadida boshlang‘ich mahsulot va qurilish materiallar sifatini oshirish;
>>eng samarali xomashyo va materiallar turlarining ishlab chiqarilishini tezkor rivojlantirish.
Ichki ishlab chiqarish zaxiralariga bevosita texnika, texnologiyani va ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etishni mukammallashtirish, mukammalroq mahsulot turlarini o‘rganish, muayyan sanoat tarmoqlarida mahsulot sifatini oshirish bilan bog‘liq bo lgan moddiy resurslardan foydalanishni yaxshilash imkoniyatlari kiradi.
Fan-texnik taraqqiyot xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida jamiyatning ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantiruvchi asosiy kuch hisoblanadi.Chora-tadbirlar xarakteriga bogʻliq holda sanoatda va ishlab chiqarishda resurslarni tejash zaxiralarini amalga oshirish asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy-iqtisodiyga boʻlinadi.
Ishlab chiqarish-texnik yo‘nalishlarga xomashyoni ishlab chiqarish iste’moliga sifatli tayyorlash, mashinalar tuzilishini, uskunalar va buyumlami mukammallashtirish, tejamkor xomashyo, yonilgʻini qo‘llash, yangi texnika va texnologiyani joriy etish bilan bog‘liq chora- tadbirlar kiradi. Ular ishlab chiqarish jarayonida moddiy resurslaming texnologik chiqindilari va yo‘qotishlarini kamaytirish va ikkilamchi moddiy resurslardan maksimal foydalanish imkonini beradi.
Xomashyoga birlamchi ishlov beradigan tarmoqlarda xomashyoni tejash uchun ishlov berishga u sifatli tayyorlanadi. Xomashyoni tayyorlash usullari - koks sanoati uchun ko‘mirlami boyitish; to‘qimachilik sanoatida jun va paxtani tozalash va standartlashtirish, yog'ochsozlik sanoatida yog‘ochlami quritish. Ko‘mir va rudalar boyitilganda yuqori iqtisodiy samara olinadi. Masalan, shaxtada temir miqdorining 1% ga oshishi pech unumdorligini 2% ga oshiradi va 20% koksni tejash imkonini beradi.
Xalq xo‘jaIigining asosiy tarmog'i - mashinasozlikda materia) sig‘imini kamaytirishda qora metallurgiya katta rol o‘ynaydi. Shu sababli qora metallurgiyani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishi sifatli va samarali metall mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish lozim.Mashinasozlik tarmog‘ida moddiy resurslami tejashning barcha ishlab chiqarish - texnik yo‘naIish!arini quyidagilarga bo‘lish lozim:
1. Ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirish bo‘yicha chora- tadbirlar. Bu mashina, mexanizmlar va agregatlar nisbiy metall sig'imining kamayishi bilan birgalikda ro‘y beradi. Ma’lumki, zamonaviy mashinasozlikda ilmiy-texnik taraqqiyotining asosiy yo‘nalishi - mashina va uskunalar quwati va unumdorligini oshirish bo‘Iib, uning natijasida ularning sof va nisbiy og‘ir!igi kamayadi, tashqi ko‘rinishi yaxshilanadi, sifati oshadi, ekspluatatsiya xarajatlari kamayadi, asosiysi mehnat unumdorligi oshadi.
2. Prokatlarning tejamli tur va shakllarini joriy etishga yo‘naltiri!gan chora-tadbirlar. Ularning ishlatilishi natijasida metall 10-20% tejalishi mumkin. Egilgan prokatlar ko‘pgina mashinasozlik tarmoqlarida samarali qo‘llanilmoqda.
3. An’anaviy qurilish materiallari o‘rnini bosadigan (o‘rinbosar) materiallar bilan almashtirish chora-tadbirlari. Mashinasozlikda qora metallar sintetik materiallar - plastik massalar, sintetik tolalar, rangli yengil metallar bilan almashtirilmoqda. Buning asosiy maqsadi mahsulot metall sig‘imi va mehnat sig‘imini kamaytirish, pirovard mahsulot sifatini oshirish hisoblanadi.Plastik massalar avtomobilsozlik, aviatsiya sanoatida, elektr va radio sanoatida, uskunalar yasashda va boshqalarda samarali qo‘llanilmoqda. Qora va rangli metallarga nisbatan yengil bo‘lgan plastmassa mashina va uskunalaming nisbiy og‘irligini kamaytiradi, demak, metal tejalishini ta’minlaydi. Plastmassalardan buyumlar yasalganda texnologik jarayonlar miqdori 3-8 marta kamayadi.
4. Mashinasozlikning tayyorlov bazasida ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirish, avtomatlashtirilgan uskunalami joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar.Sanoatning ishlov beradigan tarmoqlarida va material list shakliga ega bo‘lgan ishlab chiqarishlarda (to‘qimachilik, oyoq kiyimini tikish, list prokati ishlatiladigan mashinasozlik) bichishning ratsional yo‘llarini qo‘llash orqali materiallar tejaladi. Bu vazifani yechishda iqtisodiy-matematik usullar va elektron hisoblash mashinalari muvaffaqiyatli qo‘llanilib, ular yordamida bichishning optimal yo‘llari aniqlanadi.
XULOSA
Hozirgi kunda korxona iqtisodiyotiga bo’lgan kizikish sezilarli ravishda o’sgan. Gap Shundaki, bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi huquqiy-tashkiliy shakldagi korxonalar, xom-ashyo, material va asbob-uskuna yetkazib beruvchilar, Shuningdek, bevosita mahsulot yoki tovar iste’molchilari (haridorlaru bilan yangicha iqtisodiy munosabatlar vujudga kelib, rivojlanib bormoqda. Bundan tashqari, korxona — avvalo ishlab chiqarish jamoasi, odamlarning turli tarzdagi faoliyati bo’lib, ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlar tizimi yuzaga keladi hamda ma’lum bir turmush tarzi, ma’naviyat va axlok me’yorlari shakllanadi. Bo’larning barchasi xo’jalik yuritish shakl va usullarini qayta ko’rib chiqish, korxonaning iqtisodiyot rivojlanishidagi urni va roliga yangicha yondashishni talab qiladi.
Tahlillarning ko’rsatishicha, istalgan korxonaning faoliyatida turlicha savollar yuzaga keladi. Masalan, korxona kay tarzda faoliyat yuritishi kerak va daromad nimaga bog’liq bo’ladi? Samaradorlik va iqtisodiy barqarorlik nimalarga bog’liq? «Xom-ashyo yetkazib beruvchilar va iste’molchilar bilan qanday ishlash kerak?» «Mahsulotni sotishda vositachilardan foydalanish zaruriyati; Ishlab chiqarish sur’atini qanday oshirish mumkin?» «Raqobatchilik ko’rashida nima va qanday omillar muvaffaqiyat keltiradi?» «Ishlab chiqarish va sotishni boshqarish tizimi qanday bo’lishi lozim?» va hokazolar. Korxonalar faoliyatida biron-bir mahsulotni kachon, qayerda, kimga sotish, nimani, qancha, qanday qilib ishlab chiqarish lozim, degan savolga javob berish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu va shunga o’xshash savollarga javob topishni amaliyotda xato va sinovlar usuli asosida amalga oshirish, hozirgi paytda nafaqat korxona uchun, balki butun jamiyat uchun ham qimmatga tushishi mumkin. Bunda korxonalarning bankrotga uchrashi va tugatilishi, iqtisodiyotning ayrim soha va tarmoqlarida ishlab chiqarish va mehnat faolligining pasayishi, mehnat samaradorligi sur’atining pastligi va hokazolar guvohlik berishi mumkin. Huddi shu qatorga to’lovlarning amalga oshirilmasligi, muddati o’tib ketgan qarzlar va korxonalar faoliyatidagi boshqa iqtisodiy kamchiliklarni ham kiritish mumkin. Bo’larning barchasiga asosiy sabab esa o’rta va quyi bo’gindagi rahbarlarning bozor iqtisodiyoti sharoitida yangicha xo’jalik yuritish tizimi shakl va usullarini bilmasliklaridir.
Afsuski, korxonalar iqtisodiy bo’limlarining faoliyati ham nuqsonlardan forig’ emas. Kuzatuvlar Shuni ko’rsatadiki, iqtisodiy bo’limlar o’z mavqeini barcha korxonalarda ham saqlab qolmagan bo’lib, zarur bo’lgan marketing tadqiqotlarini doim ham va to’liq holda amalga oshirmaydilar, zamonaviy biznes strategiyasini yaxshi tushunavermaydilar. Iqtisodchilarning ba’zi bir qismi iqtisodiyot "shturmanlari" vazifasini bajara olmaydilar, tashabbuskorlik va novatorlik goyalari o’rniga eskichasiga yuqoridan" buyruq yoki ko’rsatma kutadilar, o’tmishda korxonalarning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda o’z o’rniga ega bo’lgan va hozirgi bozor munosabatlari davrida ham inkor qilinmaydigan tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni (zarur hollarda boshqa kategoriyadagi mutaxassislarning ishtirokida) samarali tarzda ishlab chiqmaydilar.
Bugungi kunda aksari korxonalar aksiyadorlik jamiyatlari, holding va moliya-sanoat guruhlari tuzish yo’lidan bormoqda. Davlat korxonalarning tashabbuskorligi, ijodiy izlanish va tadbirkorligi uchun keng yo’l ochib, ularning ishlab chiqarish vazifalarini rejali iqtisodiyot davridagi kabi nazorat, limit va qattiq me’yorlar bilan cheklab qo’yayotgani yo’q. Ya’ni qonunda taqiqlab qo’yilgan hollardan tashqari barcha holatlarda mustaqil xo’jalik faoliyati va erkinligi zamonaviy korxonalar faoliyatining eng asosiy xususiyati bo’lib, mazkur o’quv qo’llanmada ko’rib chiqiladigan barcha masalalar ushbu asosda yuzaga kelgan.
Biroq bozor iqtisodiyoti avtomatik ravishda muvaffaqiyat va to’kinlikni ta’minlab beradi, davlat esa barcha korxonalar faoliyatiga umuman aralashmaydi, deb o’ylash mutlaqo xato bo’lar edi. Davlat iqtisodiyotning asosiy islohotchisi bo’lib kelgan va hozir ham shundayligicha qoladi. Davlat uz zimmasidan ma’muriy-buyruqbozlik vazifalarinigina sokit qilib, maxsus iqtisodiy ta’sir choralari yordamida iqtisodiyotni nazorat qilish va boshqaruv vazifalarini, Shuningdek, iqtisodiyotning xo’jalik yurituchi sub’yektlarning to’g’ridan to’g’ri majburiyatiga kirmaydigan hamda ularning qo’lidan kelmaydigan sohalarini rivojlantirishdagi ishtirokini saqlab qolgan.
Ma’lumki, iqtisodiyot jamiyat holatini, ishlab chiqarish kuchlaridan foydalanish va ularning rivojlanish darajasini, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanishni, odamlarning madaniyati va ma’lumoti darajasi va hokazolarni aks ettiradi. Korxona iqtisodiyoti, bilimlarning Mustaqil sohasi va iqtisodiet fanining tarkibiy qismi sifatida masalaning aynan shu tomoniga ko’proq e’tibor qaratadi. Jamiyat uchun zarur bo’lgan moddiy boyliklardan tashqari milliy daromadning ham asosiy qismi aynan korxonalarda ishlab chiqarilishi sababli korxonalar iqtisodiyotining holati butun xalq xo’jaligiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatadi, deb hisoblanadi. Korxona qaysi tarmoqqa mansubligi va mulk shaklidan qat’iy nazar qanchalik yaxshi va samarali ishlasa, iqtisodiyot ko’rsatkichlari hamda aholining turmush tarzi anchalik yuqori bo’ladi. Bunday sharoitlarda xo’jalik amaliyoti va fan oldiga birinchi o’rinda har bir korxona, to’g’rirogi, ishlab chiqarishda qatnashuvchi butun jamoaning bozor munosabatlariga asoslangan hozirgi iqtisodiyotning rivojlanish tendentsiyalari va qonunlarini, avvalo, uning asosiy ko’rsatkichlari - talab va taklif tushunchalarini bilishi va to’g’ri tushunishi, ikkinchidan, milliy iqtisodiyotning rivojlanishi va mamlakatni rivojlangan davlatlar qatoriga qo’shilishida o’z hissasini qo’shishi, uchinchidan esa, ishlab chiqarishning har bir bo’limida yuqori samara va sifat ko’rsatkichlariga erishish masalasi qo’yiladi. Iqtisodiyotning rivojlanishiga kerakli buyum va ko’nikmalarni, mablag’ va kuchlarni kiritmasdan turib korxona ham, jamiyat ham rivojlangan iqtisodiyotni hamda moddiy ne’matlarning to’qinligi va turmush tarzining yuqoriligini talab qila olmaydi.


Download 74,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish