Afaziya. Afaziya sabablari va mexanizmi.
Afaziya — markaziy, organik turga oid og'ir nutq buzilishlari qatoriga kiradi. Bu ko'proq katta yoshdagi kishilardagi bosh miya qon aylanishining buzilishi oqibatida paydo bo'ladi. Afaziya (grekcha a — inkor etish, prasis — nutq) bosh miyaning
jarohatlanishi natijasida ro'y beradigan nutqning to'la yoki qisman yo'qolishi. Afaziyaning kelib chiqish sabablari yana bosh miyada qon quyulishi, travmalar, shishlar, bosh miya infeksion kasalliklari bo'lishi mumkin.Bolalarda afaziya kamdan kam uchraydi. U ham bo'lsa, bosh miya travmalari, shishlar yoki infeksion kasalliklar asoratida paydo bo'ladi. A.A. Luriya ko'rsatishicha, bunday bemorlarda psixik faoliyat va bilish jarayonlari buzilgan bo'ladi. O'zgalar nutqini tushunish,
og'zaki va yozma nutq kamchiliklari, hisob malakalari buzilishi kuzatiladi. Insult yoki travmadan so'ng boshlang'ich davrda bemorlarning nutqi umuman tushunarsiz bo'ladi, chunki ularning nutqi ayrim tovushlar, bo'g'inlar, so'z birikmalaridan iborat bo'ladi. Bu kamchiliklar asosan ikki yo'nalish, tibbiy yoki logopedik yo'nalishlar asosida bartaraf etiladi. Lekin shu bilan birga bu davrda psixologning faoliyati muhim rol o'ynaydi. Chunki bu bemor o'z nutqidan uyaladi, tushkunlikka tushadi, diqqat, xotira, mantiqiy tafakkur, idrok, hissiy iroda sohalarida kamchiliklar kuzatiladi. Psixolog bunday bemorlar bilan ko'proq suhbatlar o'tkazishi, treninglar, rag'batlantirish ishlari olib borishi kerak. Afaziyada nutqi har tomonlama yaxshi rivojlangan odam birdaniga yoki asta-
Uralova Luiza Shuxratovna
sekin gapira olmaydigan bo‘lib qolishi mumkin. Afaziyaga uchragan kishi dastlab mutlaqo gapirmaydi, yoki gapirsa ham, doim g‘uldirab so‘zlaydi va uning nutqini atrofdagilar hech tushunmaydi. Bunday bemor aksari hamma narsaga beparvo bo‘ladi. Nutqdagi ‘zgarishlarga kel ganda uning hamma tomoni – grammatik tomoni ham, fonetik-semantik tomoni ham, ya’ni butun nutq sistemasi buzilgan bo‘ladi. Ayni vaqtda, nutqning qaysi tomoni ko‘proq izdan chiqqanligini aniq bilib bo‘lmaydi. Lekin oradan ma’lum vaqt o‘tgach, bu narsa oydinlashadi. Ayrim hollarda, xususan, afaziya asabiy-ruhiy og‘ir kechin-malar tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, u asta-sekin barham topib
ketishi mumkin. Boshqa hollarda, ya’ni afaziya miyadagi tayinli bir kasallikdan paydo bo‘lgan mahallarda bu nuqson juda sekinlik bilan, tegishli davo chora tadbirlari ko‘rib, logopedik mashg‘ulotlarni uzoq davom ettirib borilganidan keyingina bar-ham topadi.Shunday qilib, alaliya va afaziya sistemali nutq kamchi-liklaridir, bunday nuqsonli kishilarning butun nutq sistemasida, ya’ni nutqning fonetikfonematik, leksik va grammatik tomonlarida sezilarli ma’lum kamchiliklar kuzatiladi. Alalik va afa-ziklarning impressiv nutqdagi kamchiliklari markaziy asab
sistemasining organik kasalliklari natijasida vujudga keladi.Alaliya va afaziyalarning farqi shundan iboratki, alaliyada nutq jarayonida ishtirok etadigan analizatorlarning markaziy qismidagi asab hujayralarning norasoligi nutqning kechikib rivojlanishiga olib borsaafaziklarda markaziy asab sistemasi ayrim qismlarining organik kasalliklari natijasida
Uralova Luiza Shuxratovna
har tomonlama rivojlangan nutq yo‘qoladi.Alaliyani bartaraf etishda nutqni shakllantirish, rivojlan-tirish, tarbiyalashni ko‘zlab, afaziyani bartaraf etishda esa yo‘qolgan nutqni tiklashni ko‘zlab choralar ko‘riladi.
Tayanch so‘zlar
Gipersteniva — asabiylashuvning ortishi, qo'zg'aluvchanlik, xulqning
giperfaolligi.
Giposteniya — umumiy holsizlik tashabbuskorlikning pasayishi,
uyatchanlik, ish qobiliyatining sustligi.
Logofobiya — nutqdan, muloqotdan qo'rqish.
Afferent motor afaziyasi- nutq artikulatsiyasi aniqlanganligining buzilishidir.
Semantik afaziya – so‘z topishdagi qiyinchiliklar /
Tololafaziya – biror xil falokatdan yoki insultdan so‘ng darhol
paydo bo‘ladi.
Uralova Luiza Shuxratovna
Do'stlaringiz bilan baham: |